Akademiya pedagoglari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
XUSHXABAROliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i asosida 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan soha fidoyilari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.Ahamiyatlisi, mazkur ko‘krak nishonga “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Mirmuxsin Akramov hamda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Baxtiyor Ibragimov ham loyiq deb topildi.Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi ustozlarning mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Ularning kelgusidagi faoliyatlariga omad, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik tilaydi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademik litsey o‘quvchilari “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining Toshkent shahar bosqichi tashkil etildi. Unda akademik litsey, texnikum va ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari bahs olib bordi. Murosasiz kechgan aql bahsida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi faxrli 3-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.Turnirning respublika bosqichiga 42 ta jamoa yo‘l oldi.Respublika bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.
Batafsil
Akademiyada “Xon atlas” festivali o‘tkazildi
O‘zbek milliy matolari deganda ko‘z o‘ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlas-u adraslar namoyon bo‘ladi. Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolarda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir. Bu borada yosh avlodni milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xon atlasli libosimiz – ko‘rkimiz” mavzusida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.Xotin-qizlar masalalari bilan ishlash bo‘limi hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Akademiyaning ayol professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari xon atlasdan tikilgan milliy liboslarimizda ishtirok etishdi. Ma’lumki, atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylar
Batafsil
Targ’ibot guruhi a’zolari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Sirdaryo, Jizzax, Buxoro va Navoiy viloyatlari targ‘ibot guruhi a’zolari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Dars mashg’ulotlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tajribali professor-o‘qituvchilari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qaytaruv guruhi a’zolari hamda sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Batafsil
Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari
Bashariyat tamaddunining bugungi bosqichini globallashuv jarayonisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Globallashuvning ilm-fan rivoji, axborot almashinuvidagi o‘rnini biror vosita bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Ammo qadriyatlar masalasi, inson insonni anglashi, e’tiqod va din borasidagi tushunmovchiliklar, dunyoning ayrim mintaqalaridagi ixtiloflar, milliy va diniy nizolarni hal etishda muammolar uchrayotgani achinarli hol.Bu jarayonda yoshlarning ongi va mafkuraviy bo‘shlig‘ini dinimizga yot bo‘lgan g‘oyalar egallab borayotgani kuzatilmoqda. Mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirish va mafkuraviy immunitetni shakllantirish barkamol avlod tarbiyasining muhim omili sanaladi. Ayniqsa, tezkor axborot asrida dinni niqob qilib olgan siyosiy kuchlar, missionerlik, ekstremistik, terroristik mazmundagi g‘oyalar uchun yo‘l ochib bermaslik muhim. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bir
Batafsil
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni taʼsis etildi
Hukumat qarori (495-son, 25.09.2023-y.) bilan “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Koʻkrak nishoni bilan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi.Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham koʻkrak nishon bilan taqdirlanishi mumkin.Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:– nomzod haqida maʼlumotnoma;– nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);– nomzodning soʻnggi 3 yil davomida diniy-maʼrifiy sohaning samaradorligini oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini taʼminlash, dinlararo va konfessiyalararo totu
Batafsil
Do‘stlik va hamjihatlik bellashuvi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mini futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Mazkur bellashuv O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Oriental universiteti hamkorligida ikki oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etildi.O‘zaro hurmat va do‘stona ruhda o‘tgan bahs tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.O‘yindan so‘ng mutasaddilar tomonidan bu kabi hamkorlik aloqalari kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademik litsey o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kibermakonda din omili: tahdid va himoya” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Akademik litseyning oʻquvchilari va ustoz-murabbiylari ishtirok etdi. Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO” kafedrasi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Mohira Abdullayeva maʼruza qildi.Oʻquvchilar mavzuga oid qiziqqan savollarga javob olishdi.
Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari qizg‘in pallaga kirdi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatidagi imom-xatiblar uchun oʻtkazilayotgan malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuvlarda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, tarix fanlari doktori, professor Davronbek Maxsudov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta oʻqituvchisi (PhD) Azamat Nazarov maʼruza qildi.Bu safar asosiy eʼtibor yoshlar orasida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlarini oʻrganishga qaratildi. Yosh avlodning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishiga sabab boʻladigan omillar, motivlar ilmiy, diniy va dunyoviy jihatdan tahlil qilindi. Oʻquv mashgʻulotida Akademiya katta o‘qituvchisi Azamat Nazarov “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuvni oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” m
Batafsil
Akademiya tyutorlari tomonidan ijarada yashayotgan talabalarning ijtimoiy holati o‘rganilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tyutorlari tomonidan ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari va ijtimoiy holatlari o‘rganish ishlari davom etmoqda.Akademiya tyutorlari joylarga chiqib, ijara uy holati, mavjud sharoitlar bilan tanishmoqda. Shu bilan birga, talabalarga texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar, ijara shartnomasi tuzish borasida ma’lumotlar berilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Mehr va saxovat xalqimizga xos fazilat
Ma’lumki, xayr va saxovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajr-u savobga sazovor etishi haqida allomalarimiz ta’kidlab o‘tgan. Islom dinida ham mo‘min insonning eng ulug‘ fazilatlaridan biri xayr-saxovat ekani qayd etiladi. Ayniqsa, ehtiyojmand yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish, bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar soʻnggi yillarda yangi bosqichga koʻtarildi.Bu jarayonda yoshning har biri bilan individual tarzda ish olib borilayotgani, ertamiz egalarining jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, sog‘lom hayot kechirishi, o‘z orzu-maqsadlariga erishishi uchun barcha kuch va imkoniyatlardan foydalanilayotgani o‘zining kutilgan samarasini bermoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga biriktirilgan ehtiyojmand yoshlarda aniqlangan muammolarni o‘rganish, ularning holidan xabar olis
Batafsil
Samarqandda malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali tomonidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan iqtidorli imom-xatib va imom noiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Mazkur malaka oshirish o‘quvlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida tashkil etilgan bo‘lib, dars mashg‘ulotlariga sohaning yetuk va tajribali mutaxassislari jalb etilmoqda. Jumladan, kecha tinglovchilar bilan “Radikal oqimlarning aqidaviy da’volari va ularga ahli sunna val jamoaning ilmiy raddiyalari”, “Moturidiy ta’limoti asoslari va unga bildirilgan ta’nalarga javoblar” hamda “Dunyoviy davlatda dinning ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati” mavzularid
Batafsil