“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan REKTOR TABRIGI
Assalom-u alaykum, hurmatli hamkasblar! Qadrli va munis opa-singillar, aziz talaba-qizlarimiz!Avvalo, barchangizni, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan goʻzallik va nafosat ayyomi “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizga oʻzimning eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirib, el-yurtimiz ardogʻida boʻlish baxti, oilaviy saodat hamrohingiz boʻlishini tilayman.Darhaqiqat, ayol oilada – ona, suyukli yor, uy bekasi boʻlsa, jamiyatda – muallima, olima, rahbar kabi vazifalarda faoliyat olib borayotgan nozik, ayni paytda matonatli xilqatdir. Ayolning mehri ummondek ulugʻ, uning sarhadlari koʻrinmaydi. Onaning oʻz oilasi, yaqinlari, farzandlariga koʻrsatadigan mehri ortsa ortadiki, aslo kamaymaydi. Mana shu mehr uning atrofidagi insonlarga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Bu ayolga Yaratgandan inʼom etilgan bir moʻjiza desak ya
Batafsil
Internetda radikalizm va ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Xaydarov, Islomshunoslik fakulteti tyutorlari Umidjon Xodjayev va Yoqubjon Bazarov tomonidan “Islomshunoslik” yoʻnalishi 3- bosqich talabalari ishtirokida “Internetda radikalizm va ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.Axborot va murabbiylik soati doirasida tashkil etilgan suhbat davomida talabalarga ijtimoiy tarmoqlarda har qanday maʼlumotlarni manbasiga ahamiyat berish va diniy mazmundagi maʼlumotlarni faqat rasmiy saytlar orqali olish boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.Tadbir davomida Mirodil Xaydarov tomonidan talabalarni oʻquv va ilmiy faoliyatni uygʻun holda olib borish, kurs ishi mavzusini kelajakda BMI mavzusida davom ettirishni reja qilib tanlashga chaqirdi.
Batafsil
Sport – salomatlik manbai
Bugun Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyida sportning dzyudo turi boʻyicha "Barkamol avlod-2023" sport musobaqalari oʻtkazildi.Musobaqada Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyi oʻquvchisi Rustamova Muxlisa ishtirok etib faxrli 1-oʻrinni egalladi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.Oʻquvchimizga Buxoro shahrida oʻtkaziladigan final oʻyinlarida omad tilaymiz.
BatafsilMehr va fidoyilik timsoli – muqaddas ayol
Yaratganning buyuk moʻjizasi boʻlgan ayol zotini eʼzozlagan yurtda farovonlik hukm suradi. Mamlakatimizda ularga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hammamizga maʼlumki, ayol – nafosat va goʻzallik timsoli. Uning mehridan qalblar sururga toʻladi. Ayolning jamiyatdagi mavqeyi haqida soʻz ketganda, koʻz oʻngimizda Toʻmaris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiy kabi buyuk siymolarimiz gavdalanadi. Chindan ham ayol millat kelajagi, hayot davomchisi sanaladi. Ayo timsolida mehr-u muhabbat, sadoqat va vafo mujasssam. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘ladi. Ular bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Shuning uchun ham yurtimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor, shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar b
Batafsil
Ilmsiz taraqqiyot, ma’rifatsiz kamolot yo‘q
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatimizda barqaror va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida mutasaddilar tomonidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar tashkil etilyapti.Ana shunday tadbirlarni tashkil etishda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari orasida alohida o‘rin egallaydi. Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlari respublikamiz bo‘ylab targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etadilar.Bugun Akademiyada shu mavzuga bag‘ishlangan navbatdagi muloqot bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari Firdavs Halimov, Imom Moturidiy xalqaro i
Batafsil
Yosh olim va olimalar – Uchinchi Renessans bunyodkorlari
Keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori ilm-fan sohasiga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni oshirish borasida tizimli ishlar bajarilyapti. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchilar safi kengaymoqda. Ilmiy ishlar himoyalarini o‘tkazish esa muntazamlik kasb etayotir. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiyaning yosh tadqiqotchilari o‘zlarining dissertatsiyalarini himoya qildilar.Jumladan, dastlab Umida Sanoqulovaning “Abu Homid Gʻazzoliyning “Mukoshafatu-l-qulub” asari balog‘atining lingvistik asoslari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.Tadqiqotning m
Batafsil
Akademiya dotsenti “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Bu borada davlatimiz rahbarining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.Bugun 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ularning safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi Gulnora G‘ulomova ham bor.“
Batafsil
“Buyuk Devor” stipendiyasiga tanlov eʼlon qilindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, UNESCO va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining 2024/2025-o‘quv yili uchun “Buyuk Devor” stipendiyasiga tanlovi eʼlon qilingan. Ushbu stipendiyalar dasturi doirasida XXR oliy taʼlim muassasalarida bir yillik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Tanlov g‘oliblarining xalqaro aviachipta va Xitoyda o‘qishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari UNESCO va XXR Hukumati tomonidan qoplanadi.Nomzodlar magistr darajasiga ega va 45 yoshdan oshmagan bo‘lishlari, ingliz tilini yuqori darajada bilishlari talab etiladi.Nomzodlar quyidagi hujjatlarni 2 nusxada to‘ldirishlari kerak:maxsus ariza varaqasi onlayn tarzda http://www.csc.edu.cn/studyinchina veb sahifasida to‘ldirilishi lozim (uning 2 nusxasi 3 ta rasm bilan birgalikda taqdim etiladi);diplom (ilovasi bilan birga) yoki sertifikat hamda reyting qaydnomasining tasdiqlangan n
Batafsil
Ustozga ehtirom
Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat, yuksak ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik” fakulteti talabalari Akademiya tarixida o’chmas iz qoldirgan marhum ustozlar – Ubaydulla Uvatov hamda Saidmuxtor Oqilovlarning xonadonlariga tashrif buyurdilar.Marhum ustozlarning oila a’zolari bilan suhbatlar asnosida ularning ilm yo’lida amalga oshirgan ezgu ishlari haqida so’z bordi. Talabalar ularning ruh haqlariga duolar qildilar.
BatafsilRespublikada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda “dunyoviylik – dahriylik emas” tamoyilining ahamiyati
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda “dunyoviylik – dahriylik emas” tamoyilining ahamiyati” mavzusida siyosiy bilimlarni oshirish darsi o‘tkazildi. Mazkur dars Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari dunyoqarashini yanada kengaytirish, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, yangi O‘zbekistonda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.Dars avvalida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, ushbu mavzuning bugungi kunda dolzarbligi hamda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bilim-ko‘nikmalarini yanada oshirish to‘g‘risida ta’kidladi. Shundan so‘ng O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Jahongir Meliqo‘ziyev hamda “X
Batafsil
Inson – aziz, xotira – muqaddas
Keyingi yillarda yurtimizda Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib, aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD G’ayrat Rasulov hamda tyutor Botir Majidov boshchiligida “Islomshunoslik” ta’lim y
Batafsil
Tarix – o‘tmish va kelajak ko‘zgusi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi Gulnoza Axmadjonova boshchiligida Temuriylar tarixi davlat muzeyida sayyor dars tashkil etildi.Mazkur sayyor dars “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun o‘tkazildi.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani “Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi tarixi” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar taqdim qilindi.Seminar-mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Batafsil