O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Ichki ishlar xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Yangiliklar

Ichki ishlar xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.Malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad xodimlarning ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash hamda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar orasida radikallashuvni oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.Ushbu o‘quvlarda “O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash, radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili”, “Zamonaviy islom manbalarida radikalizm va ekstremizmning qoralanishi”, “Yoshlarni ijtimoiy tarmoqla

Batafsil
Ispan nashri: Ipak yoʻli va Samarqand sehri. Nima uchun Oʻzbekiston sizning sayohatlaringiz roʻyxatida boʻlishi kerak?
Yangiliklar

Ispan nashri: Ipak yoʻli va Samarqand sehri. Nima uchun Oʻzbekiston sizning sayohatlaringiz roʻyxatida boʻlishi kerak?

Ispan tilidagi eng yirik “El Mundo” xalqaro gazetasida “Ipak yoʻli va Samarqand sehri. Nima uchun Oʻzbekiston sizning sayohatlaringiz roʻyxatida boʻlishi kerak?” sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.“Ushbu Markaziy Osiyo mamlakati mozaika bilan qoplangan ajoyib masjidlari va Ipak yoʻli tarixi bilan koʻplab sayohatchilarni oʻziga jalb qilib kelmoqda, – deyiladi maqolada. – Biz boshqa hech kimga oʻxshamaydigan marshrutlarni qidirayotganlar uchun Oʻzbekistonning betakror tarixiy shaharlari haqidagi muhim maʼlumotlarni ilindik”.Muallifga koʻra, mehmondoʻst va takrorlanmas Oʻzbekiston madaniyati, tarixi va goʻzal tabiati bilan juda mashhur. Oʻzbekistonga sayohat ochilmagan joylarni kashf qilishni va yangi sarguzashtlarni boshdan kechirishni istagan turistlar uchun ajoyib imkoniyat.“Oʻzbekistonning poytaxti Toshkent mamlakat tarixining jonli guvohi. Qadimgi Ipak

Batafsil
Chempion bilan uchrashuv
Yangiliklar

Chempion bilan uchrashuv

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chempion bilan uchrashuv” loyihasi doirasida xalqaro toifadagi sport ustasi, sambo va oʻzbek kurashi boʻyicha jahon chempioni Akobir Qurbonov bilan davra suhbati o‘tkazildi.Akobir Qurbonov 1975-yilning 29-iyulida Buxoroda tug‘ilgan. Sambo bo‘yicha to‘rt karra Osiyo chempioni, Jahon Universiadasi g‘olibi, Jahon kubogi sohibi, Jahon chempioni. Milliy kurash bo‘yicha jahon chempioni. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Davra suhbati davomida Akobir Qurbonov erishgan yutuqlari, bu sohaning mashaqqatli jihatlari, O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilgandagi his-hayajoni va bugungi kundagi faoliyatida haqida so‘z yuritdi.Tadbir davomida sportchi va talaba-yoshlar o‘rtasida qizg‘in savol-javob bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiya vakillari “Do‘ppi sayli”da ishtirok etdi
Yangiliklar

Akademiya vakillari “Do‘ppi sayli”da ishtirok etdi

Toshkent viloyati hokimligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida “Milliy qadriyat – mustaqillik poydevori” shiori ostidagi oʻzbek tili bayramining 34 yilligi munosabati bilan “DOʻPPI SAYLI” oʻtkazildi.Mazkur tadbirda o‘zbek milliy do‘ppichilik tarixi bo‘yicha taniqli mutaxassislar, olimlar va xattotlar bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari – Saidakbar Agzamxo‘jayev hamda Saidafzal Saidjalolov ham qatnashdi.Tadbirda viloyat hunarmandlari bilan bir qatorda Andijon, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahar hunarmandlari oʻzlarining ijod namunalari bilan ishtirok etdi.Oʻzbek milliy bosh kiyimi boʻlgan doʻppining paydo boʻlish tarixi va undagi turli shakllarni mazmun mohiyati toʻgʻrisida ma

Batafsil
O‘zbek tilshunosligining dolzarb yo‘nalishlari muhokama etildi
Yangiliklar

O‘zbek tilshunosligining dolzarb yo‘nalishlari muhokama etildi

Yurtimizda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni millat, ma’naviyat va ma’rifat bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Keyingi yillarda ona tilimiz mavqeyi va maqomini yuksaltirish borasidagi ishlar mutlaqo yangicha bosqichga ko‘tarildi.Mazkur sana munosabati bilan respublika bo‘ylab turli bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etiladi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham turli madaniy tadbirlar, ilmiy anjumanlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Shu maqsadda “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan “O‘zbek tilshunosligining dolzarb yo‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri, tarix fan

Batafsil
Akademiya vakillari “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumida ishtirok etishdi
Yangiliklar

Akademiya vakillari “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumida ishtirok etishdi

Ona tabiatga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, uni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, e’zozlash inson bolasining go‘daklik paytidanoq unga uqtirilishi kerak. Uning ong-u tafakkurida o‘zi yashayotgan, buyuk ajdodlaridan qolgan ozod va obod Vatanni munavvar aylash, ko‘rkiga ko‘rk, chiroyiga chiroy qo‘shish birinchi galdagi vazifa bo‘lib turishi lozim.Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, uning tub zamirida ham mana shunday maqsad mujassam. Bu, eng avvalo, insonlar qalbida undirilgan ertangi yorug‘ kunga umid, ezgu niyat nihollari bo‘lmoqda, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Zotan, xalqimizda qadim-qadimdan xonadonda farzand dunyoga kelsa, ezgu maqsad – yangi uy, yosh oila bunyod etish niyatida ko‘chat o‘tqazish an’anasi hanuz bardavom. Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavs

Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi kengaytirilgan shakldagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Kengash majlisini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi.Akademiya rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov majlisni ochib berarkan, joriy o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekanini qayd etdi.Shundan so‘ng Akademiya rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov hamda Yoshlar masalalari va ma’

Batafsil
“Men radikalizmga qarshiman” ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Yangiliklar

“Men radikalizmga qarshiman” ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli ko‘rik-tanlovining yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Islomshunoslik fakulteti hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ochib berdi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekani Jahongir Tohirov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi.Bugun dunyoning turli hududlarida ekstremistik kuchlarning natijasida be

Batafsil
Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli
Yangiliklar

Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ota-bobolarimizning azaliy orzusi ushalishiga sabab bo‘ldi. Oʻzbek tili Konstitutsiyamizda davlat tili sifatida rasman belgilab qoʻyilishi esa millatimiz, maʼnaviyatimiz tarixidagi eng katta yutuqqa aylandi. Chindan ham o‘zbek tilini rivojlantirish, e’zozlash, xalqaro nufuzini yanada oshirish borasida tarixiy ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu kabi ezgu sa’y-harakatlarda faollik ko‘rsatish, davlat tiliga kuyinchaklik bilan munosabatda bo‘lish har birimizning muqaddas burchimiz sanaladi.Darhaqiqat, til – millat ko‘zgusi. U har bir millatning qadrli boyligi, ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita. Tilning davomiyligi, umrboqiyligini shu tilda so‘zlovchilarning milliy g‘ururi, kuch-qudrati, adabiyoti va san’ati belgilaydi, deyish mumkin. Mamlakatimizda har yili 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat t

Batafsil
21-oktabr – “Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining  TABRIGI
Yangiliklar

21-oktabr – “Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI

Assalom-u alaykum, hurmatli professor-oʻqituvchilar, aziz talaba-yoshlar!Bugun oʻzbek tili dunyo minbarlarida yangramoqda. Ona tilimiz nufuzi, xalqimiz dovrugʻi va mamlakatimiz shon-shavkati olamga mashhur. Zero, davlatimiz ozod, elimiz hur-erkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi hamda joriy yilning 19-sentabrida oʻtgan 78-sessiyasida dunyoning bosh minbaridan jahon afkor ommasiga oʻzbek tilida murojaat qildi. Davlatimiz rahbarining ushbu nutqlari barcha yurtdoshlarimiz qalbida oʻzgacha gʻurur va iftixor tuygʻusini uygʻotgani shubhasiz. Binobarin, muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda “Bugungi kunda biz yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz”.Shu maʼnoda, yurtimizda 34 yilligi

Batafsil
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining Milliy reytingda yuqori oʻrinlarni egallagani munosabati bilan rektor Uygʻun Gʻafurovning Akademiya talabalari, professor-oʻqituvchilari va butun jamoasiga  TABRIGI
Yangiliklar

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining Milliy reytingda yuqori oʻrinlarni egallagani munosabati bilan rektor Uygʻun Gʻafurovning Akademiya talabalari, professor-oʻqituvchilari va butun jamoasiga TABRIGI

Yangi Oʻzbekistonda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan oliy taʼlim va diniy-maʼrifiy soha tizimida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda, xususan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yanada takomillashtirishga doimiy katta eʼtibor qaratilmoqda.2023-yil 19-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan respublikamiz oliy taʼlim muassasalarining umumiy Milliy reytingida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faxrli 2-oʻrinni (oʻtgan yili 7-oʻrin) egallashga muvaffaq boʻlgani barchamizni mamnun qildi.Eʼtiborlisi, Akademiyamiz oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari ilmiy salohiyati reytingida 70,74 foiz koʻrsatkich (oʻtgan yili 66,5 foiz) bilan 1-oʻrindagi yetakchilik mavqeyini yanada mustahkamlagan boʻlsa, ijtimoiy-gumanitar soha oliy taʼlim muassasalari reytingida

Batafsil
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yangi tahrirdagi nashrining taqdimoti o‘tkazildi
Yangiliklar

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yangi tahrirdagi nashrining taqdimoti o‘tkazildi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 6 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yangi tahrirdagi nashrining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Shayxontohur tuman bo‘limi rahbari Nilufar Alibayeva, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Zuhra Aripova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusidagi uchrashuvni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berdi.So‘zga chiqqanlar o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining tarixiy ahamiyati, yoshlarning tilimizga munosabati ha

Batafsil
Ko'rinish