O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiya rektori I xalqaro xalq diplomatlari kongressida ishtirok etdi
Yangiliklar

Akademiya rektori I xalqaro xalq diplomatlari kongressida ishtirok etdi

Bugun poytaxtimizdagi Hotel Uzbekistan mehmonxonasida “Oʻzbekiston xalq diplomatiyasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusida I xalqaro xalq diplomatlari kongressi oʻtkazildi.Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlk tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, SHHTga aʼzo mamlakatlardan hamkor tashkilotlar vakillari, Oliy Majlis deputatlari, vazirliklar, idoralar, Toshkentdagi diplomatik korpus va milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etdi.Anjumanda keyingi yillarda xalq diplomatiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarni sarhisob qilinib, yangi hamkorlik yoʻnalishlari va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, kongress davomida Toshkent kimyo-texnologiya institutida “SHHT makonida kreativ iqtisodiyot: tajriba va oʻzaro hamkorlik aloqalari” xalqaro seminari hamda yosh olimlar

Batafsil
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisida xabar berganlar ragʻbatlantiriladi
Yangiliklar

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisida xabar berganlar ragʻbatlantiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr kuni eʼlon qilingan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan.Nizomga koʻra, oʻzlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs yoki oʻzlariga maʼlum boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar (Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti)ga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilsa, korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etgani uc

Batafsil
Biz yurtimiz taqdiri va kelajagiga befarq emasmiz
Yangiliklar

Biz yurtimiz taqdiri va kelajagiga befarq emasmiz

Xabaringiz bor, bugun, 27-oktabr sanasida mamlakatimiz va xalqimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim siyosiy voqelik – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi.Jumladan, “Ziyo-zukko” nodavlat ta’lim muassasasida joylashgan 359-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.Dastavval O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng uchastka raisi va a’zolari, kuzatuvchilar ishtirokida saylov kunidagi tartib-qoidalar tushuntirildi.Ta’kidlash joiz, mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirda ovoz berish Saylov kodeksida belgilangan talablar asosida amalga oshirilmoqda. 359-saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mazkur siyosiy tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari ham faol ishtirok etdi.Shuningdek, saylov jarayonini kuzatish u

Batafsil
Madaniy meros haftaligi yakunlandi
Yangiliklar

Madaniy meros haftaligi yakunlandi

Xabaringiz bor, Toshkentda joriy yilning 18-27-oktabr kunlari “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi o‘tkazildi.Haftalik doirasida turli konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etilib, ularda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari qatnashdi.Xususan, Madaniy meros haftaligida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etdi.Toshkentda Madaniy meros haftaligini oʻtkazishning asosiy maqsadi xalqaro muloqot va oʻzaro bilim almashishni mustahkamlash, chet ellik hamkorlar bilan yangi qoʻshma loyihalarni tasdiqlashdan iborat boʻlib, bular mamlakat madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish uchun yoʻnaltirilgan. Anjuman davomida soha olimlari, ilmiy tadqi

Batafsil
Akademiyada siyosiy bilimlarni oshirish darslari davom etmoqda
Yangiliklar

Akademiyada siyosiy bilimlarni oshirish darslari davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida haftaning har shanba kuni an’anaviy tarzda siyosiy bilimlarni oshirish darslari o‘tkaziladi.Mazkur darslar Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, mamlakatimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi.Shu munosabat bilan bugun “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov hamda katta o‘qituvchi Jahongir Akramov tomonidan hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berildi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.Dayjestda O‘zbekiston Respub

Batafsil
Akademiya va Olmazor tumanidagi 119-umumtaʼlim maktab bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Yangiliklar

Akademiya va Olmazor tumanidagi 119-umumtaʼlim maktab bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurovning 8-avgustda 119-umumta’lim maktabiga tashrifi chogʻida Akademiya imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oʻqituvchi va talabalarni maktabdagi ijtimoiy muhitning sogʻlom boʻlishi, talabalar amaliyotini tashkil etish, sohaga oid adabiyotlar bilan maktab kutubxonasini taʼminlash masalalari koʻrib chiqilgan edi. Natijada psixologlarning 119 maktabga pedagogik amaliyoti, 80 nusxa badiiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalar va 16 nusxada ilmiy-ommabop jurnallarning maktab kutubxonasiga taqdim etilishi taʼminlandi.24-oktabr kuni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda Akademiya vakillari 119-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oʻrnatilgan hamkorlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar maktab r

Batafsil
Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi
Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi

O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab "Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi" faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.Mazkur akademiyada:- Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari;- Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati;- Korrupsiya jinoyatlarining huquqiy oqibatlari va jamiyat rivoji uchun salbiy ta'siri va boshqa bilim va ko‘nikmalarga ega bo'lishingiz mumkin.

Batafsil
Talabalar Muftiy Boboxonovlar sulolasi hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Yangiliklar

Talabalar Muftiy Boboxonovlar sulolasi hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik” yoʻnalishi 3-kurs talabalari uchun “Muftiy Boboxonovlar jamgʻarmasi”ga ekskursiya uyushtirildi.Ekskursiya davomida Jamgʻarma direktori Amirsaid Usmonxoʻjayev ishtirokida “Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Sovet Ittifoqi davridagi faoliyati (1943-1989) va Muftiy Boboxonovlar sulolasi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.Tadbir davomida butun umrini mamlakatimizda islom dini ravnaqi va musulmonlar manfaati yoʻlidagi xayrli ishlarga bagʻishlagan Muftiy Boboxonovlar oilasi ham dinimiz fidoyilaridan ekani taʼkidlandi. Muftiy Boboxonovlar sulolasi hayoti va faoliyati, ularning din qaygʻusida jon kuydirish, xalqni maʼrifatli qilish, islom dini sofligi, musulmonlar birdamligi, mamlakatda islom dinini turli bidʼat va xurofotlardan tozalash, dindorlar oʻrtasidagi ixtilofli holatlarga barham berish borasidagi sharafli xizmatlari haqida s

Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilarining yangi nashrlari taqdimoti o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya professor-o‘qituvchilarining yangi nashrlari taqdimoti o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori Najmiddin Nizomiddinov va dotsent Ra’no Urazova tomonidan nashr qilingan yangi adabiyotlar taqdimoti bo’lib o’tdi. Unda Akademiya talabalari, ARM xodimlari va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Tadbir talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.Professor Najmiddin Nizomiddinov “Qadimgi Afg‘oniston tarixi, diniy e’tiqodi va madaniyati” nomi ostida tayyorlagan monografiyasi haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, qiziqishlari asosida nashr qilgan din va tibbiyot masalalariga bag‘ishlangan asari xususida ham to‘xtalib o‘tdi.Dotsent Ra’no Urazova tomonidan “Din va san’at” nomli o’quv qo’llanmasi haqida ma’lumot berildi. Qo‘llanma ibtidoiy dinlarga oid ramzlaridan tortibdinlarda turli miflar tasviri, yahudiylikdan

Batafsil
Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʻzgusi
Yangiliklar

Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʻzgusi

Kitob – insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisi hisoblanadi. Uni ilim manbai, deb ham ataymiz. Kitob – fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai hamdir. Uni varaqlar ekanmiz, xulosa chiqarishga oʻrganamiz, dunyoqarashimiz boyib boradi, dunyo ilmlarini kashf etamiz. Bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga mamlakatimiz miqyosida eʼtibor qaratilmoqda.Muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi farmoyishi ayni xalqimiz dilidagi ish boʻldi.Shu maqsadda Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasi majlislar zalida “Kitob – maʼrifat mashʼali” mavzusida koʻrgazmali tadbir oʻtkazildi.Tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiya

Batafsil
O‘zbek tilshunosligining zamonaviy yo‘nalishlari muhokama etildi
Yangiliklar

O‘zbek tilshunosligining zamonaviy yo‘nalishlari muhokama etildi

Ta’kidlash joizki, ona tili davlat timsoli, mulki, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, tarixini ifodalovchi vosita hisoblanadi. Dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bо‘lgan о‘zbek tili milliy о‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimizning timsoli, bebaho ma’naviy boylik hamda buyuk qadriyatimizga aylangan.Sо‘nggi yillarda yurtimizda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlar yangi bosqichga kо‘tarildi. Buning tasdig‘ini о‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obrо‘-e’tiborini tubdan oshirish bо‘yicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida yaqqol kо‘rish mumkin.Quvonarlisi, yurtimizda 21-oktabr – О‘zbek tili bayrami kuni yangicha ruhda keng nishonlandi. Joylarda ona tili rivoji, uni yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida ma’rifiy tadbirlar, ilmiy anjumanlar t

Batafsil
Toshkent madaniy meros haftaligi: xalqaro muloqot va oʻzaro bilimlar almashish manzili
Yangiliklar

Toshkent madaniy meros haftaligi: xalqaro muloqot va oʻzaro bilimlar almashish manzili

Xabaringiz bor ayni kunlarda Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi boʻlib oʻtmoqda.Joriy yilning 27-oktabriga qadar davom etadigan mazkur haftalik doirasida turli konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etilib, ularda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari qatnashmoqda. Madaniy meros haftaligida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.Xususan, “Asrlar xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozmalari” xalqaro sharqshunoslar forumi va koʻrgazmasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Neʼmatulla Nasrullayev “Muxtasar al-viqoya” asariga oid yangi tadqiqotlar” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Toshkentda Madaniy meros haftaligini oʻ

Batafsil
Ko'rinish