Talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muntazam tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinadi. Ana shunday muloqotlardan biri Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Donoxon Qalandarova, Iqtidorlar talabalar bilan ishlash sektori xodimi Xusniddin Xolmatov qatnashdilar.Akademiya prorektori Zohidjon Islomov bugungi kunda yoshlarning taʼlim va taraqqiyotga intilishini qoʻllab-quvvatlash, keng fikr va dunyoqarashga ega kadrlar sifatida kamol topishini taʼminlash dolzarb masala ekanini qayd etdi.Fakultet talabalarining erishayotgan yutuqlari, shuningdek, e
Batafsil
“Tilda, fikrda, ishda birlik!” yoxud Akademiyada “Jadid” gazetasining taqdimoti o‘tkazildi
Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan jadid ma’rifatparvar bobolarimizning Vatan taraqqiyoti, millat ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada keng tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ham jadid bobolarimizning sharafli xizmatlari e’tirof etilib, milliy taraqqiyotni har tomonlama jadallashtirish maqsadida “Jadid” gazetasini ta’sis etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan edilar.Shundan so‘ng Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yildan “Jadid” gazetasi chop etilishni boshladi. Adabiy, ilmiy-ma’rifiy, ijtimoiy haftalik gazeta jadidchilik harakatini o‘rganishdagi yangi bosqich bo‘ldi deyish mumkin. Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida mazkur nashrning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbe
Batafsil
Jahon va Oʻzbekiston: siyosiy tahlil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jahon va Oʻzbekiston: siyosiy tahlil” maxsus kursi doirasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Katta Yaqin Sharq” loyihasi: konsepsiya, ijro, oqibatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Mazkur maxsus kurs Akademiya rektori tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tadbir yakunlangan hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti bilan tanishtirishdan boshlandi. Xususan, 1) 2024-yil 5-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar va sohaga mas’ul tashkilotlar oldigan davlat rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalar mohiyati; 2) Belorus
Batafsil
Akademiyada davlat dasturi loyihasi boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.Suhbat davomida loyihaning mohiyati, maqsadi va vazifalari muhokama qilindi.Tadbirda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilgani bunday strategiyaga zarurat vujudga kelganini aytib oʻtdi. Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisod fanlari doktori, akademik Nurislom Tuxliyev, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Davlat va jamiyat qurish tizimini takomillashtirish boʻlimi boshligʻi A.Mirkamilov oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar. Ular oʻz chiqishlarida strat
Batafsil
“Jaholatga qarshi maʼrifat” tadbirlari davom etmoqda
Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhi Buxoro viloyati Buxoro shahrida targʻibot tadbiri oʻtkazdi.Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar tinglandi.“Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan 50 nomdagi yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.
Batafsil
Olima ayol – jamiyat koʻzgusi
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil dekabrdagi 70-sessiyasida qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq, 11-fevral – “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni”, deb eʼlon qilingan.Har yili mazkur sana munosabati bilan ayollar va qizlarning ilm-fan bilan toʻlaqonli foydalanishiga teng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida turli tadbirlar, maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkaziladi.Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Olima ayol – jamiyat koʻzgusi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Akademiya rektori o‘z nutqida keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning d
Batafsil
Musulmon donishmandlar kengashi qanday tashkilot?
Butun dunyoda, xususan islom olamida tinchlikni oʻrnatish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, musulmonlar ehtiyojini taʼminlash va ummat birdamligini mustahkamlash yoʻlida xalqaro islomiy tashkilotlar faoliyat olib boradi. Mana shunday nufuzli muassasalardan biri Musulmon donishmandlar kengashi hisoblanadi.Musulmon donishmandlar kengashi mustaqil xalqaro tashkilot boʻlib, u 2014-yilda Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dabi shahrida tashkil topgan.Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari, Shayx Ahmad Toyyib Kengashga raislik qiladi, Muhammad Abdussalom esa uning bosh kotibi hisoblanadi.Kengash nomi arab tilida “مجلس حكماء المسلمين”, oʻzbek tilida esa “Musulmon donishmandlar kengashi” deb yuritiladi.Tashkilotning asosiy maqsadlari musulmon olamida tinchlikni targʻib qilish, nizolarni birgalikda hal etish va bagʻrikenglikni taʼminlashdan iborat. Shuningdek, ilm va oliml
BatafsilTa’limda uzviylikni ta’minlash bugungi kun talabi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda sohaga mas’ul rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilar Akademik litseyga tashrif buyurishdi. Ular litseyda o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va joriy ta’mirlashdan keyingi holat bilan tanishdi. Uyg‘un G‘afurov ta’lim muassasasida amalga oshirilgan faoliyat va yaratilgan imkoniyat yuzasidan fikr bildirib, Akademik litsey ijrochi direktori va direktor o‘rinbosarlariga kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchi yoshlarni to‘liq oliy ta’lim muassasalariga kirishlarini ta’minlash, zarur hollarda Akademiya professor-o‘qituvchilari imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlikdagi yo‘nalishlar, jumladan, ta’lim muassasalari integratsiyasi, akademik litsey o‘quv dasturl
Batafsil“Ta’lim – fan – ishlab chiqarish” zanjiri – kadrlar tayyorlashda muhim mezon
Nazariy bilimlar amaliyot bilan uyg‘unlashsagina samarali bo‘ladi. Shu bois ham mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida “Ta’lim – fan – ishlab chiqarish” zanjiri uzviyligga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Binobarin, bo‘lajak mutaxassis kadrlarining hali o‘qish davridayoq intellektual va amaliy bilimlarini kuzatgan davlat tashkiloti o‘z istiqbolini ham belgilab olishiga imkon topadi. Bu, o‘z navbatida oliy ta’lim muassasasi faoliyatini ham baholash mezoni hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan kuni kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasida Akademiya talabalarining malakaviy hamda pedagogik amaliyotlarining borishini jiddiy o‘rgandi. Hozirda Akademiya talabalarining amaliyoti rektorning 2023-yil 20-sentabrdagi “2023-2024-o‘quv yili uchun ishchi o‘quv reja va jarayoni jadvalini tasdiqlash xususida”gi 01-151-sonli buyr
Batafsil
Nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar yanada mustahkamlanmoqda
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida amaliy mashg‘ulotimiz haqidagi taassurotlarimizni sizlar bilan boʻlishish niyatidamiz!Qoʻlyozma va toshbosma asarlarni oʻqishga koʻzlarimiz ko‘nika boshlagach, bu ajoyib va sirli maskanning turli boʻlimlarida ish jarayonlarini oʻrganishga shoʻngʻib ketdik. “Qoʻlyozmalar fondi”, “Restavratsiya”, “Skanerlash”, “Kataloglashtirish” kabi boʻlimlarda navbat bilan amaliy tajriba oshiryapmiz. Ayniqsa, fondda mutaxassislar nazoratida qoʻlimizga ilk bor oʻrta asr qoʻlyozmasini tutgan holda, dastlabki amaliyotlarni bajarish oʻziga xos masʼuliyat, hayajon va faxr tuygʻusini taqdim etdi.Amaliyotchilarning sohaga doir bilimlarini oshirishga oʻz hissasini qoʻshish tashabbusi bilan chiqqan ustozlarni borligi biz uchun ham ibrat maktabi boʻldi. Shunday mutaxassislardan biri insitut yetakchi ilmiy xodimi falsafa fanlari doktori (PhD) Qahramon Yakubov
Batafsil
“Jaholatga qarshi – maʼrifat” tadbirlari davom etmoqda
Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhi Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida targʻibot tadbiri oʻtkazdi.Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar tinglandi.“Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan 50 nomdagi yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.
BatafsilAlisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni
Keyingi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning asarlarini keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavalludiga 583 yil to‘ladi. Har yili mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Joriy yildagi tadbirlar ham ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, do‘stlik ayyomi sifatida o‘tkazilmoqda.Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida Akademiya professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti
Batafsil