O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

“Bahorgi psixologik maktab“ mashg‘ulotlari davom etdi
Yangiliklar

“Bahorgi psixologik maktab“ mashg‘ulotlari davom etdi

Bugun M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent filialida “Bahorgi psixologik maktab“ mashgʻulotlari “Diniy psixologik tafakkur va zamonaviy psixologiya: ikki tomonlama muloqot imkoniyatlari” mavzusidagi davra suhbati bilan davom etdi. Mazkur tadbirda psixologiya fanlari doktori, professor Tohir Bozorov, Rossiya taʼlim akademiyasi muxbir aʼzosi, professor Boris Bratus, Moskva davlat psixologiya va pedagogika universiteti dotsenti, Rossiya musulmonlarga psixologik yordam koʻrsatish assotsiatsiyasi rahbari Olga Pavlova, Rossiya pravoslav universiteti dotsenti Natalya Inina, Rossiya musulmonlarga psixologik yordam koʻrsatish assotsiatsiyasi Boshqirdiston boʻlimi rahbari Filyus Yaxin, Tatariston fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Ravil Adigamov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonid

Batafsil
Talabalar dardman bolajonlarga mehr ulashdilar
Yangiliklar

Talabalar dardman bolajonlarga mehr ulashdilar

Ma’lumki, muqaddas dinimiz islom dinida mo‘min insonning eng ulug‘ fazilatlaridan biri xayr-saxovat ekani qayd etiladi. Zero, xayr va saxovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajr-u savobga sazovor etadi.Ayniqsa, inson qadri ulugʻlanayotgan yangi Oʻzbekistonda, oylarning sultoni – Muborak Ramazon oyida muhtoj, imkoniyati cheklangan, xasta, murgʻak bolajonlarning qalbiga oz boʻlsada, quvonch ulashish, ota-onalariga dalda boʻlish xalqimizning eng yuksak qadriyatlaridan hisoblanadi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva hamda fakultet talabalari Respublika Onkologiya markazida davolanayotgan bolajonlar holidan xabar oldilar.Tashrif davomida bolajonlarga o‘yinchoqlar, kiyim-kechaklar, taglik, gigiyena vositalari, shirinlik va mevalar topshirildi.Akademiya rektori bolajonlarga Allohdan

Batafsil
Akademiya talabalari Oliy Majlis Senati faoliyati bilan tanishdilar
Yangiliklar

Akademiya talabalari Oliy Majlis Senati faoliyati bilan tanishdilar

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “Xalqaro munosabatlar taʼlim yoʻnalishi” talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida sayyor mashgʻulot tashkil etildi.Mazkur sayyor dars “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Xalqaro munosabatlarda parlamentlararo muloqot” mavzusida o‘tkazildi. Sayyor darsda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida oʻtkazilgan sayyor mashgʻulotda Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Alimov va senator Anvar Tuychiyev tomonidan talabalarga Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarning parlamentlari oʻrtasidagi aloqalar, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlari rivoji, xorijiy investitsiyalar, xalqaro tranzit muammolari, Oʻzbekiston ta

Batafsil
“Bahorgi psixologik maktab” mashgʻulotlari davom etdi
Yangiliklar

“Bahorgi psixologik maktab” mashgʻulotlari davom etdi

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida “Bahorgi psixologik maktab” mashgʻulotlari bo‘lib o‘tgan edi.Bugungi o‘quvlar esa M.V.Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filialida boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.“Psixologik amaliyotlarning ko‘p modaliligi: haqiqat va istiqbollar” mavzusidagi tadbir doirasida MDUning yetakchi psixolog mutaxassislari hamda oliy taʼlim tizimidan tashqarida oʻz faoliyatini olib borayotgan va koʻplab ijobiy natijalarga erishgan tajribali amaliyotchi psixologlar tomonidan maxorat darslari va psixologik treninglar olib

Batafsil
Maxtumquli ijodi – o‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi timsoli
Yangiliklar

Maxtumquli ijodi – o‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi timsoli

Turkman xalqining ulug‘ farzandi Maxtumquli Firog‘iy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o‘rin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir. Ulug‘ shoir nafaqat turkman, balki o‘zbek xalqining ham sevimli ijodkori hisoblanadi. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19-fevral kuni “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.Unga ko‘ra, yurtimiz bo‘ylab shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilishi belgilandi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Maxtumquli ijodi – o‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbi

Batafsil
Sharq madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash usullari
Yangiliklar

Sharq madaniyati tarixini o‘rganish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash usullari

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilmiy tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha “Master class – mahorat darsi” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Mazkur davra suhbatlarida ilm yo‘lida sharafli mehnat qilayotgan, o‘z sohasining yetuk bilimdonlari Akademiya tadqiqotchilari, doktorantlar va magistrlar uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashmoqda.Bugun Akademiyada ana shunday tadbirlardan biri Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, filologiya fanlari nomzodi, professor Gulchehra Rixsiyeva ishtirokida tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, “Islom tarixi va manb

Batafsil
Qozog‘istonlik o‘qituvchi va talabalarga O‘zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati namoyish etildi
Yangiliklar

Qozog‘istonlik o‘qituvchi va talabalarga O‘zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati namoyish etildi

Rasmiy tadbirlardan so‘ng mehmonlar uchun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan ziyoratgohlar – Shayxontohur, Toʻlabiy va Yunusxon yodgorligi, “Qo‘lyozmalar fondi” hamda Akademiya axborot resurs-markaziga ekskursiya uyushtirildi. To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri. Yirik arbob, Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Jeti Jarg‘i” (“Yetti nizom”) qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan. Mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud. Ustoz-shogird tutingan Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiyning yonma-yon joylashgan bu maqbaralari o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan birga yashagani, qardosh-u hamfikr bo‘lganining yana bir dalolatidir.Ekskursiya davomida shu haqida so‘z yuritildi. So‘zga chiqqanlar qardos

Batafsil
Akademiyada Rossiya, Qozogʻiston OTMlari bilan hamkorlikda “Bahorgi psixologik maktab” tashkil etildi
Yangiliklar

Akademiyada Rossiya, Qozogʻiston OTMlari bilan hamkorlikda “Bahorgi psixologik maktab” tashkil etildi

Keyingi yillarda yangi O‘zbekistonda yoshlarga o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. Bu, ayniqsa, ta’lim va tadqiqot sohalarida yaqqol namoyon bo‘lyapti. Prezidentimiz tomonidan joriy yilning “Yoshlar va biznezni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ham yoshlarga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir. Quvonarlisi, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, huquq va manfaatlarini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotir. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham ta’lim va ilmiy tadqiqotlar ilg‘or xalqaro standartlarga faol integratsiyalashib bormoqda. Ayni paytda turli xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi va bu jarayon davom etmoqda. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda Xoja

Batafsil
Bahorgi psixologik maktab
Yangiliklar

Bahorgi psixologik maktab

Hurmatli talabalar! Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi Sizni xalqaro hamkorlik doirasida "Bahorgi psixologik maktab" mashgʻulotlariga taklif etadi.Unda Siz psixologiya va din psixologiyasi boʻyicha yetakchi mutaxassislarning mahorat darslari hamda psixologik treninglardan bahramand boʻlasiz. Bu esa Sizga boʻlajak psixolog sifatida oʻz bilim, koʻnikma va malakalaringizni yanada rivojlantirishga, psixologik kompetentlikni oshirishga qulay zamin yaratadi.Shuningdek, Siz ushbu mashgʻulotlar davomida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda Qozogʻiston Respublikasi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universiteti talabalari bilan uchrashib, psixologiya sohasidagi bilim va tajribalaringizni boyitasiz.Bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Sizni faol boʻlishga chaqiramiz.

Batafsil
“Soʻzda sehr bor, sheʼrda hikmat”
Yangiliklar

“Soʻzda sehr bor, sheʼrda hikmat”

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida taniqli dublyaj aktyori Abdujabbor Fayziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekan o‘rinbosari Otabek Rasulov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Uchrashuvda Akademiya rektori bugungi kunda notiqlik mahorati barcha uchun kerakligini qayd etar ekan, mazkur soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar, mahorat darslari talabalar uchun foydali bo‘lishini qayd etdi.Samimiy muloqot davomida Abdujabbor Fayziyev so‘z olar ekan, o‘zbek dublyaj maktabi tarixi, bugungi kundagi dublyaj jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Talabalarga nutq mahorati, ovoz ishlatish ko‘nikmasi bo‘yicha tavsiyalarini ulashdi.Abdujabboy Fayziyev ayni paytga qadar ko‘plab xorijiy film va seriallar, multfilmlarga ovoz bergan. Jumladan

Batafsil
Jaholatga qarshi ma’rifat bosh mezon bo‘lishi kerak
Yangiliklar

Jaholatga qarshi ma’rifat bosh mezon bo‘lishi kerak

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘lda esa davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori bugun har birimizning bosh mezoniga aylanishi shart. Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida guruh sardorlari va faol talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov ishtirok etdilar.Muloqotni Akademiya rektori kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, so‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etis

Batafsil
Ulamolar islom ummatini tinchlik, birdamlik va hamjihatlikka chaqirdi!
Yangiliklar

Ulamolar islom ummatini tinchlik, birdamlik va hamjihatlikka chaqirdi!

Butun dunyoda, xususan, islom olamida tinchlikni oʻrnatish, musulmonlar ehtiyojini taʼminlash va ummat birligini mustahkamlash yoʻlida islomiy tashkilotlar faoliyat olib boradi. Mana shunday nufuzli muassasalardan biri Musulmon donishmandlar kengashi hisoblanadi.Xabar berib kelayotganimizdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengash aʼzosi sifatida faol qatnashib kelmoqdalar. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda mazkur Kengash aʼzolarining dunyodagi voqea-hodisalarga munosabatlari eʼlon qilindi. Jumladan, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari, Shayx Ahmad Toyyib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Malayziya Vaqf ishlari vaziri doktor Zulkifl bin Muhammad al-Bakriy, Islom fiqhi akademiyasi aʼzosi Doktor Ahmad Abdulaziz Haddod va Livan davlati ulamosi Shayx Sayyid Ali al-Amin

Batafsil
Ko'rinish