O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasida qadriyatlarning o‘rni
Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasida qadriyatlarning o‘rni

Yurtimizda yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Yigit-qizlarimiz barkamol inson boʻlib ulgʻayishi uchun maʼnaviy tarbiyaga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qabul qilinayotgan turli qaror va farmonlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar, amaliy ishlar natijasida farzandlarimiz barcha sohalarda muvaffaqiyatga erishishmoqda.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasida qadriyatlarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.Mumtoz sharq filologiyasi hamda fakultetning “Yosh olimlar klubi” hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respubliaksi Iqtisodiyot va moliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi

Batafsil
Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari
Yangiliklar

Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari

Ayni paytda poytaxtimizda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada yurtimiz hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari ishtirok etmoqda.Jumladan, mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda magistrlari ham qatnashmoqda.Konferensiyaning birinchi kunida – jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganishda yangi insaydlar, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-h

Batafsil
Davlat ramzlari – mustaqillik tayanchi
Yangiliklar

Davlat ramzlari – mustaqillik tayanchi

Joriy haftada mamlakatimiz mustaqilligining ramzlari – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlandi. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham sana munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rify tadbirlar, soha ekspertlari ishtirokida turli davra suhbatlari o‘tkazildi.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan sana arafasida o‘quv darslari madhiya sadolari ostida boshlandi. O‘qituvchi va talabalar tomonidan ijro etildi.Shuningdek, “Chet tillari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Madhiya – mustaqillik timsoli” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham ana shunday tadbirlardan biri bo‘ldi.O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov,

Batafsil
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada sana munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
Yangiliklar

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada sana munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Din ishlari boʻyicha qoʻmitada “8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.Bayram tadbiri davlatimiz madhiyasini kuylash bilan boshlandi.Tadbirni Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov tabrik nutqi bilan ochib berdi. Shundan soʻng mehmon sifatida taklif etilgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Matluba Qahhorova tomonidan davlatimiz Konstitutsiyasining tarixi, shakllanish bosqichlari, ahamiyati va oʻziga xosligi kabi mavzularda fikrlar bildirildi.Shuningdek, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda jamiyatning barcha jabhalari qamrab olingani, inson qadri uchun tamoyiliga asoslangani hamda xalqaro standartlarga toʻla javob bera olishi borasidagi fikr-mulohazalarga toʻxtalib oʻtildi.Qoʻmita raisining oʻrinbosari Dilbar Gʻulomova tomonidan ham Konstitutsiyamiz

Batafsil
Sportchi va yoshlar uchrashuvi
Yangiliklar

Sportchi va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyada “Konstitutsiya haftaligi” davom etmoqda.Haftalik doirasida talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport sohasiga qiziqishlarini orttirish maqsadida Pekin-2008 yozgi olimpiya o‘yinlari sovrindori Abdulla Tangriyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Maʼlumot uchun, Abdulla Tangriyev 1981-yil 28-mart kuni Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Dzyudo boʻyicha Pekin-2008 yozgi olimpiya oʻyinlari kumush medali sohibi. 2011-yil mutlaq vazn toifasida jahon chempioni, uch karra jahon chempionati sovrindori hisoblanadi. Besh karra Osiyo chempioni va yana kumush va bronza medallari egasi. Shu

Batafsil
Dunyoviy jamiyatda ayollarning oʻrni va ularni radikallashuvning salbiy taʼsiridan himoya qilish choralari
Yangiliklar

Dunyoviy jamiyatda ayollarning oʻrni va ularni radikallashuvning salbiy taʼsiridan himoya qilish choralari

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamda “Ziyo” media markazi hamkorligida “Radikallashuv va yot gʻoyalarga qarshi kurashish hamda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish” mavzusida oʻn kunlik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.Ushbu oʻnkunlik tadbirlaridan maqsad – yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta daʼvolar, gʻarazli daʼvatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat taʼsiridan himoyalash, ularda vatanparvarlik, sadoqat tuygʻularini shakllantirishdan iborat. Tadbir uchun tanlangan mavzularni keng va atroflicha yoritib berish uchun ijtimoiy-siyosiy, diniy, madaniy-maʼrifiy sohada nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida tan olingan davlat va jamoat arboblari, oʻz sohasining dong taratgan ekspertlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.O‘nkunlik doirasida “Soxta da’vatchilar asl

Batafsil
Madhiya – mustaqillik timsoli
Yangiliklar

Madhiya – mustaqillik timsoli

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi mamlakatimiz suverenitetining ramzlaridan biridir. 1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. Qonunda madhiyamizga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qo‘yilgan. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillari” kafedrasi tomonidan “Madhiya – mustaqillik timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “Chet tillari” kafedrasi mudiri Barno Shamsemat

Batafsil
8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori  TABRIGI
Yangiliklar

8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori TABRIGI

Assalom-u alaykum qadrli ustozlar, aziz talaba-yoshlar!Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqil davlatimiz huquqiy asosi, jamiyat barqarorligi kafolati hisoblanadi. Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligini butun xalqimiz keng nishonlamoqda. Zero, 2023-yil 30-aprel kuni yurtimiz tarixida unutilmas voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda umumxalq referendumi asosida qabul qilindi. Unda xalqimizning Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha orzu-umidlari va intilishlari oʻz aksini topgani dunyo hamjamiyati tomonidan ham eʼtirof etilmoqda. Hurmatli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!Bugun millatlararo va konfessiyalararo oʻzaro hamjihatlik munosabatlari hukm surayotgan bagʻrikeng Oʻzbekistonda Konstitutsiya normalari xalqimiz hayotida oʻzining huquqiy ifodasini topmoqda. Oʻzbekiston – suveren, demokratik, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida oʻz maqomini

Batafsil
Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari
Yangiliklar

Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” haftaligi doirasida “Ilmiy taraqqiyot va uni olib borish san’ati” mavzusida sayyor vebinar boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, falsafa fanlari doktori Sayyora To‘ychiyeva, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva, professor-o‘qituvchilar, “Jurnalistika” (Internet jurnalistikasi), “Din psixologiyasi”, “Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati”, Tarix (Islom sivilizatsiyasi) yoʻnalishi 1-bosqich magistrantlari ishtirok etdi.Tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan yosh olimlarga ilmiy tadqiqot manbalarini izlash, jamlash va tahlil qilishda e’tiborga ol

Batafsil
Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi
Yangiliklar

Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi

Mamlakatimizning jahon maydonidagi nufuzini oshirish koʻp jihatdan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga bogʻliq. Shu sababli iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash va ragʻbatlantirishga, yosh avlodning zamonaviy dunyoqarashini, ijodiy va shaxsiy xususiyatlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari oʻz isteʼdod va salohiyatini toʻla namoyon etib, yuksak natijalarga erishmoqda.Ta’kidlash joizki, 2023/2024-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining bir guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Ahamiyatlisi, mana shu iqtidorli yoshlar safida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining besh nafar isteʼdodli talabasi ham bor.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar

Batafsil
Oriental universitetida Akademiya talabalar teatr studiyasi jamoasi spektakl namoyish etdi
Yangiliklar

Oriental universitetida Akademiya talabalar teatr studiyasi jamoasi spektakl namoyish etdi

Oriyental universitetida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan Nasrullo Qobilning “Toʻda” asari asosida sahnalashtirilgan “Adashganlar” spektakli namoyish etildi.“Konstitutsiya haftaligi” doirasida taqdim etilgan spektakl orqali yoshlar turli yot g‘oyalar, ayniqsa, giyohvandlik balosiga chalinib qolishning ayanchli oqibatlarini anglab yetishdi.Spektakldan so‘ng Universitet rahbariyati tomonidan Akademiya talabalariga esdalik sovg‘alari topshirilib, o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorlik bildirildi.

Batafsil
Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi
Yangiliklar

Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi

Joriy yil mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida nihoyatda muhim yil bo‘ldi deyish mumkin. Boisi, umumxalq referendumi asosida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qilindi. Bu koʻp millatli xalqimizning hamjihatligi, suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qatʼiy qaror qilganining ishonchli ifodasi boʻldi. Asosiy qonunimizda mamlakatimizning suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatidagi muhim prinsiplari belgilandi.Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim

Batafsil
Ko'rinish