O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Dissertatsiya himoyalari to‘g‘risida
Yangiliklar

Dissertatsiya himoyalari to‘g‘risida

2024-yil 5-mart kuni soat 14:00 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli kengash asosidagi Bir martalik kengashmajlisida Sanoqulova Umida Namoz qizining “Abu Homid Gʻazzoliyning “Mukoshafatu-l-qulub” asari balog‘atining lingvistik asoslari” mavzusidagi 24.00.04. – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi.Dissertatsiya avtoreferati bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:https://drive.google.com/file/d/1ZrGGZmoUkfqjPUogs-NI5uR-j12HFwFZ/viewIlmiy rahbar:Rustamiy Salimaxon Aliybeg qizi filologiya fanlari doktori, professor Rasmiy opponentlar:Xodjayeva Ra’no Umarovna filologiya fanlari doktori, professor Astanova Gulnora Aminovna filologiya fanlari do

Batafsil
Akademiya vakillari ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdilar
Yangiliklar

Akademiya vakillari ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdilar

Poytaxtimizdagi “Wyndham” mehmonxonasida “Ipak yo‘li Turkiya universitetlari” ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi.Mazkur tadbirda mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari vakillari va talabalari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Marketing bo‘limi xodimlari hamda bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdilar. Ko‘rgazmada 19 ta xalqaro universitetning vakillari qatnashib, oliy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tadbirda talabalar o‘qishlarini davom ettirishda o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni oldilar.

Batafsil
Doktorantlarning ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Doktorantlarning ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida (oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichida) ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorantlar ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi. Metodologik kun doirasida o‘tkazilgan seminarda Najmiddin Hafizovning “Movarounnahr fiqh ilmida Abu Hafs Nasafiyning “Tilbat at-tolaba” asari o‘rni” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi. Mazkur seminarda tayanch doktorant Najmiddin Hafizov ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va yangiliklar yuzasidan ma’lumot berdi.Taqdimot yakunida ishtirokchilar tomonidan tadqiq qilinayotgan ilmiy ish yuzasidan savollar berilib, ish mazmunini yanada boyituvchi taklif va mulohazalar bildirildi.

Batafsil
Malakaviy hamda pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Yangiliklar

Malakaviy hamda pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun bir oy davomida malakaviy hamda pedagogik amaliyotlari bo‘lib o‘tdi. Amaliyot jarayonini talabalar respublikamizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tab, o‘z bilim, amaliy ko‘nikma va mahoratlarini oshirdilar.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalarining malakaviy hamda pedagogik amaliyoti yakunlariga bag‘ishlangan sarhisob tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati yetakchi mutaxassis psixologi, leytenant Rasulbek Polvonov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.So‘zga chiqqanlar “Psixologiya” yo‘nalishi 2-bosqich (kunduzgi, rus va kechki) guruhlari uchun amal

Batafsil
Dissertatsiya himoyalari to‘g‘risida
Yangiliklar

Dissertatsiya himoyalari to‘g‘risida

2024-yil 29-fevral kuni soat 14:00 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli kengash majlisida Abduvoxidov Abdullo Shukrullo o‘g‘lining “Abu Lays Samarqandiy “Xizanatu-l-fiqh” asarining Movarounnahr fiqhi rivojidagi o‘rni” mavzusidagi 24.00.03. – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘tkaziladi. Ilmiy rahbar:Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘lisiyosiy fanlar doktori (DSc), professorRasmiy opponentlar:Yusupova Nigora Jaloliddinovnayuridik fanlari doktori (DSc), professor Mirzayev Nasriddin Muxritdinovichtarix fanlari falsafa doktori (PhD) Yetakchi tashkilot:Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziDissertatsiya avtoreferati bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

Batafsil
Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yangiliklar

Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugungi kunda global axborot maydonida kiber makon bilan bogʻliq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Shu bois, kiberjinoyatlar, firibgarlarning tuzog‘iga tushishdan aholi, ayniqda, yoshlarni himoya qilish, talabalarda sog‘lom immunitetni shakllantirish zarur.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ehtiyot bo‘ling, internetda firibgarlar!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi

Batafsil
Akademiya Talabalar teatr studiyasi tomonidan “Bobur” spektakli namoyish etildi
Yangiliklar

Akademiya Talabalar teatr studiyasi tomonidan “Bobur” spektakli namoyish etildi

Oriental universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar“ asari asosida tayyorlangan “Bobur” nomli spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi.Mazkur spektakl O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar teatr studiyasi hamda Oriental universiteti Talabalar teatr studiyasi hamkorligida tomoshabinlarga havola etildi.Spektaklda hazratning bolalik chog‘ida taxtga o‘tirishi, davlat boshqaruvi, jang-u jadallari, iztirobli onlari, Vatan sog‘inchi kabi damlari aks etgan. Asar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, spektakl ijodkorlari Oriental universiteti rahbariyati tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Imom-xatiblar uchun davra suhbati tashkil etildi
Yangiliklar

Imom-xatiblar uchun davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari hamda imom-xatib va noib-tinglovchilari uchun “Globallashuv jarayonida islomning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Unda Namangan viloyat hokimining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Xatamov ma’ruza qildi.Mazkur tadbirda tinglovchilarga dunyo musulmon mamlakatlarida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va uning atrofida bildirilayotgan munosabatlar haqida tushunchalar berildi. Diniy soha xodimlarining jamiyatdagi ijtimoiy hayotidagi masalalarni hal etishdagi roli va mas’uliyati haqida alohida ta’kidlandi.Suhbat yakunida tinglovchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Batafsil
Kitob – ilm va hikmat manbai
Yangiliklar

Kitob – ilm va hikmat manbai

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davlat va madaniyat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Kitoblar ko‘rgazmasi” o‘tkazildi. Mazkur ko‘rgazma talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.Ko‘rgazmada yuzdan ortiq mahalliy va jahon adabiyoti namoyandalarining asarlari taqdim etildi. Tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi talabalarda o‘zgacha taassurot uyg‘otib, ilm va kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada ziyoda bo’lishiga sabab bo‘ldi.

Batafsil
Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot
Yangiliklar

Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot

Zahiriddin Muhammad Bobur – betakror shoir, zakovatli olim, yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda. Asrlar osha dunyoni hayratga solib kelayotgan alloma ana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan.Ayni paytda yurtimizda o‘rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyandasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICА” kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori o‘rinbosari Otabek Jo‘raboyev, Akademiya professor-o‘qituvchilari, adabiyot

Batafsil
Akademiya mas’ullari tomonidan talabalarning malakaviy amaliyoti o‘rganildi
Yangiliklar

Akademiya mas’ullari tomonidan talabalarning malakaviy amaliyoti o‘rganildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova talabalarning malakaviy amaliyot joyiga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs (rus, o‘zbek va kechki) va 3-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti o‘rganildi.O‘rganish davomida har bir amaliyot maskanlarida malakaviy amaliyot to‘g‘ri tashkil etilgani, talabalar davomati qoniqarli ekani, amaliyot joylaridan talabalarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar tomonidan ijobiy fikrlar bildirildi.Akademiya rektori buyrug‘i asosidagi taqsimot bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Probatsiya xizmati Yunusobod tumani bo‘linmasida (5 nafar talabа), “Insight” amaliy psixologiya markazi (13 nafar talabа), “Yangi asr” nodavlat umumta’lim maktabida (17 na

Batafsil
Turizm – fan – ta‘lim: hamkorlik va rejalar
Yangiliklar

Turizm – fan – ta‘lim: hamkorlik va rejalar

Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni. So‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning “o‘sish nuqtalaridan” biriga aylandi. U turizmga aloqador boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun drayver bo‘lib, yuqori multiplikativ ta’siri bilan daromadlarning ortishiga xizmat qiladi. Turizm O‘zbekiston sharoitida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash ham muhim omil hisoblanadi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, mazkur kelishuv doirasida loyihalarning borishi va istiqboldagi rejalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Turizm qo‘mitasi raisi U.Shodiyev boshchiligida qo‘mita a’zolari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, akademik N.Tuxliyev

Batafsil
Ko'rinish