“Radikalizmga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz” mavzusida talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muntazam tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinadi. Ana shunday muloqotlardan biri “Radikalizmga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz” mavzusiga bag‘ishlandi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi Farrux Elmirzayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Mirfozil Madaliyev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari ishtirok etdi. Uchrashuvni Akademiya birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi b
Batafsil
Akademiya talabalari “Siyosat maydoni” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etishmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamkorligida siyosiy tahlil bilimdonlari oʻrtasida “Siyosat maydoni” tanlovi o‘tkazilmoqda.Unda yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etmoqda. Jumladan, Akademiya bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishining 6 nafar iqtidorli talabasi (Z.Muhammadjanov, K.Esanova, H.Abdurafiqov, U.Mirzoxidov, Z.Bektemirov hamda K.Isroilov) respublika bosqichida qatnashyapti. Talabalar mazkur bosqichdagi dastlabki turda maqolalar taqdimotini oʻtkazishdi. Keyingi bosqichda esa loyihalar taqdimoti amalga oshiriladi.Fursatdan foydalanib, Akademiya jamoasi talabalarga muvaffaqiyat tilab qoladi.
Batafsil
Akademiya vakillari teatrlarda ma’naviy hordiq olishdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Sizsiz o‘tmas kunlarim” hamda Abror Xidoyatov nomidagi drama teatrida “Dunyoning ishlari” spektakllarini tomosha qilishdi.Hayotiy voqealar, ibratli saboqlarga boy sahna asarlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Batafsil
Akademiya rektori Kuvayt Davlati Amiri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov Kuvayt Davlatining O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘ldi. Akademiya rektori Kuvayt Davlati Amiri shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh vafot etgani munosabati bilan Kuvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad al-Jiyronga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi va shaxsan o‘z nomidan hamdardlik bildirdi.Suhbat chog‘ida Akademiya rektori O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida hamkorlik munosabatlarida shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Sabohning o‘rni yuqori bo‘lgani, turli sohalarda do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilishida tashabbuskorlardan biri bo‘lganini qayd etdi. O‘z navbatida elchi Ahmad al-Jiyron ham bunday musibatli kunlarda yelkadosh bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, o‘zbek xalqi, shuningdek, Akademiya jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi.Xabaringiz bor, davla
Batafsil
Akademiyada “Oltin davrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Ma’lumki, yurtimiz aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizning kelajagi boʻlgan yigit-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasi doimo eng ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Ayniqsa, butun respublika bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan “Yoshlar oyligi” tadbirlarida Akademiya talabalari ham faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar oyligi yakunlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi. “Oltin davrim” deb nomlangan marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining birinchi o‘rinbosari Abdulaziz Mo‘minov, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, professor-o‘qituvchilari h
Batafsil
Radikalizmga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz
Yurtimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Taassufki, bugungi globallashuv davrida mafkuraviy xatarlar tobora kuchayib bormoqda. Bu esa har birimizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishimizni talab etmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Radikalizmga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi bosh mutaxassisi Bahodir Daminov, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok
Batafsil
Rektor va talabalarning ochiq muloqoti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muntazam tarzda rektor va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinadi. “Rektor va talabalar” mavzusidagi navbatdagi uchrashuvda Akademiyaning 1-bosqich talabalari qatnashdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.“Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan uchrashuvni Akademiya rektori kirish so‘zi bilan ochib berarkan, bugungi kunda yurtimiz davlati siyosatining eng asosiy omillaridan biri – yoshlar ekani, barcha sohalar qatori yoshlarga ham katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida yoshlar uchun yetarli imkoniyatlar yaratilishi turganini qayd etdi.Jah
Batafsil
Akademiyada arab tiliga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi
Har yili 18-dekabr sanasida butun dunyoda “Xalqaro arab tili kuni” nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1973-yil dekabr oyida arab tili tashkilot rasmiy tillari qatoriga qoʻshilgan. Shu bilan birga, UNESCO tashkilotining 2012-yil oktabr oyida boʻlib oʻtgan 190-sonli sessiyasida Saudiya Arabistoni taklifiga binoan 18-dekabr – Xalqaro arab tili kuni sifatida eʼlon qilindi. Shu yilning 18-dekabrida mazkur tashkilot birinchi marotaba ushbu sanani bayram sifatida nishonlagan.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham har yili mazkur sana munosabati bilan an’anaviy tarzda anjuman hamda turli tadbirlar tashkil etiladi.Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet (arab) tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi va innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman “Arab tili va adabiyoti al-Azhar”
Batafsil
Seminar mashg‘ulotlar davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida professor-o‘qituvchilar uchun “Rossiyada diniy musulmon ta’limi sohasida yagona standartlarni ishlab chiqish tajribasi (2010 yilda)” hamda “HEMIS platformasida joriy etilgan so‘nggi o‘zgarishlar va ta’lim jarayonida kredit-modul tizimidan foydalanish” mavzularida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Mazkur mashg‘ulotlar “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi K.Nasibullayev hamda Ta’limning kredit tizimini nazorati sektori bosh mutaxassisi K.Abdulazimov tomonidan olib borildi.Eslatib o‘tamiz, ushbu darslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvch
Batafsil
Radikallashuvga qarshi kurashda milliylik omilining roli
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamda “Ziyo” media markazi hamkorligida “Radikallashuv va yot gʻoyalarga qarshi kurashish hamda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish” mavzusida oʻn kunlik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.Ushbu tadbirlardan maqsad – yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta daʼvolar, gʻarazli daʼvatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat taʼsiridan himoyalash, ularda vatanparvarlik, sadoqat tuygʻularini shakllantirishdan iborat. Tadbir uchun tanlangan mavzularni keng va atroflicha yoritib berish uchun ijtimoiy-siyosiy, diniy, madaniy-maʼrifiy sohada nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida tan olingan davlat va jamoat arboblari, oʻz sohasining dong taratgan ekspertlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.Mazkur davra suhbati “Radikallashuvga qarshi kurashda
Batafsil
Talaba-qizlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti malikasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar “Tanishtiruv”, “Konstitutsiyaga doir savol-javob”, “Shart bajarish” hamda “Erkin mavzuda ijodiy ijro” kabi shartlar bo‘yicha bellashishdi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.So‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida so‘z yuritishdi.Shuningd
Batafsil
Akademiya vakili “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati bilan bir guruh ziyolilar, ma’rifat targ‘ibotchilari “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Quvonarlisi, taqdirlanganlar safida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova ham bor.Akademiya jamoasi Munira Qahhorovani mazkur ko‘krak nishoni bilan muborakbod etib, uning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.
Batafsil