O‘zbekistonda yangi iqtisodiy islohotlar sharoitida ziyorat turizmini rivojlantirish: muammolar va istiqbollar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekistonda yangi iqtisodiy islohotlar sharoitida ziyorat turizmini rivojlantirish: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda ziyorat turizmini yanada rivojlantirish masalalari haqida so‘z bordi.Konferensiyani Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berib, turizm rivojlanishining xalq farovonligini oshirishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Kun tartibiga binoan anjumanda Akademiya prorektorlari, dekanlari va kafedra a’zolari hamda Indoneziyaning Valisongo Semarang davlat islom universiteti, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Misr, Rossiya Fede
Batafsil
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining tabrigi
Assalom-u alaykum, aziz talabalar!Bugun yurtimizda katta shodiyona. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi hamda Siz, aziz yoshlarning bayramingiz – “Xalqaro talabalar kuni” mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.Tarixdan maʼlumki, Vatan ramzlari doimo ulugʻ va muqaddas sanalgan. Bayroq hamisha insonlarni yakdillikka, ulugʻ maqsad yoʻlida birlashishga chorlagan. Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida eʼzozlangan. Zero, bayroq har bir xalq, millatning shonli oʻtmishi va buyuk kelajagi, asriy anʼana va urf-odatlarini oʻzida aks ettirgan. Bugun Yangi Oʻzbekiston dunyo sahniga kuchli salohiyat, munosib obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan, har tomonlama obod va farovon mamlakat sifatida jadal odimlamoqda. Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, “Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal va keng koʻlamli islohotlar yurtimizda yangi davrni – Yangi Oʻzbekiston davr
Batafsil
Muqaddasdir Vatan bayrog‘i
Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsoli sanaladi. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Shu bois, bayroq yoki gerbimizga nazar solganimizda, madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azm-u shijoatimiz oshganini his etamiz.Joriy yilda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat suverenitetining ramzi bo‘lib tarixdan o‘rin egalladi.Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligini keng nishonlashga tayyor
Batafsil
Akademiya Jamoatchilik kengashining yangi a’zolari tanishtirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya Jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yigʻilishni jamoatchilik kengashining raisi Iqbol Mirzaaliyev ochib berdi.Shundan so‘ng Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov so‘zga chiqib, Kengash aʼzolari respublikada madaniyat, ilm-fan taraqqiyotiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan mutaxassislardan tashkil topgani va Akademiya faoliyatining samaradorligini oshirishda jamoatchilik kengashi aʼzolarining fikr va takliflari muhim ekanligini taʼkidlab, 2023-2024 oʻquv yilida jamoatchilik kengashining oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, kengash tarkibida oʻzgarishlar boʻlganligi va amalga oshiriladigan vazifalar koʻlamini inobatga olib, tarkibga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining professori, yuridik fanlari doktori Gulchehra Matkarimova, Respublika Oila va xotin-qizlar ilmi
Batafsil
Akademiyada bayram tadbirlari o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi hamda “Oltin davrim” shiori ostida “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Bayram saylini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ochib berdi. – Tarixdan maʼlumki, Vatan ramzlari doimo ulugʻ va muqaddas sanalgan, – dedi Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov. – Bayroq hamisha insonlarni yakdillikka, ulugʻ maqsad yoʻlida birlashishga chorlagan. Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida eʼzozlangan. Zero, bayroq har bir xalq, millatning shonli oʻtmishi va buyuk kelajagi, asriy anʼana va urf-odatlarini oʻzida aks ettirgan. Hozirgi tinch va osoyishta davrda davlatimiz bayrogʻining mustaqillik va milliylik timsoli sifatida vatanimiz
Batafsil
Akademiyaning “Yosh psixologlar” jamoasi intellektual tanlovda sovrindor bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida respublika oliy va oliy harbiy ta’lim muassasalari talaba va kursantlari o‘rtasida “Psixologiya bilimdoni” intellektual tanlovi o‘tkazildi.Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Yosh psixologlar” jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Quvonarlisi, tanlovda Akademiyaning “Yosh psixologlar” jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi talabalarning mazkur yutuqlari bilan muborakbod etadi. Ularning o‘qish va kelgusidagi faoliyatlariga omad tilaydi.
Batafsil
“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasidagi tadbirlar Respublika boʻylab keng koʻlamda oʻtkazilmoqda
Respublika umumtaʼlim maktablarida “Milliy anʼana va udumlar” koʻrgazmalari, “Bagʻrikenglik mening nazdimda” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovlari, “Mening bagʻrikeng dunyoim” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovlari, bagʻrikenglikni targʻib qiluvchi sheʼrxonlik kechalari o‘tkazilmoqda.Shuningdek, respublika oliy taʼlim muassasalarida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”, “Diniy maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik – jamiyat barqarorligi sharti” mavzularida ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbirlar, “Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik – umrboqiy qadriyatlar” mavzusida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi istirohat bogʻlari hamda boshqa madaniy hordiq chiqarish joylarida “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” nomi ostida konsertlar, qardosh xalqlar yozuvchilari, shoirlari va rassomlarining badiiy asarlari va “Tasviriy oy
BatafsilDinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi omili
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik, millatlararo totuvlik hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yo‘lida mehnat qilib kelishmoqda. Har yili 16-noyabr – “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” ko‘pmillatli yurtimizda an’anaviy ravishda keng nishonlab kelinadi. Shu bois, sana munosabati bilan joriy yilning 13-19-noyabr kunlari yurtimiz boʻylab “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkazilmoqda.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi omili” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro onlayn seminar ham buning yaqqol namunasidir.Mazkur seminar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Malayziya islom ilmlari universiteti hamda Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-turk xalqaro universiteti hamkorligida tashkil etildi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademi
Batafsil
Davlat bayrogʻi – millat iftixori
18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN Bugun Din ishlari boʻyicha qoʻmitada 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Davlat bayrogʻi – millat iftixori” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.Tadbirni Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov tabrik nutqi bilan ochib berdi. Shundan soʻng Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Shoislom Akmalov tomonidan davlatimiz bayrogʻining tarixi, shakllanish bosqichlari, ahamiyati va oʻziga xosligi kabi mavzularda fikrlar bildirildi.Qoʻmita raisi oʻrinbosari Dilbar Gʻulomova tomonidan ham bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, obodlik, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bagʻishlashi xususida soʻz yuritdi.Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda boʻl
Batafsil
Dunyoning eng boy qo‘lyozmalar majmuasiga 80 yil to‘ldi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida institut tashkil etilganining 80 yillik yubileyiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ishtirok etib, institut vakillarini qutlug‘ sana bilan tabrikladi.Tadbirda Fanlar akademiyasi tizimidagi institut va muzeylar, bir nechta OTMlar, boshqa bir qator mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 1943-yil Oʻzbekiston Davlat xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasi) ning Sharq boʻlimi asosida tashkil topgan va 1950-yilgacha Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish instituti deb atalgan. 1950-yilda esa Institutda olib borilayotgan ilmiy sohalar qamrovini hisobga olib, Sharqshunoslik inst
Batafsil
Millatlararo va dinlararo bagʻrikenglik – samarali hamkorlikning muhim omili
1995-yil 16-noyabrda UNESCO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida “Bag‘rikenglik tamoyillari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya qabul qilinib, ushbu sana “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida dunyo xalqlari tomonidan keng nishonlab kelinadi. Boisi, bag‘rikenglik – tinchlik va totuvlik, taraqqiyot asosi.Mamlakatimizda ham o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va inoqlik hamisha qadrlanib kelinadi. Zero, nafaqat oilalar balki, kengroq miqyosda davlat va mamlakatlar orasidagi yaqin hamkorlik va do‘stona munosabatlar har qanday nifoqqa chek qo‘yadi. Mushtarak maqsadlar esa, elni, yurtni taraqqiyotga, farovonlikka boshlaydi. Shu ma’noda, 16-noyabr – “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” ko‘pmillatli yurtimizda an’anaviy ravishda keng nishonlanib kelinadi.16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni munosabati bilan joriy yilning 13-19-noyabr kunlari yurtimiz boʻylab “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkazilmoqda.Bugun haftalik d
Batafsil
“Bagʻrikeng diyor” nomli fotokoʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Bagʻrikenglik haftaligi doirasida 15-noyabr kuni Toshkent Fotosuratlar uyida “Bagʻrikeng diyor” nomli fotokoʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.Ushbu koʻrgazmada 60 ga yaqin fotoasarlar tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilgan boʻlib, unda Oʻzbekistonda mavjud yirik diniy konfessiyalar rahbarlarining oʻzaro doʻstona aloqalarini, mamlakatimizdagi turli diniy tashkilotlar, ibodatxonalar, ularning emin-erkin faoliyatini, bayram va tantanalar, diniy urf-odatlarni namoyish etuvchi fotosuratlar jamlangan.Koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar tomonidan tomoshabinlar diqqatiga havola etilayotgan fotoasarlarda yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik aks ettirilgani haqida soʻz yuritildi.Manba: Din ishlari boʻyicha qoʻmitaAxborot xizmati
Batafsil