O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Targ‘ibot guruhi a’zolari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o’tdi
Yangiliklar

Targ‘ibot guruhi a’zolari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o’tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari Targ‘ibot guruhi a’zolari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida 36 soatlik malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi. Unda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Dars mashg‘ulotlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tajribali professor-o‘qituvchilari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qaytaruv guruhi a’zolari hamda sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan olib borildi. Jumladan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi A.Qambarov “Tasavvufiy tushunchalarni soxta tariqatlarda noto‘g‘ri aks etishi”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori I.Bekmirzayev “Ilmiy munozarada mantiq qonun-qoidalaridan foydalanish metodikasi”, Akademiya dotsenti, psixologiya fanlari doktori X.Alimov tomonidan “Mutaassib gu

Batafsil
Travel jurnalistikadan amaliy dars
Yangiliklar

Travel jurnalistikadan amaliy dars

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Bahodir Jovliyev tomonidan “Travel jurnalistika” fani doirasida amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv darsi “Yoʻl ocherkida jurnalist masʼuliyati va kasb odobi” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashgu‘ulot mobaynida Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Hovand Tohur hamda Toʻlabek (Qaldirgʻochbek) maqbaralariga ziyorat hamda mahorat darsi tashkil etildi. Dastlab majmua nazoratchisi Otamurod Tursunov talabalarga ziyoratgoh haqida ma’lumot berdi.Amaliy mashg‘ulotda dunyo bo‘yicha sayyohlik yo‘nalishi jadal rivojlanib borayotgani, yurtimizda ham ziyorat turizmi sohasiga e’tibor ortib borayotgani ta’kidlandi.Bahodir Jovliyev bu jarayonda soha mutaxassislari bilan bir qatorda mazkur sohani yoritadigan, ma’lumot beradigan ju

Batafsil
Akademiya vakillari Buxorodagi ta’lim forumida ishtirok etmoqda
Yangiliklar

Akademiya vakillari Buxorodagi ta’lim forumida ishtirok etmoqda

Ayni paytda Buxoro viloyatida “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” o‘tkazilmoqda.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov ishtirok etyapti.Mazkur tadbir davlatimiz rahbarining joriy yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sa’y-harakatlarni birlashtirish, erishilgan natijalarni o‘rtoqlashish, turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchi va talaba almashinuvi kabi masalalarda fikr almashish hamda buning uchun doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muhokama platformasini tashkil qilish

Batafsil
Akademiyada “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Rektor kubogi” sport musobaqasining voleybol hamda shaxmat bellashuvlari oʻtkazildi.Voleybol bahslari murosasiz kurashlar ostida oʻtdi. Unda Islomshunoslik fakulteti jamoasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetini magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritdi.Shaxmat boʻyicha yigit-qizlar oʻrtasidagi “Rektor kubogi”ning Akademiya bosqichida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabasi 1-oʻrinni, Islomshunoslik fakulteti talabasi 2-oʻrinni va Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Batafsil
Akademiyada BMT modeli loyihasining navbatdagi konferensiyasi yakunlandi
Yangiliklar

Akademiyada BMT modeli loyihasining navbatdagi konferensiyasi yakunlandi

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida BMT modeli loyihasining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi. Bugun konferensiyaning yakuniga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ishtirok etdi. Konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qatnashchilarni tabrikladi.Shundan so‘ng ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda Akademiya rektori talabalarga sertifikat va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Batafsil
Bayram arafasida ustozlar holidan xabar olindi
Yangiliklar

Bayram arafasida ustozlar holidan xabar olindi

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan bir necha yil Akademiyada samarali faoliyat olib borgan, hozir nafaqada keksalik gashtini surayotgan ustozlarning xonadonlarida uchrashuvlar tashkil etildi.Fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev, dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamrohligida ko‘p yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida samarali mehnat qilgan, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan salohiyatli shogirdlar yetishtirgan ustozlar holidan xabar olindi.Ustozlar yurt tinchligi, el farovonligi uchun duo qilishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI
Yangiliklar

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI

Assalom-u alaykum!Hurmatli va aziz ustozlar, professor-o‘qituvchilar, tyutor va murabbiylar!Avvalo, Siz azizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!Ustoz-muallim – sharafli nom, ulug‘ kasb. Bu martabaga munosib bo‘lish, o‘qituvchi kasbini ulug‘lab, kelajak avlodni barkamol voyaga yetkazish ulug‘ saodatdir. Shu bois, donishmand xalqimiz ustoz-muallimga hamisha yuksak hurmat va e’tiborda bo‘lib keladi. Zero, “El-yurtni ilm-ma’rifat asraydi”, degan ibora bejiz aytilmagan.Ustoz-murabbiylarni qadrlash va ehtirom qilishga dinimizda ham buyurilgan bo‘lib, bu savobli amallardan biri sanaladi. Alloh taolo Qur’oni karim “Mujodala” surasida “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur”, deb marhamat qiladi. Shunday ekan, ilm ahllariga hurmat va izzat-ikrom ko‘rsatish barchamiz u

Batafsil
Sizdan boshlanadi asli tafakkur!
Yangiliklar

Sizdan boshlanadi asli tafakkur!

Xalqimizda ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat ibora bor. Bu naql zamirida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Zero, ustozlik martabasi dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasb sanaladi. U har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning “ustoz otangdek ulug‘”, degan ibratli o‘giti zamirida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtiromi mujassamdir.Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Binobarin, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalar yechimida ilm-fanning hayot va amaliyot, ishlab chiqarish bilan o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi.E’tirof etish kerak, davlatimiz tomonidan, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi islohotlari asosida yo

Batafsil
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi
Yangiliklar

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi

TAYINLOVBugun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.2021-yil 25-may kungi davlatimiz rahbarining maxsus topshirig‘i va tegishli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muzaffar Murodovich Komilov bir vaqtda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib keldi.O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida taʼlim va tarbiya jarayonini xalqaro andozalar asosida tashkil etish, o‘quv samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.G‘afurov Uyg‘un To‘lqinovich bundan avval Toshkent islom instituti rektori, shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.Tarix fanlari boʻyicha falsafa

Batafsil
Ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish istiqbollari
Yangiliklar

Ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish istiqbollari

Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad – oilalar mustahkamligi, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta’minlashdan iboratdir.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Xotin-qizlar” tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini ta’kidlab, birgalikdagi tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun kelgusi yili O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif qildi.Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan “Ayollarning bunyodkorli

Batafsil
Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
Yangiliklar

Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi. Unda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etdi.Shu munosabat bilan malaka oshirish o‘quvlarining yakuni bo‘yicha bitiruv tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Boshqarma boshlig‘i, polkovnik I.Mallayev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Ro‘ziyev, Malaka oshirish markazi xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar ishtirok etdi.Tadbir yakunida tinglovchilarga tarqatma materiallar, esdalik sovg‘alari hamda malaka oshirish kursini tugatgani to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

Batafsil
Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqi tahlil etilmoqda
Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqi tahlil etilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilmiy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari” mavzusiga bag‘ishlandi. Davra suhbatida fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, siyosiy fanlar doktori, professor S.Sayidolimov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor S.Jo‘rayev, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida, ustozlar tomonidan talaba yoshlarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tilida so‘zlagan nutqi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari va “S5+1” formatid

Batafsil
Ko'rinish