O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiyada hamkorlikda mahorat darsi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada hamkorlikda mahorat darsi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Psixologiya va din: zamonaviy nazar va chaqiriqlar” mavzusida onlayn mahorat darsi tashkil etildi.Mazkur davra suhbati Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi hamda L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti hamkorligida o‘tkazildi.Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyala bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra a’zolari hamda mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdi.Unda Yevroosiyo milliy universitetining “Dinshunoslik” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Yu.V.Shapoval va “Psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi A.S.Nuratdinov ma’ruza bilan qatnashdi.Tadbirda din psixologiy

Batafsil
Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi
Yangiliklar

Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi

Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Bugun Islomshunoslik fakulteti tomonidan o‘tkazilgan “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi” mavzusidagi davra suhbati ham ana shu maqsadda tashkil etildi.Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va uning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida soʻz yuritildi.Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati Muqaddas Urazaliyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, fakultet dekani Jahongir Tohirov, fakultet professor-o‘qituvchilar

Batafsil
Talabalar uchun dars mashg‘uloti o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar uchun dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida“Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” umummilliy hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati” maxsus kurslari doirasida Islomshunoslik fakulteti talabalari uchun dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.Dars mashg‘ulotlarini yuridik fanlari nomzodi, dotsent H.Yunusov va soha mutaxassislari olib bordi. Talabalar maxsus kurs doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Batafsil
Talabalar o‘rtasida “Zakovat” tanlovi o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar o‘rtasida “Zakovat” tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Zakovat” tanlovi o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati tashkil etilgan tadbirda talabalar 20 ta jamoaga bo‘lingan holda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.Ikki raunddan iborat qizgʻin kechgan tanlovda gʻolib va sovrindor jamoalar qoʻshimcha raundlar natijasida aniqlandi. Tadbir talabalar o‘rtasida o‘zaro bilim almashish, yoshlarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini yaxshi tushunib yetishlari, faolligini oshirish hamda mustaqil fikrlashga o‘rgatishga xizmat qildi.Musobaqa natijlariga koʻra, Xalqaro munosabatlar 4-kurs talabalaridan iborat Zufar Bektemirov jamoasi gʻolib deb topildi. Yurisprudensiya (islom huquqi) 1-kurs talaba-qizlaridan iborat jamoa 2-oʻrinni egalladi.Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.O‘zbeki

Batafsil
Konstitutsiya – adolat tantanasi
Yangiliklar

Konstitutsiya – adolat tantanasi

Bugun qariyb 65 foizga yangilangan Konstitutsiyamiz mamlakat taraqqiyotining kafolati sifatida xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga toʻla javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjatga aylandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda yangi tahrirdagi Bosh qonunimizning oʻziga xos xususiyatlari, avvalgi Konstitutsiyadan farqli tomonlari haqida soʻz yuritildi.Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Islom sivilizatsiyasi markazi

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya o‘qituvchisi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruza qildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasida “Konstututsiya zamonaviy ta’lim asosi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa doktori, dotsent Nuriddin Qolqanov ma’ruza bilan ishtirok etdi.Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan mamlakatimizda ta’lim tizimidagi so‘nggi islohotlar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangilangan Konstitutsiyada o‘qituvchilar va ta’lim oluvchilarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan moddalarning kiritilishining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.Shuningdek, suhbat davomida O‘zbek

Batafsil
Akademiya talaba-qizlari o‘rtasida “Lider qizlar” tanlovi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya talaba-qizlari o‘rtasida “Lider qizlar” tanlovi o‘tkazildi

Bugungi globallashuv jarayonida xotin-qizlarning o‘rni va roli har qachongidanda muhim. Shu bois, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirok etishlarini ta’minlashdan iborat. Zero, inson qadrini ulug‘lash, avvalo, ayolga hurmat va ehtirom, mo‘tabar onalarimizni e’zozlash, munis opa-singillarimizni qadrlash orqali ro‘yobga chiqishi shubhasiz.E’tirof etish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-qizlari o‘rtasida ona Vatanga muhabbat, tanlangan kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatga ega va iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni munosib rag‘batlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom do‘stona munosabatlarni qaror toptirishga alohid

Batafsil
Akademiya vakili ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya vakili ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruza qildi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati binosida “Uch buyuk qadriyat: ma’naviyat, odob-axloq, ma’rifat" mavzusida tadbir o‘tkazildi.Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, falsafa fanlari doktori, “Ma’rifat’ targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Munira Qahhorova ishtirok etdi.Davra suhbatida harbiy xizmatchilarning bilimi, ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik, mas’uliyat, sadoqat va vatanparvarlik hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bilan bog‘liq dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Batafsil
“Siyosat maydoni” tanlovining Akademiya bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Yangiliklar

“Siyosat maydoni” tanlovining Akademiya bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida ta’lim muassasalaridagi siyosiy tahlil, maslahat va texnologiyalar bilimdonlari o‘rtasida “Siyosat maydoni” tanlovi o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham tanlovning Akademiya bosqichi tashkil etildi. Unda iqtidorli talabalar o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.Bugun mazkur tanlovning Akademiya bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.Mazkur tanlovni tashkil etishdan maqsad talabalar va magistrantlar huquqiy-siyosiy ongini oshirish, ularda siyosiy bahs, muloqot va munozar

Batafsil
Akademiyada Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengash majlisi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengash majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda Kengash raisi, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, rais o‘rinbosari, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, RTTM boshlig‘i hamda Axborot-resurs markazi rahbari ishtirok etdi.Kun tartibiga muvofiq, 2023-2024 o‘quv yili 1-yarim yilligi bo‘yicha Yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish masalari ko‘rib chiqildi.2023-2024 o‘quv yili qishki ta‘til davomida akademiya professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etiladigan o‘quv seminarlar xususida so‘z yuritildi. Kafedralarining 2023-yil bo‘yicha reyting indikatorlarini aniqlash uchun taqdim etilgan ma’lumotlar tinglandi. Shundan so‘ng 2022-2023 o‘quv yilida tashkil etilgan Yakuniy Davlat Attestatsiyasi xususida YDA raislarining hisob

Batafsil
Axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirishdagi dolzarb muammolar va yechimlar
Yangiliklar

Axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirishdagi dolzarb muammolar va yechimlar

XXI asrni axborot texnologiyalari va jahon axborot tarmog‘isiz tasavvur qilish mushkul. Globallashuv davrida axborotlar oqimi bois, yoshlar keng bilimga ega bo‘lish barobarida tobora kuchayib borayotgan maʼnaviy tahdid va xatarlarga duch kelyapti. Ularni axborot xurujlaridan asrash esa eng asosiy vazifaga aylandi. Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamda “Ziyo” media markazi hamkorligida “Radikallashuv va yot gʻoyalarga qarshi kurashish hamda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish” mavzusida oʻn kunlik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida 15-noyabrdan oy oxiriga qadar oʻtkaziladigan uchrashuvlarda ijtimoiy-siyosiy, diniy, madaniy-maʼrifiy sohada nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosida tan

Batafsil
Akademiyada matbuot anjumani o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada matbuot anjumani o‘tkazildi

Korrupsiya jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan zararli illat hisoblanadi. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazib, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa salbiy hodisalar rivoji uchun turtki boʻladi. Korrupsiya davlat, iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan eng asosiy toʻsiqlardan biridir.So‘nggi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi alohida qonun, Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning eng muhim jihatlaridan biri – davlat boshqaruvi tizimida “inson o

Batafsil
Ko'rinish