O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Mir Arab oliy madrasasi bilan Anglashuv memorandumi imzolandi
Yangiliklar

Mir Arab oliy madrasasi bilan Anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Mir Arab oliy madrasasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Mir Arab oliy madrasasida bo‘lgan uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov, ikki ta’lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi. Anglashuv memorandumining maqsadi – ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni takomillashtirish, tomonlarning hamkorlikda talabalarni amaliyotini tashkil qilishdan iborat. Shu bilan birga, konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy seminarlar va tadbirlar tashkil etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, oliy ta’lim jarayonlariga innovatsion g‘oyalar va yangi tashabbuslarni tatbiq etish hisoblanadi.Uchrashuvda Akademiya rektori Mir Arab oliy madrasasining 500 yilligi bilan muborakbod etib, muassasa ishiga muvaffaqiyat tiladi. Samimiy muloqot davomida Akademiya r

Batafsil
Akademiyada “Yosh trener” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Akademiyada “Yosh trener” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yosh trener” musobaqasi o‘tkazildi.Mazkur musobaqa “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi hamda Akademiya psixologi tomonidan tashkil etildi. Yosh, bo‘lajak mutaxassislarda sog‘lom raqobat hissini tarbiyalash, jamoaviy psixologik muhitni ta’minlash, psixologik muammolarda treninglardan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada jami to‘rtta jamoa o‘zaro bellashishdi. Musobaqa g‘oliblari diplom hamda “Eng pozitiv ishtirokchi”, “Eng faol jamoa” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Batafsil
Talabalar “turistik ta’til” doirasida Samarqand viloyatida bo‘ldi
Yangiliklar

Talabalar “turistik ta’til” doirasida Samarqand viloyatida bo‘ldi

Joriy yilning 25-28-noyabr kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Turizm (ziyorat turizmi)” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “turistik ta’til” joriy etildi. Ta’til davomida Akademiya professor-o‘qituvchi va talabalarining Buxoro viloyatida “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”da ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bugun Samarqand viloyatida joylashgan madaniy meros obyekti – Xo‘ja Doniyor maqbarasida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Mahfuza Alimova tomonidan “Doniyor payg‘ambar tarixi to‘g‘risida turli ilmiy-tarixiy qarashlar” mavzusida sayyor dars mashg‘uloti tashkil etildi.Mazkur ekskursiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori

Batafsil
Turkiy davlatlar ulamolarining birinchi forumi muvaffaqiyatli oʻtdi
Yangiliklar

Turkiy davlatlar ulamolarining birinchi forumi muvaffaqiyatli oʻtdi

Bugun poytaxtimizdagi “InterContinental” mehmonxonasida “Moturidiylik va hozirgi zamon” mavzuida turkiy davlatlar ulamolari birinchi forumi boʻlib oʻtdi. Unda Turkiy davlatlar musulmon idoralari rahbarlari, muftiylari, turkiy dunyoning obroʻ-eʼtiborli ulamolari hamda islomshunos tadqiqotchilari ishtirok etdi.Forumni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Uygʻun Gʻafurov olib bordi. Dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov soʻzga chiqib, dinimiz sofligini asrash, moʻmin-musulmonlar hamjihatligini mustahkamlash, turli yot gʻoyalarga qarshi ilmiy va asosli munosabat bildirishdek muhim vazifalarni oʻz ichiga olgan forum ishiga muvaffaqiyat tiladi. Ilmiy anjuman davomida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Ali E

Batafsil
Akademiyada “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Akademiyada “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Havo sovib borgan sayin isitish moslamalariga ehtiyoj ortib boradi. Shu davrda tabiiy gaz yoki muqobil yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish hajmi keskin oshgani sababli uy-joyda, tunda insonlar qoladigan joylarda ehtiyot choralariga amal qilmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Isitish muammosi bilan bog‘liq fojialarning tez-tez bo‘lib turishi sababli qish fasli yilning eng tashvishli mavsumi hisoblanadi.Bir necha yillardan beri har yili aynan qish mavsumi arafasida mamlakatimizda yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” hamda bugun

Batafsil
Poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining yigʻilishi boshlandi
Yangiliklar

Poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining yigʻilishi boshlandi

Bugun poytaxtimizda Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining toʻrtinchi yigʻilishi boshlandi.Anjuman Qurʼoni karim tilovati bilan ochildi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yigʻilishni ochib berdilar.Xalqaro tadbirda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbosh, Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi, bosh muftiy Navroʻzbay hoji Tagʻanuli, Qirgʻiziston musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi raisi Abdimanap Masaliyev hamda Turkmaniston muftiysi Yalkap Xodjaguliyev, shuningdek, turkiy davlatlar ulamolari, diniy soha vakillari ham ishtirok etmoqda.

Batafsil
Akademiya vakili xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya vakili xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

USAIDning Oʻzbekistondagi Huquqiy islohotlar dasturi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” doirasidagi “Kompleks gender yondashuvi gender tengligiga erishishning samarali vositasi sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.Konferensiyada respublikamiz hamda xalgaro tashkilor va xorijiy muassasalar olimlari, ekspertlar qatnashdi.Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova ishtirok etib, “Jamiyatda ma’naviy tarbiya va gender tenglikni ta’minlashda din omilining ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.Konferensiyada eʼtirof etilganidek, “Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” har yili fuqarolik jamiyati tashabbusi bilan oʻtkaziladigan xalqaro targʻibot ka

Batafsil
Muftiy hazratga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Yangiliklar

Muftiy hazratga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shu yil 23-noyabr kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining Yoshlar ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.Muhammadolim Muhammadsiddiqov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Misr Arab Respublikasining Qohira davlat universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.Muhammadolim Muhammadsiddiqov oʻz faoliyati davomida Din ishlari boʻyicha qoʻmita boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori, kafedra mudiri vazifalarida mehnat qilgan.Siyosiy fanlar doktori (DSc), professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov 2023-yil yanvar oyidan hozirga qadar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.Alloh taolo Muhammadolim Muhammadsiddiqovga yangi lavoz

Batafsil
Akademiya psixologi respublika psixologlarining ilmiy-amaliy anjumanida qatnashdi
Yangiliklar

Akademiya psixologi respublika psixologlarining ilmiy-amaliy anjumanida qatnashdi

“Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab bir qator tadbirlar, uchrashuv va seminarlar tashkil etilmoqda. Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Hozirgi zamon psixologlari. Muammo va yechimlar” mavzusida respublika psixologlarining ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjumanda Respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarining 160 nafardan ortiq psixolog mutaxassislari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi psixologi, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulruh G‘aniyeva ishtirok etdi. Rasmiy ochilish marosimidan soʻng ishtirokchilar tomonidan inson psixologiyasi, psixologik yondashuv metodlari, bolalar hamda oʻsmirlar psixologiyasini oʻrganishga bagʻishlangan bir qator maʼruzalar oʻqib eshittirildi va mavzular yuzasidan fikr almashinildi. Seminar yakunida esa ishtirokchilarni Samarqand davlat tibbiyot universit

Batafsil
“Radikal toifa: soxta salafiylar tahdidi” mavzusida navbatdagi ma’naviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
Yangiliklar

“Radikal toifa: soxta salafiylar tahdidi” mavzusida navbatdagi ma’naviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Radikallashuv va yot gʻoyalarga qarshi kurashish hamda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish” oʻnkunligi o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida turli mavzularda davra suhbatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Bugun o‘nkunlik doirasida “Radikal toifa: soxta salafiylar tahdidi” mavzusida navbatdagi ma’naviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida tashkil etilayotgan tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, ekspert sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasining Dinshunoslik ekspertizasi boshqarmasi masʼul xodimi Jamshid Aliyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Fatvo markazi bosh mutaxasissi Saidjamol Masaidov, rektor maslahatchisi

Batafsil
Talabalar o‘rtasida “Intelektual ring” musobaqasi boʻlib o‘tdi
Yangiliklar

Talabalar o‘rtasida “Intelektual ring” musobaqasi boʻlib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar o‘rtasida “Intelektual ring” musobaqasi boʻlib o‘tdi.Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.“Chet tillari” kafedrasi oʻqituvchilari D.Xasanova hamda A.Xafizov tomonidan tashkil etilgan musobaqada talabalar 6 ta guruhga ajralgan holda jami olti kategoriya asosida savollarga javob berdilar. 2-bosqichda saralangan uch jamoa jami besh kategoriya bo‘yicha savollarga javob berdi.Mazkur tanlov yoshlar oʻrtasida kino, teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy, sirk, xalq amaliy sanʼati va estrada sanʼatini rivojlantirishga, ularning gʻoyaviy-badiiy va axloqiy saviyasini oshirishga koʻmaklashish har bir pedagogning vazifasidir tizimini yanada rivojlantirish hamda toʻrtinchi tashabbus doirasida tas

Batafsil
Doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
Yangiliklar

Doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchanlik institutining tegishli ixtisosliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Dinshunoslik”, “Din psixologiyasi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot”, “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishyapti.Shuningdek, nogironligi bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili fanidan suhbat ham tashkil etiladi.Talabgorlar mazkur ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish maqsadida joriy yilning 25-noyabrga qadar belgilangan taqvim reja asosida ixtisoslik fanlaridan imtihon topshirishadi.Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtis

Batafsil
Ko'rinish