Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurovning BAYRAM TABRIGI
Assalom-u alaykum muhtaram Akademiya professor-oʻqituvchilari, xodimlari, aziz talaba yoshlar!Soʻzim avvalida, Sizlarni yangi Oʻzbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz Mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!Istiqlol milliy davlatchiligimiz rivoji uchun yuz yilliklarga teng boʻlgan tarixiy voqea va natijalarni bizga tuhfa etdi. Xalqimiz fidokorona mehnati va qatʼiyati bilan mamlakatimizning iqtisodiy tarmoqlarini jadal rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, tibbiy xizmat va taʼlim sifatini jahon standartlari darajasiga koʻtarish orqali malakali kadrlar tayyorlash, bir soʻz bilan aytganda, yangi Oʻzbekiston poydevorini yaratishda Prezidentimiz rahnamoligida yelkama-yelka xizmat qilmoqda. Zero, Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligi shodiyonalarining “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoya ostida tashk
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2025-yil uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 319-buyrug‘iga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2025-yil uchun qabul kvotalarini e’lon qiladi.Ixtisosliklar doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga 2025-yil uchun umumiy kvota taqsimoti №IxtisosliklarDoktoranturaMaqsadliStajyor-tadqiqotchilik(PhD)(DSc)(PhD)(DSc)124.00.01. Islom tarixi va manbashunosligi2----224.00.02. Qur’onshunoslik Hadisshunoslik2-2-1324.00.03. Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot2-3--424.00.04. Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi2----507.00.04. Dinshunoslik2----619.00.07.Din psixologiyasi2----Jami:1251 Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:Tayanch doktorantura, staj
Batafsil
Akademiyaga nodir kitoblar to‘plami hadya qilindi
Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida “Uchinchi rRenessans” davriga qadam qo‘yilar ekan, bu davrning poydevorini har tomonlama bilimli, salohiyatli yoshlar tashkil etadi. Shu bois, “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida islom dinining asl mohiyatini keng yoritish orqali mutafakkir allomalarning boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va yoshlarning ong-u tafakkurini rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.Bugun ana shu ezgu maqsad yo‘lida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islom ensiklopediyasi” boʻlimiga islom diniga doir qimmatli manbalarni o‘zida aks ettirgan nodir kitoblar to‘plami topshirildi.Jumladan, Salohuddin as-Safadiyning 24 juzlik “al-Vofiy bil-vafayot”, Ibn Asokirning 37 juzlik “Tarix madina Dimashq” asari, Shamsuddin az-Zahabiyning 53 juzlik “Tarix al-islom” asari hamda Shamsuddin az-Zahabiyning 30 juzlik
Batafsil
Akademiyada yangi o‘quv boshlanishi oldidan muhim masalalar muhokama etildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi 2024/2025-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Akademiya rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminar-treninglar doirasida o‘tkazilgan mazkur muloqotda muassasa zimmasida turgan muhim masalalar, istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan o‘quv, ilmiy sohadagi xorijiy va zamonaviy tajribalar bilan yaqindan tanishish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligi qayd etildi. Bugungi muloqot o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ekani ta’kidlandi.Professor-o‘qituvchilarning ish rejalari, oliy ta’lim muassasalarida barcha me’yoriy hujjatlar ta
Batafsil
Xalqaro kongress amaliy taklif, ilgʻor tashabbus va innovatsion loyihalarga boy boʻldi
Bugun Samarqandda “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” VIII xalqaro kongressi muvaffaqiyatli yakunladi. Mazkur nufuzli tadbirda 4 kun davomida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish hamda Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatining joriy va kelajakka moʻljallangan rejalari, muhim loyihalari taqdimotlari boʻlib oʻtgani uning amaliy ahamiyatini oshirdi.Uch yuzdan ziyod ishtirokchi qatnashgan kongressda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Kamilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, shuningdek, xorijlik TURKSOY xalqaro tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev, Xalqaro Turkiy Akademiyasi prezidenti, aka
Batafsil
Xalqaro konferensiyada Akademiya rektori ishtirok etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Samarqandda “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” VIII xalqaro Kongressi bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur anjumanda IRCICA, ICESCO, TURKSOY, “Al-Furqon” fondi, Xalqaro Turkiy akademiya rahbarlari, Islom olami robitasi vakillari, dunyoning 35 da davlatidan 300 ga yaqin olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham ishtirok etmoqda. Ochilish marosimini Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov kirish soʻzi bilan ochdi. Konferensiyada Islom tarixi, sanʼati va madaniyati tadqiqotlari markazi - IRCICA direktori, WOSCU Boshqaruvi aʼzosi Mahmud Erol Qilich, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY rai
Batafsil
Akademiyada “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zero, poklik, saranjom-sarishtalik, ozodalik yurtimizning yanada chiroy ochishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. Mazkur tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillik va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Unda yosh-u qari birdek ishtirok etib, asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan urf-odatlar, qadriyatlarimizni kelgusi avlodlarga yetkazishda xizmat qiladilar.Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy yilning 24-25-avgust kunlari “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.Mazkur tadbir bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi tomonidan ham ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan davom etdi. Umumxalq xayriya hasharida Akademiy
Batafsil
Mehmonlarga Akademiyaning turizm salohiyati taqdim etildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro yoshlar turizm festivali” bo‘lib o‘tmoqda.Festival dasturining birinchi kunida tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar uchun Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek), Yunusxon maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.Festival qatnashchilari “Manbalar xazinasi” bo‘limida ham bo‘lib, u yerda saqlanayotgan islom diniga oid nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar, “Usmon Mus’hafi” hamda “Langar Qur’oni”ning ko‘chirilgan nusxalari bilan tanishdilar.Eslatib o‘tamiz, “Xalqaro yoshlar turizm festivali”ni tashkil etishdan maqsad mamlakatimizda chiqish va kirish turizmini rivojl
Batafsil
Yangi Oʻzbekiston — dinlar va millatlararo bagʻrikenglik zamini
Dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik gʻoyasi xilma-xil diniy eʼtiqodga ega boʻlgan kishilarning bir zamin, bir vatanda yagona maqsad yoʻlida hamkor va hamjihat boʻlib yashashini anglatadi. Bugungi kunda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya, 130 dan ortiq millat va elat vakillari hamda 157 ta milliy madaniy markaz, 38 ta doʻstlik jamiyati faoliyat yuritib, Konstitutsiya va qonunlarimizda belgilab qoʻyilgan teng huquqlilik va keng imkoniyatlardan foydalanib, totuvlik va hamjihatilikda oʻz ona tillari, millat tarixi va madaniyatini oʻrganish, oʻsib kelayotgan yoshlarga oʻz milliy qadriyatlarini toʻla yetkazish hamda millatlaro totuvlik va bagʻrikenglik gʻoyalarini singdirish borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirmoqda.Bugun poytaxtimizdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi Konrad Adenauer jamgʻa
Batafsil
“Xalqaro yoshlar turizm festivali” start oldi
Joriy yilning 21-25-avgust kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro yoshlar turizm festivali” o‘tkazilmoqda.Mazkur festivalda Turkiya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va yurtimizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 100 ga yaqin vakillar ishtirok etmoqda. Ushbu festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.“Xalqaro yoshlar turizm festivali”ni tashkil etishdan maqsad mamlakatimizda chiqish va kirish turizmini rivojlantirish, maml
Batafsil
Uchinchi Renessans davri ilm-fan ravnaqi asosida yaratiladi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyevning “Globallashuv davrida radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashda islom tashkilotlarining oʻrni” mavzusidagi 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi boʻyicha tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda majlis a’zolari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.Yig‘ilish davomida kengash kotibi tadqiqotchi hamda uning ilmiy ishi haqida yig‘ilganlarga qisqacha ma’lumot berildi.Shundan so‘ng O‘tkir Hasanboyev so‘zga chiqib, tadqiqotning maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.Ilmiy ishning maqsadi global jamiyatda islom tashkilotlarining radikalizm va ekstremizm g‘oyalariga qarshi kurashdagi o‘rni va mintaqaviy xususiyatlarini ochib b
Batafsil
Akademiyada Olmazor tumanidagi mahalla raislari uchun seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Olmazor tumanidagi mahalla raislari uchun “O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.Mazkur seminar Olmazor tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Saidafzal Saidjalolov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Ma’ruza davomida yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berilgani e'tirof etildi. Din va davlat munosabatlariga ta’rif berildi. Har bir inson, butun jamiyat o‘zaro munosabatlarni xalqlarning turli-tuman urf odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag‘rikenglik asosiga qurishi zarurligi, bag‘rikenglik taraqqiyot garovi ekani qayd etildi.Lekin shunga qaramay, dinni niqob qil
Batafsil