O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Talabalar xalqaro forumda ishtirok etdi
Yangiliklar

Talabalar xalqaro forumda ishtirok etdi

“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida “O‘zbekiston – eng yaxshi musulmon-mehmondo‘stlik destinatsiyasi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari hamda “Turizm (ziyorat turizmi)” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi.Forum avvalida talabalar milliy hunarmandchilik namunalari va milliy liboslar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Shundan so‘ng xalqaro konferensiyada CrescentRating & HalalTrip tashkiloti ijrochi direktori Fazal Bahariddin, World Women Tourism tashkiloti asoschisi Dr. Nisha va boshqa xorijiy hamda mahalliy mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘i Z.Abdullayeva “Xalqaro ziyorat turizmi haftali

Batafsil
Akademiyada “Hazrat Zangi ota” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Akademiyada “Hazrat Zangi ota” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

TAQDIMOTO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik, yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidovning “Hazrat Zangi ota” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Taqdimotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori Muhammadolim Muhammadsiddiqov, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali Bosh muharririning o‘rinbosari Azizbek Ramazonov, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Tadbirni “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedr

Batafsil
Talabalar “Chor Bakr” tarixiy-me’moriy majmuasida bo‘lishdi
Yangiliklar

Talabalar “Chor Bakr” tarixiy-me’moriy majmuasida bo‘lishdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi “turistik ta’til”i davomida Buxorodagi “Chor Bakr” tarixiy-me’moriy majmuasiga ekskursiyasi tashkil etildi. Talabalarga ziyoratgohning tarixiy ahamiyati, majmuaning barpo etilishi, mahalliy va chet ellik turistlarni jalb qilishdagi imkoniyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur ziyoratgohda to‘rtta buyuk avliyo – Hazrat Abu Bakr Sa’d Yamaniy, Hazrat Abu Bakr Homid, Hazrat Abu Bakr Muhammad ibn Fazl, Hazrat Abu Bakr Tarxon sharaflariga bu mavze Chor Bakr (to‘rtta Bakr) deb atalgan.

Batafsil
“Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar

“Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida jamiyatimizga o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish, ertamiz egalarining intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish, bilim va ko‘nikmalarni yanada yuksaltirish maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.Shu maqsadda bugun Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Tanlovda 30 ta jamoa 3 ta shart asosida o‘zaro bellashdi. 1-shartda guruhlarga KAHOOT programmasi orqali islom tarixiga doir savollar berilib, eng kuchli 6 ta jamoa aniqlab olindi. 2-shartda jamoa sardorlari islom tarixiga oid maxsus savollarga javob topishdi. Guruhlar 100 ballik mezon

Batafsil
Talabalarning Buxorodagi “turistik ta’til”i samarali o‘tmoqda
Yangiliklar

Talabalarning Buxorodagi “turistik ta’til”i samarali o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi “turistik ta’til”i davom etmoqda.“Turizm (ziyorat turizmi)” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Labi Hovuz maydonidagi Maydoni Ko‘kaldosh, Devon Begi madrasalari hamda Devon Begi xonaqohi, shuningdek, Mir Arab madrasasi, Poyi Kalon masjidi, Minorai Kalon ansambli, Buxoro Arki, Mir Arab oliy madrasasi, Buxoro yahudiylari sinagogasi, Buxoro yahudiylar qadimiy uyi kabi tarixiy obida va ziyorat obyektlariga ekskursiya tashkil etildi.Ularga obidalar va ziyorat obyektlari tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.Shuningdek, Buxoro viloyatida joylashgan Xuja Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Mazkur kompleksda joylashgan maqbara va obidalar tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Buxoroda joylashgan 7 pir va ularning ilmiy merosi haqida so‘z yuri

Batafsil
Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyotiga yangi qozi tayinlandi
Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyotiga yangi qozi tayinlandi

Shu yil 28-noyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.️Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Unga koʻra, Shamshetdin Bauatdinov Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti qozisi vazifasidan ozod etildi. Mazkur lavozimga qozi oʻrinbosari va “Imom Eshon Muhammad” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan Bahramatdin domla Razov tayinlandi. Shuningdek, yigʻilishda Shamshetdin Bauatdinovning masjidlarni obod etish, imom-domlalarning faoliyatini takomillashtirish, talabalarga munosib shart-sharoitlar hozirlash va moʻmin-musulmonlarning ehtiyojlarini qondirish yoʻlidagi mehnatlari munosib eʼtirof etildi.Maʼlumot oʻrnida, Bahramatdin domla Razov Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti va Toshkent davlat sharqshu

Batafsil
Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili
Yangiliklar

Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili

Toshkent davlat yuridik universitetida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Davra suhbatida mamlakatimizda din masalasiga qaratilayotgan e’tibor, bu borada diniy tashkilotlarning o‘rni, dinimizning asl mohiyati, bugungi dunyo sahnasidagi notinch paytda yoshlarni nimaga e’tibor qaratish zarurligi xususida so‘z yuritildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Batafsil
Oʻzbekiston va Qozogʻiston muftiylari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar
Yangiliklar

Oʻzbekiston va Qozogʻiston muftiylari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Bugun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qozogʻiston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Navroʻzbay hoji Tagʻanuli janoblari bilan uchrashuv oʻtkazdi.Samimiy muloqot chogʻida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qozogʻiston bosh muftiysi Navroʻzbay hoji janoblariga Toshkent, Buxoro shaharlaridagi nufuzli tadbirlar va xalqaro konferensiyalarda faol ishtiroklari uchun tashakkur aytib, qozogʻistonlik ulamolarning xalqaro forumdagi chiqishlarini yuqori baholadilar. Oʻz navbatida Qozogʻiston bosh muftiysi samimiy taklif, xayrli duo va tilaklar uchun minnatdorlik bildirib, muvaffaqiyatlar tiladi.Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlik diniy-maʼrifiy jabhada ham izchil rivojlanib, xalqlarimiz oʻrtasidagi birodarlikni yanada mustahkamlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining oqilona siyosati tufayli oʻzaro munosabat

Batafsil
Talabalarning “turistik ta’tili” davom etmoqda
Yangiliklar

Talabalarning “turistik ta’tili” davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”dagi “turistik ta’tili” davom etmoqda.Bugun “Turizm (ziyorat turizmi)” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari Buxoro viloyatida joylashgan Xo‘ja Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga tashrif buyurishdi. Ularga mazkur kompleksda joylashgan maqbara va obidalar tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ma’lumki, Xo‘ja Bahouddin Naqshband – islom olamining eng mashhur avliyolaridan biri, naqshbandiya tariqatining asoschisi hisoblanadi. U milodiy 1318-yilning mart oyida Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. Xalq orasida Bahouddin, Bahouddinjon, Xoja Bahouddin, Bahouddin Balogardon, Balogardon, Xo‘jayi Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan ham mashhur.Sayohat davomida “Turizm (ziyorat turizmi)” taʼlim olayotgan talabalar Turkiya va Germaniya davlatlaridan tashrif buyur

Batafsil
Akademiyada doktor Hamza Bakriy ishtirokida malaka oshirish darslari boshlandi
Yangiliklar

Akademiyada doktor Hamza Bakriy ishtirokida malaka oshirish darslari boshlandi

Bugun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlari aqida fani ustozlari, ilmiy-tadqiqot markazlarining aqida va kalom yoʻnalishida izlanish olib borayotgan mutaxassislari uchun Turkiya Respublikasining Ibn Xaldun universiteti Ilohiyot fakulteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida malaka oshirish oʻquvlari boshlandi.Uch kun davom etadigan ushbu malaka oshirish oʻquvlarida tinglovchilar uchun doktor Hamza Bakriy ishtirokida XI–XII asrlarda yurtimizda yashab ijod qilgan alloma Abulmuayyad Ahmad ibn Mahmud Nasafiy qalamiga mansub “Al-Manzuma ar-roiya” nomli kalom ilmiga oid nazmiy asarni sharhlash asosida zamonaviy mutaassib oqimlarning gʻoyalariga raddiya berish metodologiyasi yuzasidan maʼruzalar tashkil qilinishi koʻzda tutilgan.

Batafsil
Akademiya vakillari Mir Arab oliy madrasasida daraxt ko‘chatlari ekishdi
Yangiliklar

Akademiya vakillari Mir Arab oliy madrasasida daraxt ko‘chatlari ekishdi

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasida barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi vakillari o‘zaro uyushqoqlik, shijoat bilan yurtimiz maskanlarini yanada obod etish uchun o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.Mir Arab oliy madrasasiga qarashli hududda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligida kuzgi daraxt ekish jarayoni tashkil etildi.Akademiya vakillari hududda obodonlashtirish ishlarini olib borishdi. Manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Batafsil
“Buxoro – islom sivilizatsiyasi gavhari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
Yangiliklar

“Buxoro – islom sivilizatsiyasi gavhari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Mir Arab oliy madrasasida “Buxoro – islom sivilizatsiyasi gavhari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.Buxoro viloyatining ziyorat turizmi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro konferensiyani Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berib, turizm rivojlanishining xalq farovonligini oshirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Kun tartibiga binoan anjumanda O‘zbeskiton Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Akademiyadan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, “Turizm (ziyorat turizmi) va “Dinshunoslik” yo‘nalishlari talabalari, Buxoro davlat universite

Batafsil
Ko'rinish