Toshkent viloyatida targʻibot tadbirlari davom etmoqda
Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarlari ishtirokida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, tadbirda “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.
Batafsil“VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024” O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davom etdi
Turizm hozirda dunyo rivojlanishini harakatlantiruvchi eng asosiy kuchlardan biri hisoblanadi. Mutaxasislarning fikricha turizm XXI asrning eng daromadli sohasiga aylangan. Shuning uchun ham turizm BMT tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha barqaror rivojlantirish dasturining asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Zamonaviy turizmning yo‘nalishlari orasida “ziyorat turizmi” tushunchasi esa turizm industriyasining eng qadimiy va tarixiy turi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.Ayni paytda yurtimizda Xalqaro gidlar kuniga bag‘ishlangan “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024” davom etmoqda. Forumda 300 dan ortiq xalqaro ishtirokchilar, tajribali gidlar, turizm sohasidagi mutaxassislar, davlat tashkilotlari, fan va ta’lim muassasalari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham ishtirok etmoqda.Forum dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi:
BatafsilTil bilgan – el biladi
UNESCO tashkiloti tomonidan 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb eʼlon qilingan. Mazkur sana 2001-yildan buyon xalqaro miqyosda nishonlanib kelinmoqda.Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning oʻz milliy tafakkuri, maʼnaviyati, ruhiyatining oʻzagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi oʻz aksini topadi. Zero, til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning tarixi, madaniyati, turmush tarzi, urf-odatini aks ettiruvchi koʻzgu ham hisoblanadi.Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan “Til bilgan – el biladi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari doktori, “Naqshbandiya” jurnali bosh muharriri, navoi
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024”da ishtirok etdi
Bugun Xalqaro gidlar kuniga bag‘ishlangan “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024” boshlandi. Forumda 300 dan ortiq xalqaro ishtirokchilar, tajribali gidlar, turizm sohasidagi mutaxassislar, davlat tashkilotlari, fan va ta’lim muassasalari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham ishtirok etdi.Tadbirni tashkil etishda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamkor tashkilot sifatida belgilandi.Forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov va Turkiyaning Saljuq universiteti prorektori Emrulla Eken so‘zga
BatafsilO‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Jannat Ismoilova magistr va doktorantlarga ma’ruza qildilar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilmiy tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha “Master class – mahorat darsi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori Jannat Ismoilova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxo‘jayev Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Donoxon Qalandarova, professor-o‘qituvchilar, doktorant va magistrlar ishtirok etdilar.Uchrashuvni Akademiya prorektori Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yosh tadqiqotchilar uchun bu kabi ilmiy tadbirlar foydali bo‘lishini ta’kidladi. Shundan so‘ng “Islom tarixi va manbashunoslig
Batafsil
“Behbudiyni anglash” oʻzlikni anglashdir
Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 90-umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Maʼrifatparvarlar” klubi bilan hamkorlikda “Behbudiyni anglash” deb nomlangan ma’naviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani, “Maʼrifatparvarlar” klubi rahbari, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori Habibullo Sadibaqosev hamda “Ziyo” media markazi direktori, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Mahmudxoʻja Behbudiy” hujjatli filmining ssenariy muallifi Abduhamid Muxtorov ishtirok etdilar.Tadbir mobaynida maktab oʻquvchilari tomonidan sahnalashtirilgan “Padarkush” dramasi va “Mahmudxoʻja Behbudiy” hujjatli filmi namoyish etildi. Oʻquvchilar tomonidan alloma haqida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etilib, jadidlarning milliy oʻzlikni anglash borasida amalga oshirgan ishlari haqida maʼruzal
Batafsil
“Qalqon” guruhining yangi a’zolariga guvohnomalar topshirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilik holatlarining oldini olish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yib kelinmoqda.Bugun “Qalqon” guruhining yangi a’zolariga guvohnomalar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekanlari, Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, kapitan Muxriddin Xikmatov hamda guruh a’zolari ishtirok etdilar.Taqdirlash marosimidan avval Akademiya rektori so‘zga chiqib, “Qalqon” guruhining maqsad-vaz
Batafsil
Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan “Oqqushlar” spektaklining premyerasi namoyish etildi
Yurtimizda talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyish etishi uchun sharoit yaratib berish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oqqushlar” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan taqdim etilgan taqdimotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Akademiya huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, rejissyor Hilol Nasimov, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Asarda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari boʻlgan 7 nafar bolalarning taqdiri yoritib beriladi. Asar davomida bolalarning turfa taqdiri, ota-ona mehrisiz ulg‘ayish, dil kechinmalari hikoya qilinadi. Asar yakunida ushbu bolalar jamiyatning turli sohalarida yetuk mutaxassis sifatida
Batafsil
“Ziyo-zukko” umumta’lim maktabida dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo-zukko” umumta’lim maktabi rahbariyati va o‘qituvchilari ishtirokida korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot suhbati o‘tkazildi.Mazkur tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil etildi.So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari davr talabiga aylanib, mamlakatimiz ichki siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan sohaga oid bir nechta normativ hujjatlar qabul qilindi. Yo‘nalishda amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarni tizimli ravishda olib borish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tashkil etildi. Jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va korrupsiyaga qarshi tizimli kurashish maqsadida Da
Batafsil
“Jaholatga qarshi maʼrifat” targʻibot tadbirlari davom etmoqda
Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhi Jizzax viloyati Jizzax shahri hamda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida targʻibot tadbiri oʻtkazdi.Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar tinglandi.“Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan 50 nomdagi yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.
Batafsil
Akademiyada “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti davom etmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muntazam tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi muloqotlardan biri Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov, fakultet dekani Jahongir Tohirov, Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, kapitan Muxriddin Xikmatov qatnashdilar.Uchrashuvni Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yurtimizda barcha sohalar qatori yoshlarga ham katta e’tibor qaratilayotgani, ularni bilim olish, kasb-hunar egallashlari uchun tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.So‘zga chi
Batafsil
“VII O‘zbekiston Gidlari forumi – 2024”
2024-yilning 21-fevral kuni Toshkent shahrida turizm va ekskursiya faoliyati sohasidagi har yilgi an’anaviy tadbir – “VII O‘zbekiston Gidlari forumi – 2024” bo‘lib o‘tadi “VII O‘zbekiston Gidlari forumi – 2024” Butunjahon gidlar kunini nishonlashga bag‘ishlangan (sana: 21-fevral, vaqti: soat 9:00 dan 13:00 gacha , joyi: “Radisson Blu Hotel Tashkent” mehmonxonasi, manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi 88).Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.Hamkor tashkilotchilar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti. Forum hamkori: “Govorit Tashkent” loyihasi. Forum doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi: 21-fevral kuni “Ekskursiya faoliyati: ta’lim, fan va amaliyot simbiozi” xalqaro ilmiy amaliy konferensiya
Batafsil