O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiyada ziyorat turizmi gid-tarjimonlari uchun “Ziyoratgohlar – ruhiy quvvat manbai” deb nomlangan qisqa muddatli kurs tashkil etildi
Yangiliklar

Akademiyada ziyorat turizmi gid-tarjimonlari uchun “Ziyoratgohlar – ruhiy quvvat manbai” deb nomlangan qisqa muddatli kurs tashkil etildi

Ma’lumki, O‘zbekiston sayyohlikning muhim segmenti bo‘lgan ziyorat turizmi uchun qulay manzil hisoblanadi. Xususan, yurtimizda yashab ijod qilgan islom olamida mashhur ko‘plab ulamolar nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlar, shuningdek, boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar uchun ham aziz bo‘lgan tarixiy qadamjolar mavjud. Islom dunyosining eng qimmatbaho Qur’oni karim qo‘lyozma namunalaridan biri – Usmon mus'hafi saqlanuvchi Hazrati Imom majmuasi, buyuk muhaddislar Imom Buxoriy va Imom Termiziy ziyoratgohlari, Naqshbandiya tariqati namoyandalari maqbaralari va va shu kabi ko‘plab boshqa diniy markazlar ziyorat maqsadidagi sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Turli diniy markazlar va muqaddas joylarni ko‘rish, muayyan ibodat talablarini bajarish, diniy manbalarni o‘rganish maqsadida tashrif buyuruvchi sayyohlarga xizmat ko‘rsatish mutasaddilar oldida soha mutaxassislarini tayyorlash va muntaz

Batafsil
Akademiya rektori “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Yangiliklar

Akademiya rektori “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing oʻtkazildi.Tadbir davomida “Xalq diplomati” koʻkrak nishonini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Tashkilotga aʼzo davlatlarda xalq diplomatiyasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan davlat arboblari, olim, yozuvchi, fan, sanʼat va madaniyat sohasi vakillari, fuqarolik jamiyati faollari, yoshlar va xotin-qizlar qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham “Xalq diplomati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.Mazkur koʻkrak nishoni tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, oʻzaro madaniy – gumanitar aloqalarni kengaytirish, fuqarolik

Batafsil
Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat
Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etildi.Seminarda, Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari hamda talabalar ishtirok etdilar.Qatnashchilarga “Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy va ma’rifiy islohotlar”, “

Batafsil
Akademiyada ziyorat turizmi yosh gid-tarjimonlari uchun maxsus seminar kurslar tashkil etildi
Yangiliklar

Akademiyada ziyorat turizmi yosh gid-tarjimonlari uchun maxsus seminar kurslar tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ziyorat turizmining bo‘lajak mutaxassislari uchun haftalik maxsus seminar kurslar tashkil etildi.Ushbu maxsus seminar kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etildi.Maxsus seminar kurslarining dastlabki kunida “O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik yutuqlari”, “Ziyorat obyektlari va ularni tasniflash” mavzularida seminar mashg‘ulotlar hamda jamoani shakllantirish bo‘yicha psixologik trening o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar yuqori salohiyat va ko‘p yillik amaliy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar va sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Kursdan maqsad turizm yo‘nalishida tahsil olayotga

Batafsil
Akademiya rektori harbiy xizmatchilarga ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya rektori harbiy xizmatchilarga ma’ruza qildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.72 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.Bugun malaka oshirish tinglovchilariga Akademiya rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un G‘afurov “Kibermakondagi diniy kontentning mazmuni: mo‘tadillik va mutaassiblik chegarasi” mavzusida ma’ruza qildi.Ma’ruzada yoshlar hayotini band etgan internet tarmog‘idagi sayt va guruhlar mazmuni, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tahlil etish va tarqatish madaniyati, diniy ma’lumotlarni rasmiy saytlardan olish hamda noma’lum tarmoqlardan saqlanish kabi masalalar

Batafsil
Talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Yangiliklar

Talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish muntazamlik kasb etgan. Bugun ham “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.Bilim bellashuvini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov ochib berdi.Akademiya prorektori so‘nggi yillarda “Zakovat” intellektual o‘yini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tobora ommalashib borayotganini e’tirof etdi.Darhaqiqat, yurtimizda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yilning 20-yanvarida “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qar

Batafsil
Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Yangiliklar

Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 72 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili va unda O‘zbekistonning pozitsiyasi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash, ularning oila a’zolarini turli radika

Batafsil
Jaholatga ma’rifat bilan kurashamiz
Yangiliklar

Jaholatga ma’rifat bilan kurashamiz

“Jaholatga qarshi maʼrifat” ma’naviy-ma’rifiy targʻibot tadbirlari Samarqand, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarida davom etdi.Davra suhbatlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori Matluba Kaxxarova, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD G‘ayrat Rasulov hamda “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Akmalxon Akmalxonov tomonidan “Missionerlik va prozelitizm – maʼnaviy xavfsizligimizga tahdid”, “Jaholatga qarshi maʼrifat”, “Mahallalardagi ayollar orasida radikallashuvni oldini olish masalalari”, “Ta’lim bu – najot” kabi mavzularda so‘z yuritildi.Targʻibot tadbirlari davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish, ekstremizm

Batafsil
Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi
Yangiliklar

Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Sirtqi bo‘lim rahbariyati tomonidan iqtidorli, tashabbuskor va faol talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.Dastlab Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, prorektorlar – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov hamda Zokirjon Ro‘ziyev ishtirokida muloqot o‘tkazildi.Akademiya rektori talabalarni o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabrikladi va ularga eng ezgu tilaklarini bildirdi. Tadbirda sirtqi va masofaviy ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor hamda aʼlo baholari, jamoat ishlaridagi faolligi bilan barchaga

Batafsil
Do‘stlik va hamjihatlik bellashuvlari
Yangiliklar

Do‘stlik va hamjihatlik bellashuvlari

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligida tashkil etilgan bahslarda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari jamoalarga bo‘lingan holda maydonga chiqdilar.Mazkur bellashuvlar Akademiyada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, salomatligini mustahkamlash, shuningdek, ular o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Batafsil
Akademiya xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish va imlo savodxonligi bo‘yicha diktant o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish va imlo savodxonligi bo‘yicha diktant o‘tkazildi

O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.Shu bois, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar uchun davlat tilida ish yuritish va imlo savodxonligini oʻrgatish maqsadida diktant tashkil etildi.Mazkur tadbir Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan o‘tkazildi.Unda Akademiya o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etgan holda diktant yozdilar.Diktant yozishdan avval mas’ullar tomonidan Akademiyada davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari h

Batafsil
Milliy vа mа’nаviy qаdriyatlаrning yuksаlishidа аyollаrning o‘rni
Yangiliklar

Milliy vа mа’nаviy qаdriyatlаrning yuksаlishidа аyollаrning o‘rni

Asrlar davomida ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib kelgan. Shu ma’noda so‘nggi yillarda yurtimizda gender tenglik, xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta’minlash masalasida juda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Hech bir ayol davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmaydi” degan qat’iy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotir.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Milliy vа mа’nаviy qаdriyatlаrning yuksаlishidа аyollаrning o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Respublika Targ‘ibot guruhi ra

Batafsil
Ko'rinish