O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi milliy reytinglarda yuqori o‘rinlarni egalladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’im, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan respublikamiz oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi hamda akademik litseylar reytingi e’lon qilindi.Oliy ta’lim muassasalarining 2022-yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ijtimoiy-gumanitar soha boʻyicha oliy taʼlim muassasalari reytingida esa 59,74 natija bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritildi. Ta’kidlash kerak, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘tgan yili 55,95 foizlik natija bilan respublikada 4-o‘rinda qayd etilgandi. O‘tgan yili O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 66,5 foizni tashkil etib, reytingda 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 70,74 foizni tashkil etdi. Akademiya mazkur natija bilan 1-o‘rinni yanada mustahkamladi. Ak
Batafsil
“Education USA” dasturining mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda
Poytaxtimizdagi “InterContinental” mehmonxonasida AQSh universitetlari hamda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlaridagi “Education USA” dasturining mintaqaviy forumi o‘tkazilmoqda.Har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan anjumanning asosiy maqsadi AQSh universitetlarining xalqaro faoliyati va ularning ilg‘or tajribasini o‘rganishga qaratilgan. Forumda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etyapti.Shuningdek, AQSh Davlat departamenti va 50 dan ortiq Amerika universitetlari vakillari, xususan, xalqaro hamkorlik boshqarmasi rahbarlari va xodimlari, marketing va chet el fuqarolarini AQSh universitetlarida o‘qishga jalb qilish bo‘yicha masʼullar hamda AQShning mamlakatimizdagi elchixonasi mutasaddilari ham qatnashdi.Forumda Amerika universitetlarining ta’lim dasturlari, ushbu universitetlarda o‘qishga kirish shartlari va tartibi
Batafsil
Akademiya rektori Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialida bo‘ldi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filialidagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishishdi.Akademiya rektori mintaqaviy filialda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holatini ko‘zdan kechirdi. O‘z navbatida taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi. Ma’lumot uchun aytish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzu
Batafsil
“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi talabalar uchun foydali bo‘lmoqda
Poytaxtimizdagi “Alpomish” muz saroyida “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan haftalikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi a’zolari talabalar bilan birgalikda ishtirok etishdi.Mazkur ekskursiya talabalarning olayotgan bilimlarini amaliy mohiyatini targʻib qilish, IT yangiliklari bilan yaqindan tanishish va soha mutaxassislari bilan bevosita muloqotda boʻlib, fikr almashish maqsadida tashkil etildi. Talabalar soha mutaxassislari bilan boʻlgan muloqotda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Batafsil
Akademiya o‘qituvchilari respublika ilmiy seminarida ma’ruza qilishdi
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida akademik Yahyo G‘ulomov nomidagi “O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi” Respublika ilmiy seminarining navbatdagi 79-umummilliy yig‘ini bo‘lib o‘tdi.“Toshkent vohasi qadimgi va o‘rta asrlarda” mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – Ne’matullo Muhamedov hamda Saidakbar Agzamxo‘jayev ishtirok etishdi.Shuningdek, seminarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofirjon Muhamedov, Tarix instituti direktori, professor Azamat Ziyo, Milliy arxeologiya markazi direktori Farxod Maqsudov, Sharqshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi O‘ktambek Sultonov, universiteti vakillari, turli davlat va jamoat tashkilotlari, hamkor muassasalar rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etd
Batafsil
Ichki ishlar xodimlariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.Mazkur o‘quvlarning birinchi kuni “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, “Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muxofaza qilishdagi dolzarb vazifalar” hamda “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.Malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad, ichki ishlar xodimlarining fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga
Batafsil
Din ishlari bo‘yicha qo’mita xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. O‘quvlarning ilk kunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori I.Bekmirzayev “Aqidaparast kontentlarga ilmiy asosda raddiya berish uslublari: xalqaro tajriba”, Akademiya dotsenti, psixologiya fanlari doktori X.Alimov “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” hamda PhD B.Berdiyev tomonidan “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad tinglovchilarning O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshi
Batafsil
Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Oradan necha asrlar o‘tganiga qaramay, o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon tamadduni rivojiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarning dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari hamon e’tirof etilmoqda.Ilm-fanning turli sohalarida kashfiyotlar qilgan ajdodlarimiz islom ilmlarida ham peshqadam bo‘lib, islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shishgan. Ularning hayot yo‘llari va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylangan.Mintaqada islom sivilizatsiyasining o‘rnini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida IV xalqaro ilmiy
Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi kengaytirilgan shakldagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Kengash majlisini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.Ma’lumki, muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi.Akademiya rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov majlisni ochib berarkan, o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekanini qayd etdi.Dastlab Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Akademiyaning bir guruh professor-o‘qituvchilariga ilmiy
Batafsil
Akademiyada xalqaro simpozium o‘tkazildi
Ma’lumki, dunyo tarixi, insoniyat taraqqiyotida turli davrlarda yuzaga kelgan sivilizatsiyalar, saltanatlarning o‘rni va ahamiyati katta bo‘lgan. Ular orasida turkiy xalqlar tomonidan asos solingan qadimiy davlatlar, ularning madaniyat va tamaddunlari alohida o‘rin tutadi. E’tirof etish joizki, bugungi kunda ham turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari har tomonlama yangi bosqichga ko‘tarildi. Shu bois, bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Turkiy tilli davlatlarning falsafasi, madaniyati, aloqalari: tarix, bugun va kelajak” mavzusida IV xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qozogʻiston Respublikasining Muxtor Auezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti hamda Tojikiston Respublikasi Xoʻjand davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi to
Batafsil
Akademiyada xalqaro qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan har yili 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni sifatida nishonlab kelinadi. Mazkur sana qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga butun dunyoning e’tiborini qaratish maqsadida o‘tkaziladi.E’tirof etish kerak, so‘nggi yillarda yurtimizda ham qizlarga bo‘lgan e’tibor, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi ustuvorlik kasb etmoqda. Qizlarni ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish, yuksak axloqli, ma’rifatli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq sifatida tarbiyalar ustuvor maqsad hisoblanadi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Qizlarimiz – faxrimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi hamda Xotin-qizlar Maslahat kengashi hamkor
Batafsil
Ichki ishlar xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar Olmazor tumanida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Mazkur o‘quvlarning birinchi kuni “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, “Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muhofaza qilishdagi dolzarb vazifalar” hamda “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.Malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad, ichki ishlar xodimlarining fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, mission
Batafsil