Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Kengash majlisini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.Ma’lumki, muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi.Akademiya rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov majlisni ochib berarkan, o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekanini qayd etdi.Dastlab Akademiyaning bir guruh professor-o‘qituvchilariga ilmiy darajalari berilgan diplomlar topshirildi.Shundan so‘ng Akademiya
Batafsil
Radikallashuv va yot gʻoyalarga qarshi kurashish hamda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish dolzarb masala
XXI asrni axborot texnologiyalari va jahon axborot tarmog‘isiz tasavvur qilish mushkul. Globallashuv davrida axborotlar oqimi bois, yoshlar keng bilimga ega bo‘lish barobarida tobora kuchayib borayotgan maʼnaviy tahdid va xatarlarga duch kelyapti. Ularni axborot xurujlaridan asrash esa eng asosiy vazifaga aylandi. Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamda “Ziyo” media markazi hamkorligida “Radikallashuv va yot gʻoyalarga qarshi kurashish hamda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish” mavzusida oʻn kunlik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida 15-noyabrdan oy oxiriga qadar oʻtkaziladigan uchrashuvlarda ijtimoiy-siyosiy, diniy, madaniy-maʼrifiy sohada nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosida t
Batafsil
Akademiya vakillari “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Xabar beganimizdek, poytaxtimizdagi “Intercontinental” mehmonxonasida 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.Marosimda diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlarining bir guruhi “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilariga mazkur ko‘krak nishoni topshirildi.Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov;– Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov;– Malaka oshirish markazi rahbari Husniddin Axmedov;– Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqi
Batafsil
Bir guruh ulamo va soha xodimlariga “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni topshirildi
Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon mazkur sana butun dunyoda Xalqaro bag‘rikenglik kuni sifatida nishonlanadi.2019-yildan e’tiboran ushbu sana O‘zbekistonda haftalik tarzida keng nishonlanib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 13-19-noyabr kunlari yurtimiz boʻylab Bagʻrikenglik haftaligi oʻtkazilmoqda.Haftalik doirasida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, ko'rgazma va taqdimotlar hamda boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizdagi “Intercontinental” mehmonxonasida 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.Marosimda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, bir qator tashkilotlar, milliy madaniy markaz rahbarlari va konfessiya vakillari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov va Akademiya vakil
Batafsil
Bagʻrikeng Oʻzbekiston – umumiy uyimiz
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 13-19-noyabr kunlari yurtimiz boʻylab Bagʻrikenglik haftaligi oʻtkaziladi. Ushbu haftalik doirasida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Bagʻrikeng Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida Xalqaro press-klub boʻlib oʻtdi. Unda bir qator tashkilotlar, milliy madaniy markaz rahbarlari va konfessiya vakillari ishtirok etdi. Spikerlar mamlakatimizda olib borilayotgan millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik siyosatiga yuqori baho berib, yurtimizda keng nishonlanadigan “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida boʻlib oʻtadigan tadbirlar xalqlarimiz orasidagi doʻstlik rishtalarining rivoj topishiga, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidlashdi.Manba:Din ishlari boʻyicha qoʻmitaAxborot xizmati
Batafsil
Akademiya talabalari ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Besh tashabbus olimpiadasi” munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi o‘tkazildi. Unda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik va Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talaba-yoshlari g‘oliblik uchun bellashishdi.Tanlov Akademiya hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Soʻnggi yillarda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar koʻlami tobora ortib bormoqda. Mustaqil fikrlovchi, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, oʻz yurti va xalqiga fidoyi barkamol avlod taʼlim-tarbiya bugun har qachongidan-da muhim. Ma’lumki, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi yoshlarimiz orasida tobora ommalashib bormoqda. Joriy yilda mazkur tanlovga 30 yil toʻladi. Bu vaqt davomida tanlovda ishtirok etgan koʻplab isteʼdodli
Batafsil
Samarqand birdamlik tashabbusi – xalqaro hamkorlik va sivilizatsiyalararo global muloqot platformasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi nutqida bayon etilgan barcha g‘oya va tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetida “Samarqand birdamlik tashabbusi – xalqaro hamkorlik, sivilizatsiyalararo global muloqot platformasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Mazkur davra suhbatida ShHT Xalq diplomatiyasi markazi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ekspertlari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matullo Muhamedov ishtirok etdi.Tadbirda “Samarqand birdamlik tashabbusi”ning mazmun mohiyati, madaniyatlararo muloqotni ta’minlashda BMT tuzilmalari bilan hamkorlik masalalari, O‘zbekistonning millatlararo munosabatlar sohasidagi xalqaro hamkorligi
Batafsil
Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!
Ayni kunlarda davlatimiz rahbari respublikamiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiridagi nutqida ilgari surgan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” g‘oyasi asosida butun yurtimiz bo‘ylab “Maʼnaviyat marafoni” o‘tkazilmoqda.Shu maqsadda “O‘zbekgidroenergo” AJ katta majlislar zalida “Maʼnaviyat maʼrafoni”ga hamohang tarzda “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, Respublika “Oqila ayollar” harakati aʼzosi Farida Abdurahimova, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Matluba Qahhorova dolzarb mavzudagi maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.Maʼruzachilar o‘z nutqida, ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda aholini ijt
Batafsil
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI
Qadrli jamoadoshlar, hurmatli professor-oʻqituvchilar! Aziz talaba-yoshlar!Avvalo, siz azizlarni va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi kasaba uyushmalari boshlangʻich tashkilotining barcha aʼzolarini mamlakatimizda nishonlanayotgan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!Bugungi kunda yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida “Inson qadri uchun!” tamoyili asosida butun xalqimiz va mehnat jamoalari xodimlari hamda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ishlari yangi bosqichga koʻtarildi. Xususan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi alohida yondashuvlar asosida jamiyatimiz har bir aʼzosi hayoti va faoliyatiga muhim eʼtibor qaratilmoqda. Shunga koʻra, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ahil va inoq jamoasi har bir xodimining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash, ularning yos
Batafsil
Akademiya oʻqituvchisi taqdirlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” deb eʼlon qilinib, har yili ushbu kunni bayram sifatida nishonlash kasaba uyushmalarining anʼanalaridan biriga aylandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining katta majlislar zalida “11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Federatsiya tomonidan oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar gʻoliblari hamda “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” va “Ehtirom nishoni”ga sazovor boʻlgan kasaba uyushmalari xodimlari, faollari hamda shifokorlar, oʻqituvchilarni ham taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, tadbirda paralimpiya gʻoliblariga ham turli diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.Ahamiyatlisi, mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA” kafedrasi mudiri
Batafsil
O‘z kasbining fidoyilariga ehtirom
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “O‘z kasbining fidoyilariga ehtirom” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasasida mehnat qilib, ayni paytda nafaqada bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.O‘zbekiston kasaba uyushmalari Toshkent shahar kengashining Akademiyadagi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Unda mazkur dargohda uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan, oliy ta’lim muassasasida mehnat qilib, ayni paytda nafaqada bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga bayram munosabati bilan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.O‘zbekiston xalqaro islom aka
Batafsil
Oʻzbekistonda “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkaziladi
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda 16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab, joriy yilning 13-19-noyabr kunlari respublikaning barcha hududida “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazadi. Haftalik doirasida Respublika umumtaʼlim maktablarida “Milliy anʼana va udumlar” koʻrgazmalari, “Bagʻrikenglik mening nazdimda” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovlari, “Mening bagʻrikeng dunyoim” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovlari, bagʻrikenglikni targʻib qiluvchi sheʼrxonlik kechalari;Respublika oliy taʼlim muassasalarida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”, “Diniy maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik – jamiyat barqarorligi sharti” mavzularida ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbirlar, “Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik – umrboqiy qadriyatlar” mav
Batafsil