Ilmiy-amaliy anjumanda Akademiya vakillari qatnashdi
O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universitetida “Zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar yoshlar nigohida” mavzusida I respublika talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov tadbir doirasidagi sho‘ba yig‘ilishiga moderator, talabalar esa ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar.Ushbu tadbir “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar asosida yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish hamda innovatsion va izlanuvchilik qobiliyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Konferensiya ishida huquqshunoslik, i
Batafsil
Akademiya rektori “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotida talabalar bilan uchrashdi
Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Barkamol avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash natijasida oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda. Zero, yoshlar Vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlari hisoblanadi.Ayniqsa, joriy yil davlatimiz rahbari tomonidan “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”, deb eʼlon qilinganining zamirida ham ana shu maqsad va muddaolar mujassam.Shu bois, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.Bugun ana shunday muloqotlardan biri Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akad
Batafsil
27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Akademiya talabalar teatr studiyasi a’zolariga REKTOR TABRIGI
QUTLOV1962-yildan beri 27-mart dunyo miqyosida teatr san’ati xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlanib kelmoqda. Zero, teatr – hayot ko‘zgusi. Unda jamiyat hayotining past-u balandi, odamlarning orzu-armonlari, iztiroblari, ruhiyati va kayfiyati, intilishlari, turfa fe’l-atvori o‘zining yorqin ifodasini topgani bilan ahamiyatlidir. Ulug‘ mutafakkirlarimizdan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr bu ibratxonadir” degan purma’no so‘zlarida ham bir olam ma’no-mazmun mujassam. Keyingi yillarda mamlakatimizda ijodkor ziyolilarga qaratilayotgan e’tibor teatr san’atida ham o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Soha rivoji yo‘lida farmon va qarorlar qabul qilindi.Shu bilan bir qatorda yurtimizda talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyish etishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida Talabalar teatr
Batafsil
Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!
Ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat va muruvvat, bunyodkorlik va olijanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z timsolida asrlar davomida ulug‘lanib, sayqal topib kelmoqda.Zero, Navro‘zi olam – bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi sanaladi. Xalqimizning ko‘p asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan ushbu qutlug‘ ayyom mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elatlarga mansub barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga aylandi.Ayniqsa, bugun, dunyoda murakkab vaziyat hukm surayotgan hozirgi tahlikali davrda Navro‘zning buyuk insonparvarlik mohiyati, o‘lmas g‘oyalari, odamzotni tinchlik va do‘stlikni qadrlab, o‘zaro ahillik va hamjihatlikda yashashga, hayotni yanada go‘zal va obod qilishga undaydigan bunyodkorlik ruhi va falsafasi yer yuzida
Batafsil
Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Mazkur musobaqani tashkil etishdan asosiy koʻzlangan maqsad bugungi kunda ayrim mutaassib shaxslar, radikal toifalar tomonidan islom tarixidagi ayrim voqeliklar notoʻgʻri talqin etilib, odamlarni chalgʻitayotganlarga munosib javob berish, ayni vaqtda bu tushunchalar talabalar tomonidan ilmiy-akademik taʼlim shaklida, ishonchli manbalar asosida oʻrganishlari, Din ishlari qoʻmitasi dinshunoslik ekspertizasidan oʻtgan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etildi.Tanlov nihoyasida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
BatafsilTalabalar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan belgilangan dam olish kunlarini samarali va mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 50 nafar xorijiy va faol talabalari uchun Samarqand shahriga ziyorat turizmi amalga oshirildi. Sayohat davomida talabalar “Sayqali ro‘yi zamin” deb atalmish shaharda joylashgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyolbiy majmuasi, Shohizinda me’moriy kompleksi, Go‘ri Amir maqbarasi, afsonaviy Registon maydoni hamda Bibixonim madrasasini zoyarat qildilar. Mazkur sayohat talabalarning, ayniqsa, xorijiy talabalarning O’zbekistonning boy tarixiy-ma’naviy merosi yuzasidan bilim va ko‘nikmalari oshishiga hamda dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishga xizmat qilgani shubhasiz.
Batafsil
Yangi O‘zbekistonda inson qadri ustuvor
Ayni paytda yurtimizda Navroʻz umumxalq bayrami hamda muborak Ramazon oyi shukuhi kezmoqda. Bayram kunlarida keksalar holidan xabar olish, ustozlarga ehtirom koʻrsatish azaliy qadriyatlarimizdan biri sanaladi. Shu munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari uzoq yillar davomida Akademiyada faoliyat olib borgan, yoshlarga bilim sirlarini o‘rgatgan bir guruh ustozlarni ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladilar.Jumladan, Akademiyaning “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi oʻqituvchilari tarix fanlari doktori, professor Ahadjon Hasanovning uylariga tashrif buyurib, dildan suhbat qurdilar.Shuningdek, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasining asoschilaridan biri, ilk bor “Din psixologiyasi”, “Tasavvuf psixologiya” fanlarini oʻquv jarayoniga kiritgan, qadrli va jonkuyar ustoz, oʻz sohasining haqiqiy fidoyisi Moʻminxon Mamatovn
Batafsil
Yo‘l bo‘shat zamona! Yo‘l bo‘shat, jahon! – o‘zbek kelayotir...
Bugungi globallashuv davrida turli geosiyosiy ziddiyatlar, qurolli toʻqnashuvlar, davlatlararo nizolar koʻpayishi barobarida axborot xurujlari ham keng tus olyapti. Shunday ekan, unga qarshi milliy axborot immunitetini shakllantirish, axborot maydonida raqobatbardosh milliy kontent yaratish masalasi dolzarb boʻlib bormoqda.Davlatimiz rahbari oʻtgan yil 22-dekabrda oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yigʻilishi hamda joriy yil 12-yanvardagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida bu masalaga alohida eʼtibor qaratib, zamonaviy tahdidlarga qarshi munosib kurash olib borish uchun, avvalo, axborot makonida milliy kontent yaratish zarurati, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlar nuqtayi nazaridan baho berish lozimligi, aks holda, tashqaridan turli axborot xurujlari kirib kelishiga imkon yaratib qoʻyilishi, yangilik va axborotga ehtiyojlarning boshqalar tomoni
Batafsil
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) bilan memorandum imzolandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi delegatsiyaning MDISga tashrifi davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.Unda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, MDIS direktori Ilhom Mamatqulov hamda institut vakillari ishtirok etdilar. Samimiy suhbat chog‘ida Uyg‘un G‘afurov instititut bosh direktori Ilhom Mamatqulov va institut jamoasini muborak Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxa
Batafsil
O‘zXIA va MDIS: xalqaro tajriba asosida milliy ta’lim metodikasi yaratiladi
Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (MDIS) bo‘ldilar.Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulovdan iborat Akademiya vakillari tashrif avvalida institutning “Moliya”, “Turizm” va “Moda” laboratoriyalari, Axborot-resurs markazida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. “Ta’lim – fan – ishlab chiqarish” zanjiri kadrlar tayyorlashda muhim hisoblanadi. Bu mezon Akademiya vakillari tomonidan MDISda yuqori darajada tashkil etilgani e’tirof etildi.O‘zbekiston xalqaro islom
Batafsil
Akademik va talabalar uchrashuvi
Termiz davlat universitetida “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, ensiklopedik olim Nurislom Tuxliyev ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Samimiy muloqot davomida olim o‘zining hayoti, erishgan yutuqlari, bu yo‘lda chekkan turli qiyinchilik va sinovlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida ma’lumot berar ekan, muassasada xassos soha boʻlgan muqaddas islom dinini ilmiy nuqtayi nazardan fundamental tadqiq etgan holda, ulugʻ allomalarimiz maʼnaviy merosini qayta kashf etish orqali dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qoʻshadigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlanayotganini e’tirof etdi.Talabalarga ko‘proq bilim olishga, vatanparvar bo‘lishga, yurtini, xalqini eʼzozlashga daʼvat etd
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Iqtisodiyot fakulteti Xalqaro iqtisodiy aloqalar kafedrasi bilan hamkorlikda “Dunyo davlatlarining milliy manfaatlari va tashqi iqtisodiy xavfsizligi” ilmiy maktabi doirasida jahon iqtisodiyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi an’anaviy xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.Seminarda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarussiyadan 15 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan 30 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdilar.Seminar “O‘zbekistonning postsovet mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining asosiy yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Batafsil