O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Yangiliklar

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda 20 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.144 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad tinglovchilarning O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, radikallashuv va uning oldini olish masalalari, sog‘lom e’tiqod va ma’rifiy islom asoslari, jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyasini targ‘ib etish masalalari va fuqarolar bilan ishlashda shaxslarning ijtimoiy holati, oilaviy sharoiti, mutaassiblik belgilari, yakka tartibda va jamoa bilan suhbat olib borish, suhbatdoshni tinglash va u bilan samimiy muloqotga kirishish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada t

Batafsil
Akademiyada Malayziyaning Utara universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada Malayziyaning Utara universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Malayziyaning Utara universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, doktor Shahimi Mohtar boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.Hurmatli mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi mutasaddilari kutib oldi.Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov ishtirok etdi. Akademiya vakillari Shahimi Mohtar janoblari bilan yuzma-yuz uchrashib turishganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.Muloqot davomida Zohidjon Islomov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni haqida so‘z yuritdi. So‘nggi yillarda islom ilm-fani

Batafsil
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq
Yangiliklar

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov ma’ruza qildi. Uchrashuvda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida so‘z yuritildi.Darhaqiqat, korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar rivojla

Batafsil
Adabiy uchrashuv mazmunli o‘tdi
Yangiliklar

Adabiy uchrashuv mazmunli o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Rauf Parfi ijodiga bir nazar” mavzusida adabiy uchrashuv tashkil etildi.“O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan ijodiy kechada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, kafedra a’zolari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, “Sharqiy qutb”, “Mahak tosh”, “Afandi aldamaydi”, “Ayro yo‘llar”, “Sevgini sog‘indim”, “Oshiqlik” kabi she’riy to‘plamlar muallifi Chorsham Ro‘ziyev qatnashdi. Davra suhbati davomida ijodkor Chorsham Ro‘ziyev Rauf Parfi haqida so‘z yuritarkan, shoir o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biri ekanini qayd etdi.O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi ijodiy faoliyati

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2024-yil qabul kvotalari tasdiqlandi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2024-yil qabul kvotalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 01-03/2778-son xatlariga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2024-yil uchun qabul kvotalarini e’lon qiladi.Hujjatlar 2023-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha phd.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy.Murojaat uchun telefon: (71) 244-00-56. Faks (71) 244-00-65.Batafsil tanishib chiqish uchun⬅️ (MATN USTIGA BOSING)

Batafsil
Ta’lim va tarbiya uchun barchamiz mas’ulmiz
Yangiliklar

Ta’lim va tarbiya uchun barchamiz mas’ulmiz

Bugungi globallashuv davrida insoniyat, xususan, yoshlar turli xavf-xatarlarga duch kelmoqda. G‘arazli kuchlar ertamiz egalarining umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda ota-onalar va ustoz-murabbiylar bu masalada xushyorlik va ogohlikni yanada oshirishlari kerak. O‘g‘il-qizlarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz zarur. Zero, joriy yilga Prezidentimiz tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berilganining zamirida ham shu mohiyat mujassam.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islomshunoslik fakultetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari bilan Akademiya rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. “Farzandim taqdiriga befarq emasman!” mavzusida tashkil etilgan muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’r

Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari Qo‘qon shahridagi seminar-treningda ishtirok etishdi
Yangiliklar

Akademiya professor-o‘qituvchilari Qo‘qon shahridagi seminar-treningda ishtirok etishdi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida “Ayol va jamiyat” dasturi doirasida oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida targ‘ibot guruhlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.“Xotin-qizlarning radikallashuvi, ularning yot g‘oyalar va mutaassiblikka berilishining oldini olish masalalari” mavzusida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari – Zebo Kasimova, Matluba Qahhorova hamda Nigora Yusupova ishtirok etishdi. Qo‘qon shahri va atrof tumanlaridagi “Oqila ayollar harakati" a’zolari, otinoyilar, mahallalardagi oila va xotin-qizlar faollari, viloyat, shahar va tumanlardagi targ‘ibot guruhi a’zolari uchun tashkil etilgan seminarda mutasaddilarning kompetentligi va kreativligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. O‘quv-seminarlarda Nigora Yusupova “Xotin-qizlar orasida yot g‘oyalarga qarshi kura

Batafsil
Talabalar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati bilan tanishishdi
Yangiliklar

Talabalar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati bilan tanishishdi

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tayotgan “Mustaqillik darsi” doirasida 1-bosqich talabalar uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiya uyushtirildi. Sayohat davomida talabalarga kutubxona tarixi, faoliyati va resurslari haqida ma’lumot berildi. Talabalar Milliy kutubxonaning axborot resurslaridan, ya’ni bosma va elektron nashrlardan hamda elektron va an’anaviy katalog va kartotekalardan foydalanish, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, info-kiosk hamda internet va Wi-Fi xizmatlaridan foydalanish qoidalari bilan ham tanishdilar.Bundan tashqari, shu yerning o‘zida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida so‘z yuritildi
Yangiliklar

Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida so‘z yuritildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul qilingan 1-bosqich talabalar uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” o‘tkazilmoqda. Talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va madaniy hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni majmuasiga sayohat tashkil etildi.Xiyobonda ma’rifatparvar bobomiz “Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Allomaning haykali yonidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvda oʻzbek jadidchilik harakati yetakchisining hayoti va ijodi, jadidchilik harakati haqida soʻz yuritildi.Soʻzga chiqqanlar tomonidan talaba-yoshlarga adib hayoti va ijodi, ilmiy-maʼnaviy faoliyati haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Imomlar uchun amaliy dars tashkil etildi
Yangiliklar

Imomlar uchun amaliy dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar Olmazor tumani imom-xatiblari va otinoyilari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Tasdiqlangan jadval asosida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Jumladan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodim A.Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i, PhD A.Alloqulov “Moturidiy ta’limoti asoslari”, markaz ilmiy xodimi I.Abduraxmonov “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasining jamiyatda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni”, “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori, PhD N.Ibragimova “Aholi o‘rtasidagi bid’at va xurofotlarning oldini olishda otinoy

Batafsil
Talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mustaqillik darsi” doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tayotgan uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov ochib berdi.Tadbir davomida Iqbol Mirzaaliyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi hamda 2023/2024-o‘quv yili bilan tabrikladi.Iqbol Mirzo (Mirzaaliyev) o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega, samimiy she’rlari bilan xalq qalbidan joy topa olgan shoir sanaladi. Ijodkor o‘z so‘zida bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan adabiyot ahliga keng imkoniyatlar berilayotgani, iste’dodli, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida

Batafsil
“Mustaqillik darsi” doirasida talabalar uchun sayohat tashkil etildi
Yangiliklar

“Mustaqillik darsi” doirasida talabalar uchun sayohat tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023/2024-o‘quv yili munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusida “Mustaqillik darsi” o‘tkazilmoqda. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etishmoqda.Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga sayohat tashkil etildi.Sayohatning tashkil qilishdan asosiy maqsad yurtimizning diqqatga sazovor tarixiy obidalari, boy tarixiy manzilgohlarni oʻrganish hamda yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni koʻrsatish va talabalar qalbida vatanparvarlik, milliy gʻurur va iftixor hissini yanada rivojlantirishdir.Talabalar dastlab “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi “Istiqlol” majmuasi bilan yaqindan tanishib, Uchinchi Renessansning poydevori boʻlgan majmua haqida bilimlarga ega bo‘lishdi.Shundan soʻng O‘zbeki

Batafsil
Ko'rinish