Talabalar uchun Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etildi
9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tyutori Maqsud Palvanov tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.Tashrif davomida “Axborot xavfsizligini boshqarish” yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Unda talabalar buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning ijodi, avlodlarga qoldirgan boy adabiy merosi va hayot yoʻli, muzeydagi nodir eksponatlar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Batafsil
Jaholatga qarshi maʼrifat
Ayni kunlarda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhlari tomonidan Andijon, Namangan va Fargʻona shaharlarida “Jaholatga qarshi maʼrifat” ezgu gʻoyasi ostida qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.Tadbirlarda maʼruzachilar tomonidan tinglovchilarga yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, islomning tinchlikparvarlikka asoslangan maʼrifiy din ekaniga oid ilmiy asoslangan maʼlumotlar taqdim qilinmoqda.
Batafsil
Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-2-kurs talabalari uchun 2023/2024-o‘quv yilining kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha tadbir tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova Akademiyaning ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, ustozlarga bo‘lgan hurmat masalalarida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.Shuningdek, Masofaviy va sirtqi bo‘lim boshlig‘i Suxrob Xidirov kuzgi semestr yakuni va keyingi semestr o‘quv jarayoni bo‘yicha barcha ma’lumotlarni berib o‘tdi.Tadbirda mehmon san’atkorlar chiqishlari namoyish etildi.Yakunda faol talabalar Akademiya rektorining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Batafsil
Oʻzbek milliy davlatchiligi shakllanishining tarixiy asoslari
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbek milliy davlatchiligi shakllanishining tarixiy asoslari” mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi.Mazkur tadbir Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Maʼrifatparvarlar klubi” doirasida o‘tkazildi.Davra suhbatida xalqaro miqyosdagi olimlar va ekspertlar – Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti professori, tarix fanlari doktori Oʻktam Mavlonov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Gʻaybulla Boboyorov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻqituvchisi Sherzod Ziyayev ishtirok etishdi. Olimlar oʻz taqdimotlarida Oʻzbekiston hududida davlatchilikning 3 ming yilliy tarixiy ildizlarini asoslab berib, bu borada oʻzbek xalqining global va mintaqaviy darajadagi sivilizatsiy
BatafsilInsoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili
Birlashgan Millatlar Tashkiloti diniy yetakchilarning dinlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlariga yuksak eʼtibor qaratib, bu turdagi tashabbuslarni dunyo boʻylab tarqalishini taʼminlab kelmoqda. Xususan, 2019-yil 4-fevral kuni Abu-Dabi shahrida maxsus tashkil etilgan Global konferensiyada al-Azhar universiteti Bosh imomi shayx Ahmad Tayyib va Rim papasi Fransisk oʻrtasida imzolangan “Insoniy birodarlik – tinchlik va hamjihatlik yoʻlida” nomli hujjat Bosh assambleyada muhokama etilib, maxsus rezolyutsiya qabul qilinganini alohida taʼkidlash lozim.Rezolyutsiyaga muvofiq, har yilning 4-fevral kuni “Xalqaro insoniy birodarlik kuni” deb eʼlon qilindi. Mazkur sana BMTga aʼzo davlatlarda ilm-fan, diniy yetakchilar va jamoatchilik faollari ishtirokida keng nishonlash belgilandi. Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila far
Batafsil
Akademiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashrga tayyorlangan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashrga tayyorlangan yangi kitob va risolalar taqdimoti o‘tkazildi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻlinmasi masʼul xodimi Jasur Najmiddinov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Jaloliddin Hamroqulov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori oʻrinbosari Firdavs Halimov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, hamkor tashkilotlar va ilmiy doiralar vakillari hamda Markaz ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.Tadbir xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida Imom Buxoriy va boshqa alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini keng targʻib etish, hamyurtlarimizni moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlovchi maʼrifatdan bahramand qilish maqsa
Batafsil“Radikal toifa: soxta salafiylar tahdidi” mavzusidagi insholar tanlovining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba yoshlari oʻrtasida 2024-yilning 1-yanvaridan 20-yanvariga qadar “Radikal toifa: soxta salafiylar tahdidi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.Bugun mazkur tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Chinakam vatanparvar va fidoyi talabalarimiz ishtirok etgan ushbu tanlovning gʻoliblari Akademiya rektori tomonidan taqdirlandi. Tanlovga topshirilgan insholari orasidan 8 ta ijodiy ish tanlab olinib, ikkinchi bosqichda mazkur insholarning taqdimoti qilindi. Tanlov komissiyasi tomonidan uch nafar talaba mos ravishda uch oʻringa loyiq topildi. 3-oʻrin Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Sevinch Neʼmatovaga, 2-oʻrin esa Islomshunoslik yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Maʼrufjon Raximovga nasib etgan bo‘lsa, 1-oʻringa Islomshunoslik magistratura mutaxassisligining 1-bosqich talabasi Durdona Asadullayeva loyiq deb to
Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar haqida so‘z yuritildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.Majlisni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.Kengash yig‘ilishida mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.Soha mutasaddilari o‘zlarining vazifalariga doir ishlar haqida ma’lumot berib, kelgusidagi vazifalarni belgilab olishdi.Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov talabalarga o‘z sohasining yetuk, raqobatbardosh mutaxassis kadri bo‘lib yetishishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berish uchun ustuvor vazifa bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Davl
Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lishdi
Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan joylarda xotira tadbirlari davom etmoqda.Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘lishdi.Islom Karimov 1938-yil 30-yanvar sanasida tavallud topgan bo‘lib, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan to umrining so‘nggigacha, ya’ni 2016-yilda qadar boshqarib kelgan.Talabalar majmuaga tashrifi davomida Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga tegishli kolleksiya va turli eksponatlar bilan tanishishdi. Umida Murodxonova,O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiIslom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi
Batafsil
“Maqsadimiz vatanparvar shaxslarni tarbiyalash”
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov rahbarligida vazirlikning navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va vazirlik mas’ullari qatnashdi.Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi hamda mazkur tashrif doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi yakunlari, 2024-yilda oliy va professional ta’lim hamda fan va innovatsiyalar sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, Oliy va professional ta’lim muassasalarida byudjet intizomi, 2023-yilda o‘tkazilgan nazorat tartibidagi profilaktika tadbirlari natijasida aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.O‘zbekiston – Xitoy ta’lim forumida yurtimizning 37 t
Batafsil
Talabalarning malakaviy amaliyoti davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining uchun malakaviy amaliyot davom etmoqda. Ayni paytda Akademiya talabalari malakaviy amaliyotini respublikamizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tamoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatining Toshkent shahridagi boʻlinmalari va guruhlarida, Business Lawyers Group advokatlik firmasi, Grand ta’lim “Bilag‘on bolajon” va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyotlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiyada Toshkent shahar bosh imom-xatibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida Abduqahhor domla Yunusov talabalarga ilmning fazilati, ustozning etagidan mahkam tutish va turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik toʻgʻrisida maʼruza qildi.– Islom dini jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishga buyuradi. “Ilm” soʻzi Qurʼoni karimda 811-marta turli maʼnolarda zikr etilgan. Qurʼon soʻzining bir maʼnosi “oʻqish” demakdir. Shu buyruqqa amal qilgan ajdodlarimiz – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Margʻinoniy, Beruniy, Xorazmiy, Fargʻoniy, Navoiylar jahon ilm-faniga beqiyos hissa qoʻshib, bizga bebaho maʼnaviy meros qoldirishdi.Kitob – xazina. Maʼnaviy olamimizni bu xazina injulari bilan bezash oʻz qoʻlimizda. Mutolaaga hamroh insonni esa qoʻlida mashʼala koʻtargan shaxsdek tasavvur qilish kerak. U nafaqat oʻzining
Batafsil