Akademiya rektori “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” nomli seminarda ma’ruza qildi
Olmazor tumani hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlari tomonidan Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ma'naviyati va madaniyatini yanada yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.Seminarda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari ishtirok etdilar.Ishtirokchilarga “O'zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar”, “Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati”, “Shukronalik tuyg‘usini shakllanti
Batafsil
500 dan ortiq olimlar O‘zbekiston Prezidentiga bilim va tajribalarini bir maqsad yo‘lida safarbar etishga va’da berishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” mavzusidagi respublika forumi ishtirokchilarining MUROJAATI qabul qilindi.O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur forum mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy hayotida yorqin iz qoldirdi. Forumda yurtimizning barcha hududlaridan 500 dan ortiq yetuk olimlar, fan arboblari, ekspertlar, yosh tadqiqotchilar, shuningdek, diniy soha vakillari ishtirok etdi. Ular 10 ta shoʻbaga bo‘lingan holda Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy-tarixiy konsepsiyasi hamda uning tarkibidagi muzey ekspozitsiyasini shakllantirishga bag‘ishlangan 50 dan ortiq ma’ruzalarni tinglab, 600 ga yaqin taklif va mulohazalarini bildirdilar. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” mavzusidagi respubl
Batafsil
Oʻzbekiston yoshlariga bayram tabrigi
Assalom-u alaykum, qadrli yoshlar!Aziz talabalar, oʻgʻil-qizlarimiz!Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga sihat-salomatlik, totli umr, oʻqish va mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!Yangi Oʻzbekistonimizning aziz yoshlari! Butun dunyo yoshlari sizlarga havas bilan qarashi maʼlum. Chunki Siz mustaqil Oʻzbekistonning ozod, erkin, oʻz qadr-qimmatini bilgan, bilimli, milliy qadriyatlarimizga sodiq farzandlarisiz!Dunyo hamjamiyatiga sir emas, siz davlatimizda yosh avlodning sifatli bepul taʼlim olishi, boʻsh vaqtini sport, madaniyat, sanʼat, kitobxonlik bilan mazmunli oʻtkazishi uchun yaratib berilayotgan keng koʻlamli sharoitlar davrida emin-erkin yashamoqdasiz! Davlatimiz tomonidan yaratilayogan mana shu imkoniyatlardan foydalanib, butun dunyoga oʻz bilimingiz, salohiyatingizni namoyish etayotganligingiz ham quvonarlidir. Har bir davlatni
BatafsilAkademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Kengash majlisini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.Ma’lumki, muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi.Akademiya rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov majlisni ochib berarkan, o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekanini qayd etdi.Dastlab Akademiyaning bir guruh professor-o‘qituvchilariga ilmiy darajalari berilgan diplomlar topshirildi.Yoshlar bilan ishlash,
Batafsil
Yoshlarning ertangi taqdiri har doim e’tibor markazida
Yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb qilish bugungi kundagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda esa nafaqat ota-ona, balki ustoz-murabbiylar, barcha faol ishtirok etishi zarur.30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi Akademiya mas’ullari yoshlar bilan ishlash natijadorligini oshirish bo‘yicha Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “G‘alaba”, “Chilto‘g‘on”, “Istiqbol”, “Chinniobod” hamda “Chig‘atoy darvoza” MFYdagi o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdilar.Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlar
Batafsil
“Islom hamkorlik tashkilotining yoshlar forumi” yakunlandi
Samarqand shahrida “Butunjahon yoshlar festivali-2024” doirasida “Islom hamkorlik tashkilotining yoshlar forumi” “Yoshlar prizmasi orqali global muammolarni hal qilish: Biz bu dunyoni yaxshiroq joyga aylantiramiz” mavzusidagi sessiya bilan davom etdi.Tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasi nomidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiya rektori Uygʻun Gʻafurov “Ma’rifatli yoshlar – yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida ma’ruza qildi.Forum doirasida “Islomda yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor”, “Hozirgi zamon va anʼanaviy qadriyatlar”, “Oʻzbekiston – buyuk allomalar diyori”, “Oʻzbekistonda yoshlar uchun amalga oshirilayotgan islohotlar”, “Imom Buxoriy ilmiy merosida shaxs ijtimoiy tarbiyasi asoslari” kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi.Tadbir davomida ekspertlar tomonidan yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar yuqori baholandi. Forum yakunlari bo‘
Batafsil“Islom hamkorlik tashkilotining yoshlar forumi” bo‘lib o‘tmoqda
Avval xabar qilganimizdek, Samarqand shahrida 25-30-iyun kunlari “Butunjahon yoshlar festivali-2024” bo‘lib o‘tmoqda.Bugungi tadbirlar doirasida “Islom hamkorlik tashkilotining yoshlar forumi” bo‘lib o‘tdi.Tadbirni Saudiya Arabistoni delegatsiyasi nomidan Sport va yoshlar ishlari boʻyicha vazir oʻrinbosari Abdulaziz Abdulrahman al-Masaed, Oʻzbekiston delegatsiyasi nomidan Akademiya rektori Uygʻun Gʻafurov kirish so‘zi bilan ochib berdilar.Forumda Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi oʻrinbosari Tariq Ali Baxit, Turkiya Yoshlar va sport vazirining oʻrinbosari Enes Eminoʻgʻlu, Islom Hamkorligi Yoshlar Forumi vakili Rasul Omerov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy oʻrinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, xorijiy delegatsiya aʼzolari, Yoshlar ishlari agentligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita mas’ullari hamda f
Batafsil
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI
Qadrli hamkasblar!Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, matbuot va ommaviy axborot vositalari fidoyilari!Avvalambor, siz, azizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin dildan qutlayman. Fursatdan foydalanib, fidokorona va sharafli mehnatingiz bilan jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shayotganingizni alohida e’tirof etaman.Bugun o‘zаrо mаnfааtlаr, fikr vа qаrаshlаr, g‘оyalаr to‘qnаshgаn glоbаl mаkоndа to‘g‘ri hаmdа хоlis ахbоrоtlаrni sаrаlаsh, оlish vа tаrqаtishdа mаtbuоt vа оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаrining o‘rni yuqоri ekаnini tа’kidlаsh mumkin. Ахbоrоt mаkоnidа хоlislik vа shаffоflikni tа’minlаsh, so‘zning birlаshtiruvchilik, hаmjihаtlik, birdаmlik vоsitаsi sifаtidаgi qudrаtli kuchini ko‘rsаtа оlish оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаrining аsоsiy fаоliyat prinsipi sаnаlаdi. Shundаy ekаn, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy
Batafsil
Akademiyada 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng miqyosda nishonlandi
Keyingi yillarda yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida “Axborot makonidagi ustunlik ko‘p narsani hal etadigan bugungi murakkab vaziyatda xalqimiz siz, azizlarni demokratik matbuotning asosiy sharti va talabi bo‘lgan xolislik, haqqoniylik, milliy manfaatlarimizga sodiqlik kabi prinsiplarga amal qilib, o‘z bilim va salohiyati, o‘tkir qalami va haroratli so‘zi bilan jamoatchilikka ijtimoiy jarayonlar mohiyatini anglab yetishga ko‘maklashadigan, ularni buzg‘unchi axborot xurujlaridan himoya qil
Batafsil
Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!
Keyingi yillarda yurtimizda yoshlarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etishi uchun zarur imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zero, mamlakat rivojini zamonaviy bilim va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yoshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois, yoshlarning iqtidorini aniqlash va uni rivojlantirish muhim masalaga aylangan.Ajdodlarimizning boy merosini o‘rganib, har taraflama yetuk, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘zining navbatdagi bitiruvchilarini umr yo‘lining yangi davri sari kuzatmoqda. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining
Batafsil
Akademiya rektori “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” nomli seminarda ma’ruza qildi
Uchtepa, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlari tomonidan “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.Seminarda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari ma'ruza bilan ishtirok etdilar.Ishtirokchilarga “Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy va ma’rifiy islohotlar”, “Xotin-qizlar ma’rifati – mamlakat taraqqiyoti poydevori” mavzularida tushuntirish berilib, ayol – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki ekani haqida fikrlar bildirildi.
Batafsil
“Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” forumi ish boshladi
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilgan diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi masalalarga bagʻishlangan yigʻilishda davlatimiz rahbari qator masalalarga toʻxtalib, jumladan, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyini sohaga oid chuqur maʼno va yuksak mazmunga ega boʻlgan eksponatlar bilan boyitish vazifasi qoʻyildi.Shu maqsadda bugun Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” mavzusida ish boshlagan forumda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi bir guruh olimlar faol ishtirok etdi.Forum doirasida Markaz muzeyi boʻlimlarining kengaytirilgan yigʻilishlari boʻlib oʻtdi. Shoʻbalarga boʻlingan holda oʻtkazilgan seminarlarda “Islom dinining shakllanishi va Markaziy Osiyoda yoyilishi”, “Markaziy Osiyoda taʼlim tarixi”, “Shaharsozlik va meʼmorchilik” b
Batafsil