Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar Olmazor tumani imom-xatiblari va otinoyilari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Bugun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimlari A.Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, N.Shomirzayev “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va diniy-ma’rifiy materiallarni tahlil qilish usullari”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori I.Bekmirzayev “Aqidaparast kontentlarga ilmiy asosda raddiya berish uslublari: xalqaro tajriba”, Akademiya professori, falsafa fanlari doktori M.Kaxxarova “Oila mustahkamligi va farovonligini ta’minlashda xotin-qizlarning o‘rni”, tarix fanlari nomzodi, dotsent D.Raxim
Batafsil
Imom-xatib va otinoyilar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar, Olmazor tumani imom-xatiblari va otinoyilari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda 50 nafar imom-xatib va 18 nafar otinoyidan iborat tinglovchi ishtirok etmoqda.36 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad, diniy soha xodimlari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar orasida radikallashuvning oldini olish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, adashgan toifalar ta’siriga tushgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish bo‘yicha bilim-ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.Shu sababli malaka oshirish o‘quvlariga sohaning yetuk va tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etildi. Jumladan, o‘quvlarning birinchi kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi
Batafsil
Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketganlar xotirasi barhayotdir
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davom etayotgan “Mustaqillik darsi” doirasida “Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketganlar xotirasi barhayotdir” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Akademiya professori, “Do‘stlik” ordeni sohibi Saidakbar Agzamxo‘jayev hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi xodimi Murodjon Zikrilloyev talabalarga ma’ruza qilishdi. Dasr davomida istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz qoʻlga kiritayotgan marralar hamda milliy tariximizning yorqin lavhalari haqida oʻquvchilarga soʻzlab berildi.“Mustaqillik darsi”da jadidchilik harakati namoyandalari, jumladan, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi fidoyi vatandoshlarimizning hayoti va faoliyatiga ma’lumotlar berildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
1-bosqich talabalari uchun Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolarga ziyorat tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023/2024-o‘quv yili munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” deb nomlangan “Mustaqillik darsi” o‘tkazilmoqda. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etishmoqda.Yoshlar tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida tashkil etilgan darslar doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralariga ziyorat uyushtirildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov talabalarga mashhur allomalar haqida ma’lumot berdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Yangi o‘quv yilining ilk kuni “Mustaqillik darsi” bilan davom etdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023/2024-o‘quv yili munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” deb nomlangan “Mustaqillik darsi” o‘tkazilmoqda. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etishmoqda.Darslar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari istiqlol, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi, uning fuqarolarimiz taqdiridagi ahamiyati, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilishdi.Yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekani, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mazkur darslarda yigit-qizla
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi o‘quv yili boshlandi
Talabalik inson hayotining oltin davri hisoblanadi. Ayni paytda yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Akademiya rektori Muzaffar Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, talabalar, ota-onalar, Akademik litseyning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Marosim O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Madhiya sadolaridan so‘ng Akademiya rektori Muzaffar Komilov
Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan BAYRAM TABRIGI
Assalom-u alaykum hurmatli jamoadoshlar! Aziz talaba-yoshlar!Ushbu shukuhli kunlarda Vatanimiz mustaqilligining shonli 32 yilligi “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori asosida mamlakatimizdagi har bir xonadon, barcha hudud va muassasalarda keng nishonlanmoqda.Fursatdan foydalanib, Siz, azizlarni ham eng ulug‘ va eng aziz bayram — “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni” bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!Yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash orqali Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning taraqqiyotini kafolatlash va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona faoliyatingizga muvaffaqiyat tilayman!Muhtaram hamkasblar, aziz talabalar! Mamlakatimiz Taraqqiyot strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishida ta’lim sohasini sifat jihatdan rivojlantirish birinchi o‘rindagi ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Binobarin,
Batafsil
Akademiya professori “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
Bugun “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun bir guruh faol yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar bilan mukofotlandi.Quvonarlisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi” kafedrasi professori, taniqli sharqshunos olim Saidakbar Agzamxo‘jayev ham “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.Fu
Batafsil
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Romitan tumani bo‘ylab davom etdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari aholi bilan muloqot qilishdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan xatarli tahdiddan saqlanishning yagona yo‘li ma’rifat ekanligi, muqaddas dinimizda insoniylikning eng oliy namunasi ilm-ma’rifat ulashish, yaxshilik qilish, yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik hissi bilan yashash lozimligi hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanishi, ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy barqarorlik vujudga kelishi qayd etildi. Bugun fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaxolatga karshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmo
Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi kengaytirilgan shakldagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Kengash majlisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Ma’lumki, muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi.Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov majlisni ochib berarkan, yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan barchani tabrikladi. Shundan so‘ng Akademiya rektori o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan
Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
Mir Arab oliy madrasasida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi. Malaka oshirish o‘quvlari yakunida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi E.Daminov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi direktori X.Axmedov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim boshlig‘i M.Kamolov, Mir Arab oliy madrasasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar ishtirok etdi.Tadbir yakunida tinglovchilarga 36 soatlik malaka oshirish kursini yakunlagani to‘g‘risidagi sertifikatlar, esdalik sovg‘alari hamda o‘tilgan dars mashg‘ulotlari bo‘yicha tarqatma materiallar topshirildi.
Batafsil
Yetti pir bo‘ylab ziyorat tashkil etildi
Buxoro viloyatida malaka oshirayotgan Bosh imom-xatiblar uchun Yetti pir nomi bilan mashhur majmualar bo‘ylab ziyoratlar tashkil etildi.Naqshbandiy tariqatining murshidlaridan bo‘lgan – Abdulxoliq Gʻijduvoniy majmuasidan boshlangan ziyorat Hoja Bahouddin Naqshbandiy ziyoratgohiga qadar davom etdi.Har bir majmuada tinglovchilar uchun ochiq darslar olib borilib, ular uchun ma’naviy va ruhiy ozuqa bo‘ldi. Bosh imom-xatiblar tomonidan ziyorat davomida Qur’on oyatlaridan tilovat qilinib, aziz avliyolar vatani bo‘lgan – jannatmakon yurtimizga tinchlik, ofiyat, xalqimizga keng rizq va baraka so‘rab, duolar qilindi.Tinglovchilarni majmualarda amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi yangilanish va o‘zgarish bilan tanishtirish bilan bir qatorda ularga o‘zlari yashayotgan joylarda ham ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha tavsiya berildi.
Batafsil