Yoshlar – ertamiz egalari, kelajagimiz bunyodkorlaridir
Keyingi yillarda olib borilgan islohotlar samarasi natijasida mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning yaxlit tizimi yaratildi. Bilimli, keng dunyoqarashga ega vatanparvar yigit-qizlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi.Ertamiz egalari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, yutuqlarini e’tirof etib, muammolarini bartaraf etish dolzarb vazifa sanaladi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muntazam tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinadi. Bugun o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” mavzusidagi navbatdagi uchrashuvda Akademiyaning 1-bosqich talabalari qatnashdi.“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rekto
BatafsilAkademiyada “Ota-onalar kongressi” o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarning ota-onalari hamda Akademiya rahbariyati o‘rtasida “Ota-onalar kongressi” nomi ostida ochiq muloqotlar, uchrashuvlar o‘tkazilishi an’ana tusiga kirgan. Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – har bir yosh davlatimizning e’tibor va g‘amxo‘rligi ostida ekanini ko‘rsatish, ba’zi yoshlarni qiynab turgan muammolarni “oliy ta’lim muassasasi va oila” hamkorligi orqali bartaraf etishdan iborat. “Ota-onalar kongressi” kecha Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, bugungi tadbir Islomshunoslik fakulteti talabalarining ota-onalari uchun tashkil etildi. “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasidagi muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Batafsil
Ekstremizm va terrorizm – insoniyatga tahdid
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur darslar doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari tomonidan dolzarb mavzulardagi davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, Toshkent shahrining madaniy maskanlariga tashriflar tashkil etilmoqda. Bugun ana shunday tadbirlarning davomi sifatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev tomonidan “Ekstremizm va terrorizm – insoniyatga tahdid” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.Rektor maslahatchisi tomonidan ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi sabablari, buzg‘unchi oqimlarning maqsad-muddaolari haqida batafsil ma’lumot berildi.Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muam
BatafsilOila va ta’lim muassasasi hamkorligi yoshlar kamolotiga xizmat qiladi
Farzandga yaxshi tarbiya berish ota-onaning asosiy vazifalaridan biridir. Zero, farzand kamoloti uchun sarflangan har bir daqiqa ertangi farovon hayot uchun tamal toshi bo‘ladi. Shunday ekan, yoshlarning taqdiri uchun e’tiborli bo‘lib, ularning xulqi, tarbiyasi va ilm olishiga befarq bo‘lmaslik lozim. Chunki bugungi tezkor davrda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi juda oson. Dunyoqarashi keng, turli yot g‘oyalarga qarshi tura oladigan, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yoshlarni kamol toptirish dolzarb vazifa. Bu borada ota-ona va ta’lim muassasasi o‘rtasida uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi zarur.Jadid adabiyotining namoyandasi Abdurauf Fitrat jamiyat rivoji va yurt ravnaqi farovonligida oilaning o‘rni xususida fikr yuritib, “Oila” asarida shunday mulohazalar bildiradi: “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki
Batafsil
Jadidlar merosi – kelajagimiz poydevori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari” davom etmoqda.Bugun 1-bosqich talabalari uchun “O‘zbekiston yoshlarini vatanparvar etib tarbiyalashda taraqqiyparvar jadidlar ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosining ahamiyati” mavzusida ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.Ma’ruza darsi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Saidafzal Saidjalolov tomonidan o‘tkazildi.Maʼruzachilar tomonidan jadidlar ilgari surgan iqtisodiy islohotlar, mazkur islohotlar orqali jamiyatni rivojlantirishga oid konsepsiyalar haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, milliy uygʻonish va iqtisodiy yuksalish, jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy ilgari surgan bosh gʻoyalardan biri isrofgarchilikka qarshi kurashish, ortiqcha s
BatafsilTa’lim va tarbiya uzviyligi yoshlar kamolotiga xizmat qiladi
Bugun “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari” doirasida Akademiya rahbariyati hamda 1-bosqichga qabul qilingan talabalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.Unda Akademiya Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Yoshlar Ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov hamda tyutorlar ishtirok etdi.Samimiy muloqotni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Ilyos Mirziyotov ochib berdi. Akademiya prorektori talabalik safiga qabul qilingan yoshlarni samimiy muborakbod etib, oʻqishlariga muvaffaqiyat tiladi.Soʻnggi yillarda yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada tizimli islohotlar, ulugʻ ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish va targʻib et
Batafsil
Talabalar uchun “Mustaqillik darslari” boshlandi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2024/2025-o‘quv yili ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlandi. Ayni paytda Akademiyada “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari” o‘tkazilmoqda. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etmoqdalar.Darslar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi, istiqlolning qadri, mazmun-mohiyati, yurtdoshlarimiz taqdiridagi ahamiyati haqida ma’ruzalar qilindi.Yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekani, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mazkur dar
Batafsil
Yangi o‘quv yili – yangi bilim va yuksak maqsadlar muqaddimasi
Hash-pash deguncha, yoz fasli yakuniga yetib, oltin kuz kirib keldi. Ushbu fasl biz uchun nafaqat O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni, balki yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ham ahamiyatlidir. Yuragida orzu-umidlari osmon qadar bo‘lgan yoshlar uchun bilim olish, yangi marra va cho‘qqilar sari eltuvchi katta yo‘lning muqaddimasidir.Bugun yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.Tantanali marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari Olimjon Soliyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev,
Batafsil
Xalqaro konferensiyaga maqolalar qabul qilinadi
2024-yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiya materiallari alohida toʻplam sifatida chop etilishi belgilangan.Shu munosabat bilan konferensiya materiallari toʻplamida oʻz maqolalarini chop ettirish istagida boʻlgan yetuk ulamolar, iqtidorli imom-xatiblar, taʼlim muassasalarining mudarris-oʻqituvchilari, islomshunos olim va tadqiqotchilar, soha vakillari va salohiyatli talabalarni oʻzlarining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etishga chaqiramiz.Tezis matnini rasmiylashtirish talablari:1. Tezis matni MS Office dasturining WORD 2010 muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1,5 intervalda boʻlishi va 4 betdan oshmasligi lozim.2. Tezis matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qogʻozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., oʻngdan 1,5 sm.
Batafsil
Professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar uchun “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasi” mavzusida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fanni rivojlantirish va prognozlash departamenti boshlig'i, Clarivate kompaniyasining O'zbekiston Respublikasidagi rasmiy maslahatchisi Diana Abdumo‘minova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan trening davomida ma’ruzachi tomonidan Pivot-RPdan ro‘yxatdan o‘tish, foydalanish, uning afzallik jihatlari, loyiha turlari, loyihalarni tasniflash, taqdim etish yoʻllari va qoʻlga kiritish boʻyicha batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, bazadagi xalqaro konfrensiyalar, staji
BatafsilAkademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining 1-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Kengash majlisini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.Ma’lumki, muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi.Kengash avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlang
Batafsil
Akademiyada professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyot” kafedrasi mudiri Zuhra Aripova hamda dotsent Dilfuza Sagdullayeva tomonidan “Noarablarga arab tilini o‘qitish uslublari – O‘mon tajribasi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.Mazkur o‘quvlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, o‘tgan o‘quv yilida “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Zuhra Aripova, dotsent Dilfuza Sagdullayeva, “Lingvistika” yoʻnalishi magistranti Barno Ismoilova Oʻmon Sultonligining Sulton Qobus universitetida noarablarga arab tilini oʻqitish institutida malaka oshirish kurslarida qatnashgan edi.Trening davomida ma’ruzachilar tomonidan mazkur safar davomida olgan bilim-ko‘nikmalari, Oʻmon Sultonligidagi taʼlim ti
Batafsil