Islom – tinchlik va ezgulik dini
Avval maʼlum qilganimizdek, shu yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya oʻtkaziladi.Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 19-sentabrda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida: “Diyorimiz jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan, islomni ilm-maʼrifat va tinchlik dini sifatida namoyon etgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy singari ulugʻ alloma va mutafakkirlar vatani ekani bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Shunday buyuk olimlarning boy merosini oʻrganish, islomning asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida 2024-yil Oʻzbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish tashabbusini ilgari suramiz”, deya taʼkidlagan edi.Davlatimiz rahbarining
BatafsilIchki ishlar xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 72 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.Dars mashg’ulotlari tasdiqlangan o‘quv reja asosida tashkil etilib, tegishli modullar bo‘yicha sohaning yetuk va malaka mutaxassislarni jalb etgan holda olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Zohidjon Islomov, “Islom dini manbalarida insonparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalarning ulug‘lanishi”, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i, dotsent Abdulatif Alloqulov “Aqidaviy masalalardagi ixtiloflar va ularning yechimlari”, O‘zbekiston Respubli
Batafsil
Ilm ummoni sharafiga sazovorlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-sentabrdagi majlisi ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” g‘oyasi asosida “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida uzoq yillardan buyon samarali ilmiy faoliyat olib borayotgan, taniqli manbashunos olim, sharq mumtoz adabiyoti va tilshunoslik sohalariga oid qator asarlar muallifi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomovning hayot yo‘liga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan “Ilm ummoni sharafiga sazovorlar” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda Akademiya prorektorlari Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva hamda talabalar ishtirok etdi.“Uc
Batafsil
Ustoz qadri doimo ulug‘dir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xodimlarining nuroniylar holidan xabar olish reja-jadvali tasdiqlangan.Shunga ko‘ra, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Akademiyada uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor Ahadjon Hasanov xonadoniga tashrif buyurib, ustoz holidan xabar olishdi. Uchrashuv davomida ustoz o‘zining ibratli hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.
Batafsil
Siyosiy bilimlarni oshirish darslari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, mamlakatimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida siyosiy bilimlarni oshirish darslari tashkil etilmoqda.Bugun ana shunday tadbirlarning navbatdagi o‘tkazildi. Dastlab “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berdi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekanlari, pr
Batafsil
Psixologiya va din: zamonaviy qarashlar va muammolar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti hamkorligida onlayn vebinar o‘tkazildi.“Psixologiya va din: zamonaviy qarashlar va muammolar” mavzusida o‘tkazilgan mazkur seminar “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etildi.Unda Nur-Muborak Misr islom madaniyati universiteti, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrlar ishtirok etdi.Shuningdek, Xadichai Kubro xotin-qizlar oʻrta maxsus islom bilim yurti tadqiqotchilari ham qamrab olindi. Ular islom psixologiyasi, tasavvuf psixologiyasiga oid maʼlumotlarga ega b‘lish bilan birga mazkur mavzu doirasida tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari ham koʻrildi. Seminarda falsafa fanlari doktori, professor Yuliya Shapoval, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Alma
Batafsil
Talabalar ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi faoliyati bilan tanishdi
Xabaringiz bor, 2002-yil 7-iyunda Sankt-Peterburgda ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi yigʻilishida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini tuzish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan edi. Ushbu tuzilma shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan ShHTning doimiy faoliyat yurituvchi organi sifatida faoliyat koʻrsatib, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashda aʼzo mamlakatlar vakolatli organlarini muvofiqlashtirib va oʻzaro hamkorligini taʼminlab kelmoqda. Kuni kecha Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun MATTning Ijroiya qoʻmitasi vakillari bilan tanishuv uchrashuvi tashkil etildi. Bundan koʻzlangan maqsad yoshlarni MATTning vazifalari, funksiyalari, hozirgi va kelajak
BatafsilMarkaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: oʻtmish va hozirgi zamon
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri boʻlgan. Oradan ming yillar oʻtganiga qaramay, oʻrta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qoʻshgan alloma va mutafakkirlarning dahosi, ilm-fanning turli yoʻnalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari hamon eʼtirof etilmoqda.Ilm-fanning turli sohalarida kashfiyotlar qilgan ajdodlarimiz islom ilmlarida ham peshqadam boʻlgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abul Muʼin Nasafiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Margʻinoniy, Xoja Ahror kabi allomalar islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoʻshgan. Ularning hayot yoʻllari va ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish, tadqiq etish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylangan.Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasining oʻrnini oʻrganish va targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida
BatafsilIchki ishlar xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. Joriy yilning 19-30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan 72 soatlik o‘quvlarda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etdi.Mazkur malaka oshirish o‘quvlarida “Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari”, “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, “Zamonaviy islom manbalarida radikalizm va ekstremizmning qoralanishi”, “Kibermakonda din omili va axborot iste’mol madaniyati”, “Islom dini manbalarida insonparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalarning ulug‘lanishi”, “Sof islomiy tushunchalarning g‘arazli maqsadlarda
Batafsil
Sizga ta’zim – aziz ustozim
XXI asr – yuksak salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar asri. Ularni tarbiyalashda ustoz-muallimlarning xizmati beqiyos. Zero, hozir jahonda mamlakatning taraqqiyot darajasi pedagoglarning jamiyatda tutgan o‘rniga qarab belgilanmoqda.Shu bois, keyingi yillarda davlatimiz tomonidan, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi islohotlari asosida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashga mas’ul pedagog xodimlar faoliyatiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda o‘qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga harakat qilinmoqda.Jumladan, yurtimizda har yili 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng miqyosda nishonlanadi. Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab bayram tant
BatafsilTa’lim va tarbiya – millatni buyuk qiladigan kuch
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida “Kelajak yaratuvchilari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi v.b. dotsenti, siyosiy fanlar doktori Munira Qahhorova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Akademiya dotsenti bugungi kunda mamlakatimizda o‘qituvchi maqomini yuksaltirish, ularning mehnatini munosib baholash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Ustoz uchun yosh avlod qalbiga ilm-fan, ma’naviyat ziyosini ulashish, millatni ma’rifatli qilish eng oliy burch ekanini e’tirof etdi. Ta’lim va tarbiyasi yuksak millatgina kelajak bunyodkori sifatida maydonga chiqishni ta’kidladi.Davra suhbati yakunida ishtirokchilar savollar bilan murojaat etishdi.
BatafsilAkademiya rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar, xodimlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya rahbariyati va professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.Mazkur tadbir Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, mamlakatimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida siyosiy bilimlarni oshirish darslari doirasida tashkil etildi.Muloqot avvalida Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov barchani yaqinlashib kelayotgan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi. Ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama bilimli, teran tafakkurli qilib tarbiyalashda ustoz-murabbiylarning xizmati nihoyatda yuqori ekanini alohida e’tirof etdi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari, ma’n
Batafsil