“Startup loyihalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Startup loyihalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Talabalarning loyihalarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan davra suhbatida startup loyihalar nima ekani, ularni yaratish haqida ma’lumot berildi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi hamda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda IT Park Toshkent viloyati filiali startup ekotizimini rivojlantirish bosh menejeri Hojiakbar Fayziyev, Fearless kompaniyasi asoschisi Hasanboy Ahmuratov, NT Technosoft kompaniyasi asoschisi Azizjon Toxirov, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Uchrashuvni kafedra mudiri Qurbon Rahmonov ochib berdi. Shundan so‘ng spikerlar so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan bilimlarini talabalar
Batafsil
Ichki ishlar xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar Olmazor tumanida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Mazkur o‘quvlarning birinchi kuni “O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash, radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, “Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muxofaza qilishdagi dolzarb vazifalar” hamda “Zamonaviy islom manbalarida radikalizm va ekstremizmning qoralanishi” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.Malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad, ichki ishlar xodimlarining fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi ku
Batafsil
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi
Yangi O‘zbekistonda har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, jamiyatdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar jadal olib borilmoqda. Yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi va ta’lim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit yaratish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarining o‘rni ahamiyatga molikdir. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – yangi renessans poydevori” mavzusida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkilotining yoshlar yetakchisi, yo‘nalishlar va fakultetlar koordinatorlari saylovi tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi Sh.Anvarov, O‘zbekiston yoshlar ittifo
Batafsil
Samarqandda malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi
Davlatimiz rahbarining joriy yil Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali tomonidan tashkil etilgan o‘quvlarda Samarqand viloyati faoliyat olib borayotgan 40 nafar iqtidorli imom-xatib va noiblar ishtirok etmoqda.Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad, diniy soha xodimlari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar orasida radikallashuvning oldini olish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, adashgan toifalar ta’siriga tushgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.
Batafsil
Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.72 soatlik mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarda islom dinining insonparvarlik va tinchlikvarparlik g‘oyalari to‘g‘risida, shuningdek, harbiy xizmatchilar shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash hamda sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilar uchun O‘zbekiston xa
Batafsil
Akademiyada magistrlar bilan davra suhbati o‘tkazildi
Bugun, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida magistratura yo‘nalishida tahsil olayotgan yigit-qizlar bilan Akademiya rahbariyati o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Akademiya inspektori Muhriddin Hikmatov va magistrlar ishtirok etdi.Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar tomonidan oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda magistrlarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, majburiyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shu bilan birga, bugungi kunda Akad
Batafsil
Akademiya talabasi “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovida g‘olib deb topildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.Tanlovda yuqori o‘rin va turli nominatsiyalarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar topshirildi.E’tiborlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi Dilshod Valijonov ham faol ishtirok etib, “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.Shu munosabat bilan, Akademiya jamoasi Dilshod Valijonovning mazkur yutug‘i bilan muborakbod etib, uning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
BatafsilAkademiyada talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarning ota-onalari hamda Akademiya rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi muloqot Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan o‘tkazildi.Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Nurboy Jabborov, Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda ota-onalar ishtirok etdi.Oliy ta'lim, fan va innov
Batafsil
Akademiyada ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tdi
Bugun tobora globallashayotgan zamonda jamiyatning kelajagi bo‘lgan yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi juda oson. Shu bois, davrimiz yoshlari nafaqat tan sihatligi, balki ularning ruhan sog‘lom, keng dunyoqarash, turli yot g‘oyalarga qarshi tura oladigan tafakkur qobiliyati kabi xislatlarga ega bo‘lishi ham ustuvor masalaga aylanayotir. Bu borada ota-ona va ta’lim muassasasi o‘rtasida uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi zarur.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarning ota-onalari hamda Akademiya rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Islomshunoslik hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan o‘tkazildi.Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekisto
Batafsil
Akademik litsey o‘quvchilari uchun davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy musulmon qiyofasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Akademik litseyning o‘quvchilari va ustoz-murabbiylari ishtirok etdi.Davra suhbatida Islomshunoslik fakulteti dekani, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jahongir Tohirov ma’ruza qildi. Samimiy va jonli tarzda olib borilgan suhbat davomida ilm, imon, oila, sabr, hunar, shukronalik, sog‘liq, muvaffaqiyat kabi tushunchalarga izoh berish bilan birga zamonaviy musulmon shaxsiyatiga doir qarashlar bayon etildi. Trening davomida o‘quvchilar bilan o‘zaro fikr almashildi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi muhim mavzuda ma’ruza qildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matillo Muhamedov Toshkent islom institutida “Hazrati Imom Qaffol Shoshiyning islom madaniyatiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’ruza qildi.Mazkur tadbir talabalar o‘rtasida xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy an’analarini asrab-avaylash va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Davra suhbatida musulmon olamining imomlaridan biri Abu Bakr Muhammad Qaffol Shoshiy haqida ma’lumot berildi. Islom olamida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi “imom” darajasiga erishgan ko‘plab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904-976) ham alohida o‘rin egallaydi. Zamondoshlari tomonidan “Hazrati Imom” deb ulug‘langan alloma haqida tinglovchilarga ma’lumot berildi.
Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi A.Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori I.Bekmirzayev “Aqidaparast kontentlarga ilmiy asosda raddiya berish uslublari: xalqaro tajriba” hamda Akademiya katta o‘qituvchisi, PhD B.Berdiyev tomonidan “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining sohadagi mas’uliyati, joylarda amalga oshirilishi belgilan
Batafsil