Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida
Akademiya bilan 42 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida Anglashuv memorandumi hamda kelishuvlar mavjud. Joriy yilda Akademiyaning 81 nafar vakillari xorijiy davlatlarda tashkil etilgan malaka oshirish, tajriba almashish oʻquv kurslarida ishtirok etishi taʼminlandi. Akademiyada Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Afgʻoniston, Ozarbayjon fuqarolaridan 42 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda. Shundan 6 nafari xorijiy doktorant hisoblanadi;Taʼlim jarayoniga 10 nafar xorijiy professor-oʻqituvchilar (Misr, Yaponiya, Qozogʻiston, Rossiya) talabalarga tahsil berib kelmoqda;Xalqaro tashkilotlar va xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 4 ta kafedra mavjud boʻlib, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO”, “Islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO”, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” hamda “Islom tarixi va
Batafsil
Ilmiy-tadqiqot yoʻnalishda
Akademiyada asosiy (ichki oʻrindoshlik) ish hajmida jami 162 nafar professor-oʻqituvchi, jumladan, 1 nafar akademik, 28 nafar fan doktori, 97 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ilmiy salohiyat 77.1 % ni tashkil qilmoqda. Hozirgi kunda jami 66 nafar doktorant faoliyat olib bormoqda. Shulardan 3-kursda 24 nafar, 2-kursda 22 nafar, 1-kursda esa 20 nafar va 5 nafar xalqaro tayanch doktorantlar faoliyat olib bormoqda. Ularning 21 nafari diniy-maʼrifiy sohada faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot xodimlar hisoblanadi. Akademiya huzurida taʼsis etilgan ixtisoslashgan Ilmiy kengashda mazkur davr mobaynida jami 2023-2024-oʻquv yilida ixtisosliklar kesimida 25 ta doktorlik himoyalar oʻtkazildi. Shulardan, 1 nafari fan doktori (DSc). Tayanch doktorant, tadqiqotchilarning mutaxassislik fanlaridan 50 dan ortiq malakaviy hamda qoʻshimcha imtihonlar oʻtkazildi. Ular
Batafsil
Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda
2023-2024-oʻquv yilida 463 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir, 176 ta koʻrik tanlov va musobaqa, 164 ta sport musobaqa va bellashuvlar, 197 marotaba talabalarning teatr yoki muzeylarga tashrifi uyushtirilgan, respublikaning 10 ta viloyatida, 127 ta tuman, 540 ta MFY, 1632 ta umumtaʼlim maktabi, 48 ta oliy taʼlim muassasasida 1360 dan ortiq jaholatga qarshi maʼrifat targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Talabalarda sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida:- “Temuriylar tarixi”, “Qatagʻon qurbonlari”, “Shon-sharaf” davlat muzeylari, “Abdulla Qodiriy” uy muzeyi, “Aloqa tarixi” muzeyi, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi kabi qadamjolarga 52 ta guruh talabalarining tashriflari uyushtirildi.- vatanparvarlik gʻoyasi mujassam boʻlgan “Abdulla Qahhor”, “Abdulla Avloniy”, “Ilhaq”, “Vatan”, “Mahmudxoʻja Behbudiy”, “Ibrat” kabi oʻzbek filmlari namoyishlari tashki
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023-2024-o‘quv yilida o‘quv-uslubiy yo‘nalishda amalga oshirilgan faoliyat natijalari
2023/2024 o‘quv yilida 3 ta fakultet va 10 ta kafedrada jami 198 nafar professor-o‘qituvchi (shundan 134 nafar asosiy, 27 nafar ichki o‘rindosh, 37 nafar tashqi o‘rindosh) faoliyat olib bordi. Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi otmlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchi 8 nafar hamda xorijiy o‘qituvchilar 10 nafarni tashkil etadi.O‘quv yili yakuni bo‘yicha jami 2234 nafar talaba (shundan 565 nafar davlat granti, 1673 nafar to‘lov-kontrakt, 1072 nafar o‘g‘il va 1163 nafar talaba-qizlar, bakalavriat bosqichi 1-kursda 634 nafar, 2-kursda 788 nafar, 3-kursda 321 nafar, 4-kursda 284 nafar, magistratura bosqichida 1-kursda 97 nafar, 2-kursda 110 nafar) hamda 32 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.Axborot-resurs markazi fondida 8594 nom 77 837 nusxada ilmiy, badiiy, o‘quv va boshqa turdagi adabiyotlari mavjud bo‘lib, o‘quv yili davomida byudjet mablag‘lari hisobid
Batafsil
Yoshlar masalasi – millat taqdiri
Bugun Yoshlar ijod saroyida mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalari, bu borada joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va oldinda turgan muhim vazifalar bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.Yig‘ilish kun tartibidan “otaliqqa” olingan, “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlashdagi holatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yoshlar jinoyatchiligi, bandligi hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi mas’ullarning axboroti tinglandi. “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari haqida ma’lumot berildi.Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlar bilan ishlashdagi ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “G‘alaba”, “Chilto‘g‘on”, “Istiqbol”, “Chinobo
Batafsil
Koʻzi ojiz abituriyentlar uchun imtihon dasturlari
Koʻzi ojiz abituriyentlar uchun imtihon dasturlari“Tarix” fani dasturi“O‘zbek tili va adabiyoti” fani dasturi“O‘zbekiston tarixi” fani dasturi“Matematika” fani dasturi“Fizika” fani dasturi“Chet tili” fani dasturi
Batafsil
Jaholatga qarshi maʼrifat yoʻnalishida
Akademiyada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, talaba-yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, ularda axborot isteʼmoli madaniyati shakllantirishni tizimli asosda tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. “Oʻzbekistonda vijdon erkinligini taʼminlash va diniy tashkilotlar faoliyati”, “Diniy aqidaparastlik va fundamentalizmning salbiy oqibatlari”, “Ekstremistik va terrorchi tashkilotlar ilgari surayotgan buzgʻunchi gʻoyalar – ijtimoiy hayotga tahdid” “Yoshlarni radikalizm va ekstremizm gʻoyalaridan asrash – barqarorlik omili!”, “Milliy qonunchilikda diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-meʼyoriy hujjatlar va javobgarlik asoslari”, “Internetda radikalizm va ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling!”, “Huquqiy, dunyoviy va ijtimoiy davlatda dinning oʻrni” mavzularida axborot va murabbiylik soatlarida 2200dan ziyod talabalar uchun 200dan ortiq davra suhbatlari tashk
Batafsil
Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish – eng asosiy masala
2023-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgan edi. Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlar bilan ishlashda ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Shunga muvofiq, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “G‘alaba”, “Chilto‘g‘on”, “Istiqbol”, “Chinobod” hamda “Chig‘atoy darvoza” MFYdagi davlat koʻmagiga muhtoj “ogʻir” toifadagi 19 nafar yosh biriktirildi.Bugun shu maqsadda Olmazor tumani hokimligi bilan hamkorlikda “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.Unda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov oʻtgan vaqt davomida mahallabay, xonadonbay tarzida yoshlarning muammolari, murojaatlari har tomonlama oʻrganilib, “ogʻir” toifadagi yosh
Batafsil
Salim bin Muhammad al-Malik: “Oʻzbekiston – barakali zamin, maʼnaviyat xazinasi, islom sivilizatsiyasining buyuk merosi sohibidir”
Xalqaro eʼtirofIslom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) Bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik “Dunyo” axborot agentligiga intervyu berdi.— Bosh direktor janoblari, bilamizki, Oʻzbekistonga bir necha bor tashrif buyurgansiz. Bugungi suhbatimizni mamlakatimiz haqidagi fikrlaringiz bilan boshlasak. Oʻzbekistonni qanday tasavvur qilasiz, uning tarixi, madaniyati, zamonaviy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi oʻrnini qanday baholaysiz? — Bismillahir rohmanir rohiym. Men Oʻzbekistonga kelganimda har safar oʻzim uchun yangidan-yangi qirralarni kashf etaman. Boy tarix va betakror madaniy merosga ega ushbu oʻlkadan zavq olaman. Binobarin, ushbu jihatlar mamlakatning asosiy ramzlaridan biri — davlat bayrogʻidagi yorqin ranglarda ham oʻz aksini topgan.Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 20-iyul 2024-yil, 145-sonSuhbatning davomini oʻqish uchun
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi abituriyentlari hamda ota-onalari diqqatiga!
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bilan tanishing!O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari uchun 9-,10-,11-iyul kunlari o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi. Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:YUKLAB OLISH❕ Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi, ammo boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
BatafsilAkademiya Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muassasa Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, soha prorektorlari, Kasaba uyushmasi raisi Yusufjon Sodiqov, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.Yig‘ilish kun tartibida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Yusufjon Sodiqovning hisoboti tinglandi. O‘tgan yil davomida Akademiya Kasaba uyushmasi tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.Majlis davomida yangi jamoa shartnomasining taqdimoti, Akademiya yangi ichki tartib-qoidalarining muhokamasi va tasdiqlanishi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.Yig‘ilish yakunida Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi a’zolari saylandi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi
Joriy yilning 9-11-iyul kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bakalavriatning “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.Abituriyentlar ijtimoiy fanlar va chet tilidan gapirish bo‘yicha imtihonni topshirdilar.Imtihon jarayonlaridan avval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilish maqsadida onlayn translatsiya qilindi. Akademiya hovlisida esa abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish va imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish uchun maxsus joylar tashkil etildi. Shuningdek, imtihon paytida abituriyentlarning ota-onalari va y
Batafsil