Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi tashakkurnoma bilan taqdirlandi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida shahar hokimi Shavkat Umurzakov hamda bir guruh yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv doirasida Toshkentning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bir nechta yoshlarga tegishli amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ayrim faol yoshlar yetakchilariga Toshkent shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov Toshkent shahar hokimi hamda Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Batafsil
Akademiya Kengashi majlisi: sarhisob, yutuq va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.Akademiya Kengashi yig‘ilishida 2023-yilda bajarilgan ishlar, mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.Unda soha mutasaddilari o‘zlarining vazifalariga doir ishlar haqida ma’lumot berib, kelgusidagi vazifalarni belgilab olishdi. Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov so‘zining avvalida barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. Tinchlik-xotirjamlik, oilaviy totuvlik, kasbiy barkamollik, sihat-salomatlik tiladi.Shu bilan birga, yangi yilda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish, talabalarga o‘z sohasining yetuk, raqobatbar
Batafsil
Akademik Abdulla Aʼzamov bilan uchrashuv
Yurtimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayniqsa, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yoʻlidagi bu kabi xayrli islohotlar ilm-fan, ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy soha rivojida muhim ahamiyatga ega.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida fizika-matematika fanlari doktori, akademik Abdulla Aʼzamov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun belgilangan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari doirasida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori J
Batafsil
O‘quv-seminarlar davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilar uchun belgilangan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda.Bugun “Radikalizmni oldini olishda hadislarni tushunish metodi” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.Mazkur dars “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov tomonidan olib borildi.Seminarda dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlar barchamizdan yoshlar tarbiyasiga yanada e’tiborliroq bo‘lishni taqozo etayotganini, buning uchun, eng avvalo, ta’lim tizimida ular bilan muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish zarurligi ta’kidlandi. Yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta da’volar, g‘arazli da’vatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat ta’siridan himoyalashda hadislarning o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Batafsil
Ilmiy ish munosib himoya qilindi
So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori ilm-fan sohasiga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni oshirish borasida tizimli ishlar bajarilyapti. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchilar safi kengaymoqda. Ilmiy ishlar himoyalarini o‘tkazish esa muntazamlik kasb etayotir. Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi Bobomurod Rustamovning “Mustaqil O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimining rivojlanish bosqichlari” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.Tadqiqot ishining “Mustaqillik yillar
Batafsil
Akademiya Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor Uyg‘un G‘afurov boshchiligida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda Akademiya rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Xabaringiz bor, joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.Akademiya rektori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yigʻilishidagi maʼruzasining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda bugun jahon miqyosida taraqqiyot sur’atlari shiddatli tus olgani, o‘ta ziddiyatli jarayonlarning ta’siri mamlakatimizda ham sezilayotgani qayd etilib, bu boradagi vazifalar belgilab olingani haqida
Batafsil
O‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilar uchun belgilangan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda.Bugungi birinchi o‘quv-mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo'mitasi yetakchi mutaxassisi, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Nodir Shomirzayev tomonidan “Ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni diniy reablitatsiya qilish masalalari” mavzusida, ikkinchi mashg‘ulot esa “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Talabalar shaxsini o‘rganish metodlari” mavzusida tashkil etildi.
Batafsil
Akademiya prorektori “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasida oliy ta’lim muassasalari rektor-prorektorlari, davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari xodimlarinining bir guruhini “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Mukofotni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev tantanali tarzda topshirdi.Eslatib o‘tamiz, koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining oʻn barav
Batafsil
Akademiya vakillari IT Park faoliyati bilan tanishishdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tasdiqlangan jadval asosida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Mazkur o‘quvlar doirasida nafaqat seminarlar, balki amaliy mashg‘ulotlar ham olib borilmoqda.Jumladan, bugun Akademiya vakillari poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi IT Park faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ekskursiya davomida IT Park xodimlari Akademiya vakillariga IT Park faoliyati, startap, va umuman olganda, IT sohasi haqida ma’lumot berishdi.
Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tasdiqlangan jadval asosida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Mazkur darslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda.
Batafsil
Akademiyada jonkuyar va fidoyi ustoz – Nurislom Tuxliyevni taqdirlash marosimi o‘tkazildi
Inson maʼnaviy kamolotida ustoz va murabbiylarning ta’lim va tarbiyasining ahamiyati katta. Dunyoda shunday kasblar borki, rohatidan mehnati, muvaffaqiyatidan zahmati koʻp. Ustoz-u murabbiylarning fidoyi mehnatini ham shunga qiyoslash mumkin. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonshlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul q
Batafsil
“Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!”
Shu yil 22-dekabr kuni muhtaram Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan mamlakatimiz miqyosida “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” degan shior ostida ziyolilar va keng jamoatchilik ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boshlandi.Poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni, “Navroʻz” toʻyxonasi, Uchtepa tumani hokimiyati kabi maskanlardagi boʻlib oʻtgan tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Respublika Maʼnaviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Mirzo kabi ziyo vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda soʻzga chiqqan notiqlar bugungi murakkab davrda xalqimizning milliy manfaa
Batafsil