O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiya dotsenti bu yilgi saylov jarayoni haqida ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya dotsenti bu yilgi saylov jarayoni haqida ma’ruza qildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktabr sanasida mamlakatimiz va xalqimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim siyosiy voqelik – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda aholi orasida saylovoldi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida “Aralash saylov tizimi va uning afzalliklari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Akademiya dotsenti Markaz jamoasiga bu yilgi saylov jarayoni, ovoz berish tartib-qoidalari haqida ma’lumot berdi.Chindan ham joriy yilgi yangi saylov tizimi aralash tartibda boʻlib, parlamentning yarim qismi majoritar, qolgani esa proporsional tizim asosida saylanadi. Bun

Batafsil
Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” madaniy meros haftaligi boshlandi
Yangiliklar

Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” madaniy meros haftaligi boshlandi

Joriy yilning 18-27-oktabr kunlari Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” nomli madaniy meros haftaligi oʻtkaziladi. Ushbu tadbir doirasida konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etiladi. Tadbirda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari ishtirok etishi kutilmoqda. Bugun haftalikning ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham ishtirok etdi.Toshkentda Madaniy meros haftaligini oʻtkazishning asosiy maqsadi xalqaro muloqot va oʻzaro bilim almashishni mustahkamlash, chet ellik hamkorlar bilan yangi qoʻshma loyihalarni tasdiqlash boʻlib, bular mamlakat madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish uchun yoʻnaltirilgan. Bu tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi

Batafsil
Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak
Yangiliklar

Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusida V xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.Mazkur simpozium O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, K.Sh.Toqtomamatova nomidagi Xalqaro universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti hamkorligida o‘tkazildi.Anjuman avvalida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov rektor Uyg‘un G‘afurovning tabrigini o‘qib eshittirdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining professori Netmatjon Almetov, K.Sh.Toqtomamatova nomidagi Xa

Batafsil
Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi
Yangiliklar

Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi

Buyuk qomusiy olim, Temuriylar davlatining mashhur hukmdori Mirzo Ulug‘bek o‘zining boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda mislsiz bunyodkorlik faoliyati bilan yurtimiz taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulkan tarixiy siymo hisoblanadi.Keyingi yillarda alloma hayoti va faoliyatini har tomonlama o‘rganish hamda ommalashtirish ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Joriy yilda esa Mirzo Ulug‘bek tavalludiga 630 yil to‘ladi. Shu yilning 12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar turar joyida “Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “Islom tarixi va manbashunosligi IRC

Batafsil
Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda

Avval xabar berganimizdek, 2024-yil 15-16-oktabr kunlari mamlakatimizda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro anjuman oʻtkaziladi. Unda xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din va davlat arboblari, muftiylar, taniqli ulamolar, ilmiy tadqiqotchilar hamda xorijiy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etadi. Mazkur tadbirda qatnashish uchun hozirga qadar Islom olami uyushmasi Bosh kotibi oʻrinbosari, doktor Abdurahmon bin Abdulloh, Misr Arab Respublikasi muftiysi doktor Nazir Muhammad Ayyod, Kavkaz musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy shayxul-islom Allohshukur Poshozoda, muhaddis alloma Muhammad Avvoma, Istanbuldagi Ibn Xaldun universiteti professori Muhyiddin Avvoma, Pokistondan Karachi islom universiteti professori Muhammad Taqiy Usmoniy, Dorul ulum Devband madrasasi mudiri Hind ulamolari jamiyati raisi Mavlono Arshad Madaniy, Butunjahon islom ilmlari

Batafsil
Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktorining o‘zbek tilidagi kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada Turkiyaning “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktorining o‘zbek tilidagi kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyaning Istanbul shahridagi qoʻlyozmalarni oʻrganishga ixtisoslashgan “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktori Mahmud Misriy hamda Akademiya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda olimning Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “Qoʻlyozmalarni tadqiq qilishning nazariy asoslari” nomli kitobining o‘zbek tilidagi taqdimoti o‘tkazildi.Taqdimot davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “Dorul Maxtutot” markazi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, “Dorul Maxtutot” markazida tashkil etilgan seminar-treninglarda qo‘lyozmalarni o‘rganish, tadqiq etish, yosh olimlarga onlayn va oflayn shaklda ma’ruzalar o‘tkazish kabi masalalar muhokama etildi.15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensi

Batafsil
Shayxontohur tumani hokimi Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi
Yangiliklar

Shayxontohur tumani hokimi Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi

Shayxontohur tumani hokimi Bobir Аbubakirov hamda sektor rahbarlari tumandagi aholi ijtimoiy hayoti, mavjud infratuzilmalarni o‘rganish davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralarini ziyorat qildi.Ziyorat davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov tomonidan madaniy obidalarning tarixi va qayta tiklanish jarayoni, allomalarning hayoti haqida ma’lumotlar berildi.Ma’lumki, To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri sanaladi. Qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Yetti nizom” qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan. Mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud.Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov ustoz-shogird bo‘lgan bu ulug‘ zotlarning

Batafsil
Jamiyat barqarorligini taʼminlashda dunyoviylik va diniylikning uygʻunligi
Yangiliklar

Jamiyat barqarorligini taʼminlashda dunyoviylik va diniylikning uygʻunligi

Bugun mamlakatimizda demokratik tamoyillar, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan prinsip va normalarga asoslangan, inson qadri ulug‘lanadigan fuqarolik jamiyatini qurish, vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillariga amal qilish kabi xayrli tashabbuslar yurtimiz siyosatining ustuvor maqsadi hisoblanadi.Taassufki, globallashuv davrida turli mutaassib kuchlar tomonidan diniylik va dunyoviylik tamoyillari buzib talqin qilinib, mamlakat taraqqiyoti, tinchligida raxna soluvchi noxolis daʼvolar tobora koʻpayib bormoqda.Ana shunday kuchlarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilish, turli radikal guruhlarning g‘arazli maqsadlariga qarshi ma’rifat bilan kurashish esa har birimizdan ogohlik va teran tafakkur talab qiladi.Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida har haftaning shanba kuni professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning dun

Batafsil
Ipak yoʻli yo‘nalishlaridagi siyosiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlar dinamikasi: ilk davlatlardan buyuk imperiyalargacha
Yangiliklar

Ipak yoʻli yo‘nalishlaridagi siyosiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlar dinamikasi: ilk davlatlardan buyuk imperiyalargacha

Avval xabar berganimizdek, yurtimizda “Ipak yoʻli: turizm prizmasi orqali hamkorlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.Anjumandan ko‘zlangan maqsadi Ipak yo‘li yo‘nalishidagi davlatlar o‘rtasida fikr almashish va tajriba orttirish, umumiy makonda turizmni rivojlantirish uchun yagona strategiyani shakllantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat. Konferensiya zamonaviy dunyoda duch kelayotgan dolzarb muammolarni muhokama qilish maydoni bo‘lib xizmat qiladi.Konferensiyaning ikkinchi kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida turli sho‘balarga bo‘lingan holda davom etdi.Akademiyada o‘tkazilgan “Ipak yoʻ

Batafsil
“Waxriyor emas Shahriyor”, “Abzaljon emas Afzaljon” yoxud Akademiyada hamkorlikda ilmiy seminar o‘tkazildi
Yangiliklar

“Waxriyor emas Shahriyor”, “Abzaljon emas Afzaljon” yoxud Akademiyada hamkorlikda ilmiy seminar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Alfraganus universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati”ni yaratish davr talabi” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.Alfraganus universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ilmiy seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashdi.Zoom platformasi orqali onlayn va oflayn formatda o‘tgan seminarda Alfraganus universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Muyassar Saparniyazova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Ma’lumki, inson tug‘ilganida yaxshi niyatlar bilan unga ism beriladi. Farzandiga yaxshi ism qo‘ymoq har bir ota-onaning vazifasi sanaladi. Turli davrlar va vaqtlar o‘tgani sayin ismlar ham zamonaviylashib, o‘sha davr ruhiyatiga

Batafsil
Erkin Xushvaqtov: “Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiy”
Yangiliklar

Erkin Xushvaqtov: “Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiy”

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Adabiy gurunglar” loyihasi doirasida taniqli dramaturg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Erkin Xushvaqtov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.Davra suhbatini Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gʻoyibnazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Uchrashuvda Erkin Xushvaqtov ijodi, uni o‘zbek dramaturgiyasida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.O‘z navbatida Erkin Xushvaqtov keyingi yillarda mamlakatimizda ijodkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, teatr va kino sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi. Kitob o‘qish inson uchun eng kerakli bilim manbai ekani, u hayotni yaratuvchi murabbiy ekanini qayd etdi.Dramaturg Erkin Xushvaqtov 1959-yil 15-martda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Chambil qishlogʻida tugʻilgan. 1976-yili oʻrta maktabni bitirgach, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent

Batafsil
“Ipak yoʻli: turizm prizmasi orqali hamkorlik” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi
Yangiliklar

“Ipak yoʻli: turizm prizmasi orqali hamkorlik” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi

Ayni daqiqalarda Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida “Ipak yoʻli: turizm prizmasi orqali hamkorlik” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.Anjumandan ko‘zlangan maqsadi Ipak yo‘li yo‘nalishidagi davlatlar o‘rtasida fikr almashish va tajriba orttirish, umumiy makonda turizmni rivojlantirish uchun yagona strategiyani shakllantirish va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat. Konferensiya zamonaviy dunyoda duch kelayotgan dolzarb muammolarni muhokama qilish maydoni bo‘lib xizmat qiladi.Unda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘

Batafsil
Ko'rinish