O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiya vakili forumda ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya vakili forumda ma’ruza qildi

Buxoro davlat universitetida “Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati” mavzusida Respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirokida o‘quv seminari hamda forum bo‘lib o‘tdi.Mazkur forum hamda o‘quv seminarida respublika oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi.Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza Shoaliyeva ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.Forum avvalida mehmonlar Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan ijodiy ishlar koʻrgazmasi bilan tanishishdi.

Batafsil
Talqin, tafakkur va mohiyat
Yangiliklar

Talqin, tafakkur va mohiyat

XXI asrni axborot texnologiyalari va jahon axborot tarmog‘isiz tasavvur qilish mushkul. Globallashuv davrida axborotlar oqimi bois, yoshlar keng bilimga ega bo‘lish barobarida tobora kuchayib borayotgan maʼnaviy tahdid va xatarlarga duch kelyapti. Ularni axborot xurujlaridan asrash esa eng asosiy vazifaga aylandi. Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida “Radikallashuv va yot gʻoyalarga qarshi kurashish hamda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish” rukni ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bugun Islomshunoslik fakulteti hamda “Ziyo” media markazi hamkorligida “Talqin, tafakkur va mohiyat” mavzusida navbatdagi tadbir tashkil etildi.Tadbirni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Akademiya rektori o

Batafsil
Jaholatga qarshi maʼrifat – ustuvor maqsad
Yangiliklar

Jaholatga qarshi maʼrifat – ustuvor maqsad

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Shukrullo Jo‘rayev hamda magistrlar ishtirok etdilar.Davra suhbati davomida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashadigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega, milliy mentalitetimizga yot, zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalash, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan

Batafsil
Innovator ayollar: zamonaviy dunyoda turizm va texnologiya
Yangiliklar

Innovator ayollar: zamonaviy dunyoda turizm va texnologiya

Bugun Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS)da “Innovator ayollar: zamonaviy dunyoda turizm va texnologiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsentlari – Gulnora Gʻulomova, Nilufar Botirova hamda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Mavluda Xodjayeva hamda talabalar qatnashdilar.Akademiya vakillari anjumanda “Iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishga innovatsion yondashuvlar” hamda “IT sohasida raqamli transformatsiya: Oʻzbekistonda muqaddas va tarixiy qadamjolarni raqamlashtirish” mavzularida ma’ruza oʻqishdi.

Batafsil
Islom – ma’rifat dini
Yangiliklar

Islom – ma’rifat dini

Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Jaholatga qarshi ma’rifat’ tadbirlari doirasida “Islom – ma’rifat dini” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Davra suhbatida so‘z olganlar tomonidan yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqatilishiga yo'l qo‘ymaslik, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.Yakunda “Tinchlik qadri” hujjatli videofilmi namoyish etildi.

Batafsil
Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish dolzarb vazifa
Yangiliklar

Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish dolzarb vazifa

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahridagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari uchun “Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.Bugun mazkur o‘quvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un G‘afurov “Bugungi kunda kibermakondagi diniy kontentning mazmuni: mo‘tadillik va mutaassiblik chegarasi” mavzusida ma’ruza qildi.Ushbu dars O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joylarda mahalla faollari bilan tashkil etayotgan uchrashuvlarida mahallalarda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad, yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning mahallalardag

Batafsil
Dinshunoslikning dolzarb muammolari muhokama qilindi
Yangiliklar

Dinshunoslikning dolzarb muammolari muhokama qilindi

Dinlararo bagʻrikenglik gʻoyasi xilma-xil eʼtiqodli kishilarning bir zaminda olijanob niyatlar yoʻlida hamkor va hamjihat boʻlib yashashini anglatadi. Yurtimizda dinlararo bag‘rikenglik ustuvor masala sifatida qaraladi. Bosh qomusimizda ham mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillari millati, tili, eʼtiqodi, ijtimoiy holatidan qatʼiy nazar Oʻzbekiston xalqini tashkil qilishi va ularning huquq va manfaatlari, shuningdek, eʼtiqod erkinligi mustahkamlangan.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida har yili an’anaviy tarzda “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida an’anaviy respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.Bugun ham “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan 16-marotaba mazkur konferensiya tashkil qilindi. Anjuman respublikamiz ta’lim muassasalarida dinshunoslikka oid fanlarni o‘qitishni yanada takomillashtirish h

Batafsil
Akademiya professori xalqaro tadbirda ilmiy maslahatchi sifatida qatnashmoqda
Yangiliklar

Akademiya professori xalqaro tadbirda ilmiy maslahatchi sifatida qatnashmoqda

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida “Tojikistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari” doirasida “Tojikistonda oʻzbek kinosi kunlari” boʻlib oʻtmoqda. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston va Tojikiston kinematograflari hamkorligida suratga olinishi rejalashtirilgan “Jomiy va Navoiy” badiiy filmi ssenariysi matni Tojikiston va Oʻzbekiston mutaxassislari tomonidan muhokama qilinmoqda. Muhokamada “Jomiy va Navoiy” badiiy filmi ssenariysi ilmiy maslahatchilari qatorida oʻzbekistonlik navoiyshunos olimlar ham mavjud. Ular qatorida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov ham ishtirok etmoqda.

Batafsil
Taʼlimda uzviylikni taʼminlash – bugungi kun talabi
Yangiliklar

Taʼlimda uzviylikni taʼminlash – bugungi kun talabi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Rektor soati” doirasida rektor Uyg‘un Gʻafurov, soha prorektorlari va Akademik litsey oʻqituvchi va xodimlari oʻrtasida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasida ayni paytda taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, diniy-maʼrifiy soha yangiliklari, taʼlim uzviyligini taʼminlash maqsadida qabul qilinayotgan meʼyoriy huquqiy hujjatlar muhokamasi bilan birga Akademik litseydagi qabul yoʻnalishlari, taʼlim jarayoni, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ham soʻz yuritildi. Rektor U.Gʻafurov Akademik litseyda taʼlim sifatini yanada oshirish masalasida fikr yuritib, Akademiya professor-oʻqituvchilarining oʻrindoshlik asosida akademik litseyga jalb qilinganlik darajasi bilan qiziqdi. Ayni paytda 10 nafar professor oʻqituvchi Akademik litseyda oʻrindoshlik asosida taʼlim berayo

Batafsil
Amir Temur – buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan homiysi
Yangiliklar

Amir Temur – buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan homiysi

Umumbashariyat tarixida mislsiz ahamiyatga ega boʻlgan buyuk Sohibqiron Amir Temur siymosida xalqimizning kuch-qudrati, adolatparvarligi, bunyodkorligi mujassam. Zero, Amir Temur o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.Ma’lumki, har yili Amir Temur tavallud topgan sana yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. Bu yil ham yurtimiz bo‘ylab ulug‘ sarkarda tavalludining 688 yilligi tadbirlari katta xursandchilik bilan o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur sana munosabati bilan “Amir Temur – buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan homiysi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi Xurshid Fayziyev, O‘zbek milliy akademik drama teatri di

Batafsil
Xorijiy tillarni oʻqitish uslublarida O‘zbekiston va Qozog‘iston tajribasi
Yangiliklar

Xorijiy tillarni oʻqitish uslublarida O‘zbekiston va Qozog‘iston tajribasi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi hamda Qozog‘istonning Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk xalqaro universiteti professor-oʻqituvchilari hamkorligida “Xorijiy tillarni oʻqitish uslublari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar “Chet tili darslarida asosiy kompetensiyalarni shakllantirish”, ‘Interfaol ta’lim usullari” hamda “STEM metodi” kabi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qildilar.Seminar davomida ishtirokchilar interfaol metodlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirdilar.

Batafsil
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengash hamda Milliy madaniy markazlar Respublika jamoatchilik kengashining xalqimizga MUROJAATI
Yangiliklar

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengash hamda Milliy madaniy markazlar Respublika jamoatchilik kengashining xalqimizga MUROJAATI

Oʻzbekiston azaldan irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va eʼtiqodidan qatʼi nazar, barcha insonlar uchun muqaddas zamin, Vatan boʻlib kelgan.Yurtimiz fuqarolari eʼtiqod qiladigan barcha dinlarda tabiatni muhofaza qilish ibodat darajasiga koʻtarilgani eʼtiborga molik. Xususan, muqaddas Qurʼoni karimda shunday marhamat qilinadi: “U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qoʻydi”. Alloh taolo ushbu oyati karimada yer va uni oʻrab turgan tabiatni asrab-avaylashga, undan oqilona foydalanishga buyuradi.Shuningdek, xristianlikning muqaddas manbasi Bibliyada inson ilohiy ijodning guli va boshqa mavjudotlar uchun javobgar ekani taʼkidlansa, yahudiylik taʼlimotidagi “yoʻq qilinmaslik” tamoyili tabiat va tirik mavjudotlarga nisbatan shafqatsizlik, xususan, mevali daraxtlarni kesishni taqiqlaydi.Buddist axloq kodeksida “odamlarga va boshqa mavjudotlarga zarar bermasl

Batafsil
Ko'rinish