O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

“Islom ziyosi” jurnali
Yangiliklar

“Islom ziyosi” jurnali

“Islom ziyosi” jurnalining 4-soniYUKLAB OLISH UCHUN

Batafsil
QUTLOV
Yangiliklar

QUTLOV

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va mehnat jamoasi iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyevni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy akademigi a'zosi bo'lganligi bilan tabriklaydi.Nurislom Tuxliyev oʻz ilmiy faoliyatini iqtisodiyotni intensivlashtirish va agrosanoat integratsiyasining iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish muammolarini oʻrganishdan boshlagan. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi, Oʻzbekiston va postsovet mamlakatlari iqtisodiyotini bozor munosabatlariga oʻtkazishga bagʻishlangan dastlabki maqolalar, monografiyalar va oʻquv qoʻllanmalari muallifidir. Uning “Osiyo va Bozor” (1992), “Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli” (1999), “Taraqqiyotning oʻzbek modeli” (2014), “Oʻzbekiston iqtisodiyoti” (2019), “Oʻzbekiston iqtisodiyoti anatomiyasi” (2021) “Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya: rivojlanish qonuniyatlari,

Batafsil
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi
Yangiliklar

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi

Bugun Akademiyaning katta majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi Sodiq Toshboyev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi yoshlari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Toshkent islom institutidan taklif etilgan mehmonlar qatnashdilar. Davra suhbatini Akademiya rektori Uygʻun Gʻafurov olib bordi.Ushbu tadbirda diniy-maʼrifiy sohadagi faoliyat, yoshlarning dinni ilm sifatida oʻzlashtirishlari va mazkur yoʻnalishda erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, eʼtiborga molik jihatlar muhokama qilindi.Qoʻmita raisi S.Toshboyev talaba yoshlarga murojaat qilar ekan: “Akademiya binosiga kirar ekanman, oʻqituvchilar, talabalar, umumiy jarayonlarni kuzatib, beixtiyor, talabalik yillarim, ustozlarim, dars jarayonlari, barcha barchasi xotiramda qayta gavdalandi. Bugungi uchrashuv sabab – oʻzim ham yana bir bor talabalik yillarimga qaytd

Batafsil
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Akademiya talabalar turar joyiga sovg‘alar topshirildi
Yangiliklar

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Akademiya talabalar turar joyiga sovg‘alar topshirildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolangan edi.Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyi ixtiyoriga 2 dona muzlatkich va 2 dona kir yuvish mashinasi sovg‘a qilindi.Mazkur marosimda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari Isoxon Abdullayev, Akademiya xodimlari hamda talabalar ishtirok etdilar.Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar xayr va saxovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajr-u savobga sazovor etishi haqida ta’kidlashdi.Tadbirda talabalar mazkur sovg‘alar uchun minnatdorlik bildirishdi.

Batafsil
Akademiya va “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi
Yangiliklar

Akademiya va “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari Isoxon Abdullayev ishtirok etdilar. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritildi.Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilgan edi. O‘tgan yillar davomida “Vaqf” xayriya jamoat fondi ko‘plab xayr va saxovat tadbirlarini amalga oshirdi. Fond o‘z oldiga diniy ta’lim muassasalari, tolibi ilmlar, ustozlar, imom-xatiblar, noib-imomlar, masjidda ishlaydig

Batafsil
Bir asrdan ortiq tarixga ega qutlug‘ ma’rifat maskaniga tashrif
Yangiliklar

Bir asrdan ortiq tarixga ega qutlug‘ ma’rifat maskaniga tashrif

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Ne’matullo Nasrullayev va katta o‘qituvchi Saidahmadxon G‘aybullayev boshchiligida Islomshunoslik fakulteti “Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi)” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari “Turon” axborot-kutubxona markazida bo‘lishdi.Talabalar tashrif davomida kutubxona bo’limlari va turli ko‘rgazma zallar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, markaz fondidagi 1918-1950-yilgacha bo‘lgan nodir gazeta va jurnallar, ulardagi ayrim maqolalarni bevosita o‘qib-o‘rganish, hamda Abdulla Qodiriy media-muzey eksponatlari bilan tanishish talabalarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, talabalarning keyinchalik ish faoliyatlarini ushbu kutubxonada olib borish bilan bog‘liq savollariga markaz xodimlari tomonidan javob berildi.O‘tgan asrning 20-yillaridayoq jahonga nomi taralgan obro‘li madaniyat mas

Batafsil
Akademiya talabalari “Siyosat maydoni” tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi
Yangiliklar

Akademiya talabalari “Siyosat maydoni” tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida taʼlim muasassalaridagi siyosat bilimdonlari oʻrtasida “Siyosat maydoni” tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Yosh siyosatchilarning yangi avlodini tarbiyalashga hissa qoʻshish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu tanlovda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari qatnashdi.Bir necha bosqich davom etgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Akademiya jamoasining ishtirokchisi boʻlmish Zikir Muhammadjonov “Eng yaxshi notiq” nomi

Batafsil
Dolzarb mavzuda rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Dolzarb mavzuda rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida “Rektor va talabalar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi Farrux Elmirzayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ekspertiza bo‘limi mas’ul xodimi Jamshid Aliyev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari qatnashdi. Uchrashuvni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.Tadbirda so‘zga chiqqan ekspertlar ekstremizm va

Batafsil
Talabalar o‘rtasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar o‘rtasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Bahodir Daminov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimlari – Akbarshoh Rasulov hamda Isomiddin Ahrorov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda Akademiyaning turli ta’lim yo‘nalishlaridan jami 96 nafar talabadan iborat 24 ta guruh qatnashdi.Musobaqa 1-shart (saralash testi) bo‘lib, bu shartda 6 ta guruh saralab olindi. Shundan so‘ng 2-shart (blits savol-javob), 3-shart (atama va rasmlarni sharhlash) hamda 4-shart (ijodiy ish) – Dinshunoslikka oid dolzarb mavzuda ikki daqiqalik videorolik taqdimot qilindi.Tanlov yakunida 3-o‘rinni “Turkiston” jamoasi qo‘lga kiritg

Batafsil
Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid
Yangiliklar

Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida doimiy tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday muloqotlardan biri Islomshunoslik fakulteti talabalari uchun “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi Farrux Elmirzayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Ekspertiza bo‘lim boshlig‘i Bekzod Soipov, bosh mutaxassis Bahodir Daminov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar qatnashdi. Uchrashuvni Akademiya birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, mamlakatimizda yoshlarga qar

Batafsil
Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etdilar
Yangiliklar

Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etdilar

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Toshkent shahridagi Kongress-markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida ishtirok etgan edi.Bugun esa mazkur tadbirlar doirasida “Tashkent city” Kongress-xoll markazida “Halollik chempionlari forumi” mavzusida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro yuksak mukofoti g‘oliblari tarmog‘i birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurash markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari, 40 dan ziyod mamlakat delegatsiyalari, shu jumladan ushbu xalqaro mukofot

Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etishmoqda
Yangiliklar

Akademiya professor-o‘qituvchilari targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etishmoqda

Bugungi globallashuv davrida ertamiz egalari boʻlgan yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan barkamol voyaga yetkazish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash har qachongidan-da dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, jahonda sodir boʻlayotgan turli axboriy xurujlar, talotoʻplar taʼsirida bu yanada muhim vazifa sanaladi.Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-oʻqituvchilari “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” shiori ostida poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi bir qator mahallalarida targʻibot tadbirlarini olib bormoqda.Jumladan, Yashnobod tumanidagi “Nodira”, “Shohimardon”, “Behizor”, “Yangiqoʻrgʻon”, “Bunyodkor”, “Birlashgan”, “Yangi davr” mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda 152-, 153-, 155-, 161-umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbatlari tashkil etildi.Mazkur tadbirlarda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi

Batafsil
Ko'rinish