Toshkentda “Bolalar va yoshlar harakatda – Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi
Forumda Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Turkiya Respublikasining birinchi xonimi Emine Erdogʻan, Eron Islom Respublikasi Prezidentining rafiqasi Jamile Alamulhudo, Qirgʻiz Respublikasining birinchi xonimi Aygul Japarova, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, yosh ekofaollar ishtirok etdi.Bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlariga qarshi kurashishdagi o‘rnini e’tirof etishga bag‘ishlangan forum ochilishida O‘zbekistonning birinchi xonimi va “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollarga murojaat qilar ekan, shunday dedi:“Forumning bosh ishtirokchilari – sizlar. Bugun bu yerda sizlarning toza, sog‘lom va barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligingizni e’tirof etish maqsadida yig‘ildik. Qo‘shnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini
Batafsil
Akademiya rektori respublika ilmiy-amaliy anjumanida ma’ruza qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida “Nosirxon toʻra Saidkamol toʻra oʻgʻlining faoliyati va ilmiy merosining milliy davlatchilik tarixidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Uyg‘un G‘afurov ishtirok etib, ma’ruza qildi.Tadbir Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Anjumanda Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, Toʻron fanlar akademiyasining Akademigi Abdulhakim qori Matqulov, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruv raisi, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sh
Batafsil
Inson qadri va qadriyatlar hikmati
Davlatimiz rahbari olib borayotgan islohotlarning asl maqsadi inson qadri va milliy qadriyatlarga katta eʼtibor qaratishga asoslangan. ”Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” tamoyilining amaldagi isboti esa kundalik turmushimizning har bir soniyasida aks etib bormoqda.Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Inson qadri va qadriyatlar hikmati” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbatida ham ana shu xususda so‘z bordi.“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, kafedra a’zolari, “Milliy tiklanish” demokratik demokratik partiyasi raisining oʻrinbosari Feruza M
Batafsil
Akademiya rektori Samarqand shahridagi xalqaro kongressda nutq so‘zladi
Samarqand shahrida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” VII Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda bir qator milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar, mutaxassis va olimlar bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham ishtirok etdi. Akademiya rektori anjumanda nutq so‘zladi.Ma’lumki, mazkur tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har yili 300 dan ortiq xorijlik va mahalliy olimlar ishtirokida o‘tkaziladi.Anjuman doirasida “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumidan 61-70 jilddan iborat 10 ta yangi kitob taqdim etiladi. Kongressning ilmiy qismi 5 ta xalqaro konferensiyadan iborat. Unda 120 ga yaqin maʼruzalar tinglanadi. “Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumidan 10 ta yangi kitob taqdim eti
Batafsil
Akademiya vakillari Toshkent davlat yuridik universitetida ma’ruza qildi
Toshkent davlat yuridik universitetida“Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari – Farhod Karimov hamda Shoislom Akmalov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.Uchrashuvda yurtimizda din masalasiga qaratilayotgan e’tibor, bu borada diniy tashkilotlarning o‘rni, dinimizning asl mohiyati xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilib, bu borada qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Batafsil
Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy jarayonlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, kafedra mudiri Farhod Karimov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Uchrashuvda Markaziy Osiyo xalqaro instituti Siyosiy tadqiqotlar va mintaqa xavfsizligini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Turdiqul Butayarov ma’ruza qildi.Turdiqul Butayarov 1994-1996-yillarda Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida birinchi kotib, 1996-1998-yillarda Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida maslahatchi, 1998-2000-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi kotibi oʻrinbosari, 2000-2008-yillarda Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lav
BatafsilTurizm qo‘mitasi bilan Anglashuv memorandumi imzolandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda Turizm qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. Ziyorat turizmi sohasida kadrlar tayyorlash, bu yo‘nalishda xorijiy ekspertlar bilan uzviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, Qo‘mita mutaxassislari bilan birgalikda Akademiya talabalari ishtirokida ziyoratgohlar va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘llanma hamda
Batafsil
Akademiyada “Milliy qadriyatlar kuni” nishonlandi
Bugungi kunda turli mafkuraviy xurujlardan himoyalanish, asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an’analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash muhim ahamiyat kasb etadi.Zero, maʼnaviyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri milliy qadriyatlarimiz hisoblanadi. Qadriyatlar yuqorida taʼkidlaganimizdek, oʻtmish bilan hozirgi kun oʻrtasidagi vorisiylikni taʼminlaydi. Xalqimiz madaniy merosi, anʼanalari, urf-odatlari bizlar uchun faqat oʻtmishdan qolib kelayotgan yodgorlikkina emas, barcha maʼnaviy boyliklarning tarkibiy qismi, inson aql-idroki va tafakkurining buyuk yutugʻi hamdir. Har bir millat va elat ajdodlaridan qolgan bilim boyliklaridan, tajriba va tarixiy saboqlaridan, odob-axloq, taʼlim-tarbiyaga oid oʻgitlari va yoʻl-yoʻriqlaridan kelajagini yaratishda qoʻllaydi.Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq qadriyatl
Batafsil
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni
“XXI asr ayoli” festivali doirasida “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Hukumati aʼzolari, vazirlik, idora va tashkilotlar mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimalar, ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi ayollar, oliy oʻquv yurtlari talaba xotin-qizlari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza Shoaliyeva ham ishtirok etdi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy ishlanmalari,
Batafsil
Akademiya professor-oʻqituvchilari Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universitetida bo‘lishdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” hamda “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedralari professor-oʻqituvchilari Qozogʻiston Respublikasi Turkiston shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universitetida ilmiy safarda boʻlishdi.Safar Turkiston viloyatidagi Arslonbob maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Arslonbob (qozoqcha–Arstanbob) maqbarasi Turkiston shahridan 60 kilometr uzoqda boʻlib, oʻrta asrlarga oid Oʻtror (Atirau) aholi punkti yaqinidagi kichik qishloqda joylashgan. Bu islom dinida hurmatga sazovor joylardan biri boʻlib, hozirgi kunda Qozogʻistonda davlat tomonidan himoyalangan muqaddas ziyoratgoh va sayyohlik markazi sanaladi. Arslonbob maqbarasida kichik muzey boʻlib, u yerda oʻrta asrlarga oid islom meʼmorchiligi namunalari – yogʻoch oʻymakorligi, chillaxona inshooti, qabrtosh bitiklari, qoʻlyozmalar, sufiylarga xos ash
Batafsil
Termiz davlat universitetida “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda
Bugun Termiz davlat universitetida O‘zbekiston oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusida seminar tashkil etildi.Unda yurtimizdagi 150 ta OTMdan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza Shoaliyeva ham ishtirok etmoqda.Seminarda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar, ularning erishayotgan yutuqlarini mamnuniyat bilan e'tirof etishdi.Ushbu seminarga respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari tashrif buyurgan bo‘lib, seminar davomida ishtirokchi moderatorlar tomonidan “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash”, “Milliy libos – millat ko‘zgusi”, “Xotin-qizlar orasida psixologik va huquqiy
Batafsil
Akademiya talabasi “Yil ayoli” milliy tanlovida ishtirok etdi
Chilonzor tumani hokimligida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich rus guruhi talabasi Nodira Normamatova ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.Shuningdek, tanlovda “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori” va “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkor ayol” nominatsiyalari boʻyicha 15 nafar ilgʻor ayollar ishtirok etishdi.Tanlov j
Batafsil