Hadis ilmi maktabiga yangi rektor tayinlandi
Hadis ilmi maktabi pedagoglar jamoasining navbatdan tashqari majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Diniy idora va Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi masʼul xodimlari Akbar Doʻstmatov, Elyor Alimqulov, shuningdek, soha mutaxassislari, oʻqituvchi-murabbiylar ishtirok etdi.Yigʻilishda tashkiliy masalalar koʻrildi. Unga koʻra, Hadis ilmi maktabi rektori Olimxon Yusupov boshqa ishga oʻtganligi sababli, uning oʻrniga Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlim boshligʻi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Barot Amonov tayinlangani maʼlum qilindi.Yigʻilish davomida mutasaddilar Hadis ilmi maktabi yangi rektori va pedagoglar jamoasi oldida turgan muhim vazifalar toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Maʼlumot oʻrnida, Barot Amonov Xoja Buxoriy oʻrta maxsus islom taʼlim m
BatafsilGloballashuv jarayonida islomni tushunish muammolari
Bashariyat tamaddunining bugungi bosqichini globallashuv jarayonisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Globallashuvning ilm-fan rivoji, axborot almashinuvidagi o‘rnini biror vosita bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Ammo qadriyatlar masalasi, inson insonni anglashi, e’tiqod va din borasidagi tushunmovchiliklar, dunyoning ayrim mintaqalaridagi ixtiloflar, milliy va diniy nizolarni hal etishda muammolar uchrayotgani achinarli hol.Bu jarayonda yoshlarning ongi va mafkuraviy bo‘shlig‘ini dinimizga yot bo‘lgan g‘oyalar egallab borayotgani kuzatilmoqda. Mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirish va mafkuraviy immunitetni shakllantirish barkamol avlod tarbiyasining muhim omili sanaladi. Ayniqsa, tezkor axborot asrida dinni niqob qilib olgan siyosiy kuchlar, missionerlik, ekstremistik, terroristik mazmundagi g‘oyalar uchun yo‘l ochib bermaslik muhim. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bir
Batafsil
Akademiya vakili targ‘ibot tadbirlarida ma’ruza qildi
Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlikdek go‘zal g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli taloto‘plar, nizolar, g‘oyaviy xurujlar esa har daqiqa ogohlikka undaydi. Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani Madaniyat saroyida ijtimoiy-maʼnaviy muhit sogʻlomligini taʼminlash maqsadida “Islom – maʼrifat dini” "Shukronalik tuyg‘usi”, “Maʼrifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzularida davra suhbati bo’lib o’tdi.Mazkur tadbirda Islomshunoslik fakulteti dekan o‘rinbosari Suxrob Xidirov ma’ruza qildi.Davra suhbatida ma’ruzachi tomonidan yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘y
BatafsilAkademiya vakillari talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivalida qatnashdilar
Bugungi kunda turli mafkuraviy xurujlardan himoyalanish, asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an’analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash muhim ahamiyat kasb etadi.Shu maqsadda poytaxtimizdagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida “Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali, milliy va etno sport turlarining ko‘rgazmali chiqishi” nomli festival o‘tkazildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi Akademiya vakillari ham faol ishtirok etdilar.Akademiya talabalari tomonidan Buxoro viloyatiga xos jihatlar, hudud madaniyati, urf-odatlari hamda taomlari aks etgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.Talabalar etno, milliy va xalq o‘yinlarida bellashdilar.Tadbir davomida milliy qadriyatlar – mill
BatafsilXorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati
Bugungi globallashuv davr insoniyatning zamon bilan hamnafas odimlashini talab etadi. Turli soha mutaxassislari o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarda muloqot qila olishi maqsadga muvofiq.Shu bois, yurtimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Mazkur anjuman xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy, metodologik va amaliy masalalarini muhokama etish va ushbu muammolar bo‘yicha tavsiyalar ishlab c
Batafsil
Akademiya vakillari “Milliy qadriyatlar sayli”da faol ishtirok etdi
Bugun poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida barpo etilgan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi boshlandi.Mazkur tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va oʻquvchi yoshlar, ijodiy tashkilotlar vakillari qatnashdi. Marosimni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Sayil davomida oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan hududlarning milliy urf-odat va qadriyatlari ko‘rgazmalari, qisqa konsert dasturlari tadqim etildi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok et
Batafsil
Muftiy hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi aʼzoligiga qabul qilindilar
Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yigʻilishida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengash aʼzoligiga qabul qilinganlari eʼlon qilindi. Islomiy fiqh akademiyasi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli akademiya aʼzoligiga qabul qilish haqida qaror qabul qildi.Unda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi ulamolari Muftiy hazratlarini ushbu martaba bilan qutlab, Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholadilar.Shu oʻrinda aytish oʻrinliki, oxirgi yillarda Diniy idoraning musulmon dunyosi bilan aloqalari rivojlanib, turli yoʻnalishlarda munosabatlar yoʻlga qoʻyildi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlik oʻrnatildi, turli davlatlar diniy idoralari bilan memorandumlar imzolandi, xorijdagi ilmiy konferensiyalar, Qurʼon musoba
Batafsil
Yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilish ustuvor maqsad
Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlikdek go‘zal g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli taloto‘plar, nizolar, g‘oyaviy xurujlar esa har daqiqa ogohlikka undaydi. Ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar esa buzg‘unchilikni maqsad qilgan kimsalar nishoniga aylanayotgani ham hech kimga sir emas. Ularning ongiga sof islom dini ta’limotiga zid aqidalarni singdirish, o‘zbekona milliy va diniy qadriyatlarimizdan voz kechishga targ‘ib etish kabi xatti-harakatlar avj olmoqda.Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda Olmazor tumanidagi 46-umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Akade
Batafsil
Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat – qurolimiz boʻlsin!
Keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlar ibratli hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosi, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik tuygʻusini yuksaltirish borasidagi ishlar alohida e’tirofga loyiq.Aholiga mazkur islohotlarni yanada yetkazish, “oliy ta’lim muassasasi va mahalla” tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikda ish olib borish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri bugun Olmazor tumani “Quyosh” MFYda bo‘lib o‘tdi. Mahalla faollari bilan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruza qildi.Akademiya rektori o‘z ma’ruzasida bugungi kunda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada ol
Batafsil
Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi
Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva talabalarga ma’ruza qildi.Davra suhbatida yurtimizda xotin-qizlarga va gender tenglikni taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Batafsil
Akademiya vakillari “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlarida qatnashmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan Termiz shahrida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.Jumladan, Termiz davlat pedagogika instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Termiz muhandislik-texnologiyalari instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, Termiz yuridik texnikumi, Termiz davlat universiteti hamda Termiz arxitektura va qurilish texnikumi rahbar-xodimlari va talabalariga ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’ruza qildilar.Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoni
Batafsil
Ona tabiatni asrash barchamizning burchimizdir
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, keng miqyosdagi ekologik inqirozga yo‘l qo‘ymaslik insoniyat oldidagi dolzarb vazifalarga aylangan. 1970-yildan boshlab esa 22-aprel – Xalqaro yer kuni sifatida nishonlab kelinadi. Mazkur sanani nishonlash orqali yosh avlod ongiga ona tabiatni asrash, ekologik muvozanatni ta’minlashga doir tushunchalar singdiriladi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida sana munosabati bilan soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shayxontohur tuman bo‘linmasi rahbari Nilufar Alibayeva, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi yig‘ma axborot-tahlil sho‘ba mudiri Zamira Mi
Batafsil