Har bir inson mehr va e’tiborda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Guruh a’zolari Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, kapitan Muxriddin Xikmatov boshchiligida Shayxontohur tumanining “O‘rda” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi S.Nurliyevning xonadonida bo‘ldilar.Xayr va saxovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajr-u savobga sazovor etadi. Ayniqsa, muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ushbu fazilatli oyda ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz istiqomat qiluvchi insonning holidan xabar olinishi yanada ahamiyatlidir.Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, mehr va e’tiborga muhtoj keksa insonning holidan xabar olish, uning ko‘nglini ko‘tarishdan ibo
Batafsil
Hashar – hamjihatlik va qut-baraka asosi
Avval xabar berganimizdek, yurtimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir bugun 17-mart sanasida ham O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi tomonidan ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan davom etdi. Umumxalq xayriya hasharida Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari faol ishtirok etdilar. Ular oliy ta’lim muassasasi hududida keng obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar. Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi vakillari
Batafsil
Hashar – elga yarashar
Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish, farovon turmush barpo etishga intilish mujassam. Borliq uyg‘onib, bahor fasli kirib kelganida joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.Yurtimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Umumxalq xayriya hasharida Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari faol ishtir
Batafsil
Akademiya talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, davlat organlari rahbarlari va yoshlarning toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqotini yoʻlga qoʻyish maqsadida deputatlar, rahbarlar, tadbirkorlarning yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda. Shu maqsadda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” yoʻnalishi 3-bosqich talabalari ishtirok etdilar.Uchrashuvda talaba yoshlarga quyi palata, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda qoʻmitalar ish faoliyati, qonunlarni qabul qilish jarayoni haqida soʻzlab berildi. Xususan, qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularni dastlabki tarzda koʻrib chiqish, birinchi va ikkinchi oʻqishga tayyorlash, yalpi majli
Batafsil
Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom kelajak asosi
Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekani bugun barchaga ayon haqiqat. Zero, har bir kishi sog‘lig‘i haqida, eng avvalo, o‘zi qayg‘urishi kerak. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom kelajak asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Mazkur tadbirda “ZAYTUN MED-TIB” MCHJ rahbari, kardiolog shifokor Alijon Sattorov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Tadbirni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, salomatlik inson uchun muhim ne’mat ekani, ammo bunga har doim ham amal qilavermasligimizni qayd etdi. Bu borada bu kabi tadbirlarda soha mutaxassislari tomonidan o‘qituvchi-xodimlar, talabal
Batafsil
Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash – ustuvor vazifa
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur darslarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.Bugun belgilangan o‘quv rejasiga muvofiq, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov tinglovchilarga ma’ruza qildi.Mazkur dars “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muhofaza qilishdagi dolzarb vazifalar” mavzusiga bag‘ishlandi. Ma’ruzada bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilayotgan turli mutaassib fikrlar, ekstremizmga undovchi chaqiriqlardan ogoh bo‘lish, internetdan foydalanis
Batafsil
“Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti davom etmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham rahbariyat va talabalar o‘rtasida muntazam tarzda muloqotlar o‘tkazib kelinib, mazkur uchrashuvlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda yechimini kutayotgan masalalar ham tilga olinadi.Ana shunday muloqotlardan biri Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, O‘quv bo‘limi boshlig‘i Sobirjon Qutbiddinov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ilhom Berdiyorov, fakultet dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Muloqotda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda o‘qib, ilm olaman degan yoshlar uchun barcha zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgani, ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa yuqori natijala
BatafsilAkademiyada “Notiqlik san’ati” mavzusida trening tashkil etildi
Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, so‘z va nutqdan foydalanish, uning imkoniyatlari doirasida fikr yetkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Zero, taraqqiyot, insonlar dunyoqarashi jadal rivojlangan va yuksak rivojlangan texnologiyalar davrida notiqlikning o‘rni beqiyos. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida jurnalist, teleradioboshlovchi, “AUDIONOMA” loyihasi asoschisi va Teleradioboshlovchilarni tayyorlash maktabi rahbari Najot Nur bilan “Notiqlik san’ati” mavzusida trening tashkil etildi.Tadbirda Akademiya prorektorlari, xodimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.Treningni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, bugungi globallashuv davrida jaholatga qarshi chuqur bilim va ma’rifat bilan javob bera olish, voizlik mahorati orqali fikr yetkazish sanʼatini egallashni d
Batafsil
Oliy ta’limni raqamlashtirish – ustuvor vazifa
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida axborot xavfsizligini ta’minlash va ichki hujjatlar almashinuvi uchun ishlab chiqilgan file.iiau.uz hamda bitiruvchilar ma’lumot bazasini shakllantirish, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatishga xizmat qilishi rejalashtirilgan alumni.iiau.uz platformalarining taqdimoti o‘tkazildi.Ma’lumki, raqamlashtirish ta’lim va boshqaruv uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilish, o‘zaro hamkorlik va muloqot qilishni osonlashtiradi.Yig‘ilishda mas’ullar so‘zga chiqib, platformalar haqida ma’lumot berdilar.
Batafsil
Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 72 soatlik o‘quvlarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning O‘zbekistonda davlar va din munosabatlari, din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili va unda O‘zbekistonning pozitsiyasi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash, ularning oila a’zolarini turli radikal g‘oyalar ta
Batafsil
Tengdosh – tengdoshga
El-yurt saodati, ilm-maʼrifati, yosh avlod kamoloti uchun butun umrini bagʻishlagan maʼrifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish avlodlar zimmasidagi burchdir.Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida buyuk maʼrifatparvar adib, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiyning hayot va ijod yo‘liga bag‘ishlangan dars mashg‘uloti o‘tkazildi.Mazkur dars Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlari fakulteti “Turizm (Ziyorat turizmi)” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Shahlo Maqsudova tomonidan “Din psixologiyasi” yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etildi. “Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi” mavzusidagi mashg‘ulotda ma’ruzachi jadid bobolarimizning milliy o‘zlikni anglash, hurriyat yo‘lida jon fido etgan bobolarimiz xotirasiga ko‘rsatilgan cheksiz hurmatning amaldagi isboti ekanini ta’kidladi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoy
BatafsilMutaassib shaxs psixologiyasi: muammolar va yechimlar
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning dunyoqarashini yanada kengaytirish, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, yangi O‘zbekistonda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida siyosiy bilimlarni oshirish darslari tashkil etilmoqda.Bugun ham “Mutaassib shaxs psixologiyasi: muammolar va yechimlar” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi dars soati bo‘lib o‘tdi.Dars avvalida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mazkur mavzuning bugungi kunda ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Unda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Amaliy psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Lutfulla Tursunov hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti, psixologiya fan
Batafsil