Buxoro viloyatidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar Vobkent tumanidagi muassasalari bo‘ylab davom etdi. Davra suhbatida yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni turli yot mafkuralar ta’siridan asrash, giyohvandlik balosi kabi mavzularda so‘z yuritildi.Akademiya vakillari so‘zga chiqib har bir inson qalbida o‘z yurtiga sadoqat, fidoyi bo‘lish tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanishi, inson uchun eng aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanni himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratini talab etilishini ta’kidlab o‘tishdi.Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
BatafsilMalaka oshirish o‘quvlariga xorijlik professorlar jalb etildi
Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasida respublikada faoliyat olib borayotgan Bosh imom-xatiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari H.Ishmatbekov “Diniy soha xodimlarining kasb etikasi”, Din ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi A.Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)” va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, PhD A.Sattarov tomonidan “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” mavzularida dars mashg‘ulotlari olib borildi.Shuningdek, mazkur malaka oshirish o‘quvlariga xorijlik professor-o‘qituvchilar ham jalb etildi. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadq
Batafsil
Akademiya vakillari Buxoro viloyatidagi targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etmoqda
Ayni paytda Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari yuqori sur’atda o‘tkazilmoqda.Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilayotir. Targ‘ibot uchrashuvlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, Buxoro shahri, G‘ijduvon hamda Shofirkon tumanida yuqori darajada tashkil etildi.Mazkur tadbirlarda maktab o‘quvchilarining ota-onalari, mahalla faollari, xotin-qizlar hamda uyushmagan yoshlar qatnashdi.Seminarlarda milliy qadriyatlarimiz, tilimiz, dinimizga hurmat, globallashuv zamonida har bir ayolning oiladagi ayniqsa, farzand tarbiyasidagi o‘rni, farzandlarimizning tarbiyasida bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning ta’lim-tarbiyas
Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.36 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor D.Maxsudov “Dunyoviy davlatda dinning ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati”, Qo‘mita mas’ul xodimi J.Aliyev “Diniy mazmundani materiallarni qonunga zid ravishda tarqatish, olib kirish va saqlash bilan bog‘liq javobgarlik masalalari”, Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor M.Muhammadsiddiqov “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili”, O‘zbekiston xa
BatafsilBosh imom-xatiblar uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Buxoro viloyati Mir Arab oliy madrasasida respublikada faoliyat olib borayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.Malaka oshirish o‘quvlarining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov ishtirok etishdi.Tadbirning kirish qismida Muzaffar Komilov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyati, xususan, Mir Arab oliy madrasasiga tashriflarida bergan
Batafsil
Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlari boshlandi
Buxoro viloyatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi. Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Malaka oshirish markazi, Mir Arab oliy madrasasining professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlari targ‘ibotchi sifatida faol ishtirok etmoqda.Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar va tuman/shahar Bosh imom-xatiblari tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan 100 dan ortiq masjidlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ilmiy suhbatlar olib borilmoqda.Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan maqsad aholi, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvning oldini olish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish choralarini ko‘rish hamda ijtimoiy tarmoqdagi din bilan bog‘liq noto‘g‘ri targ‘ibotlar mohiyati va maqsadlarini yetkazi
Batafsil
Yozgi maktab safari doirasida Malayziya xalqaro islom universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchi va talabalari Singapur – Malayziya – Indoneziya mamlakatlarida tashkil etilgan yozgi maktab safari doirasida Malayziya xalqaro islom universitetiga tashrif buyurishdi.Vakillarimizni Malayziya xalqaro islom universiteti prorektori, professor Ahmad Farish Ismoil kutib oldi. Mehmonlarni universitetda ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Shundan so‘ng ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Salim Dusanov, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori Xusniddin Axmedov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.Delegatsiyamiz a’zolari Akademiya faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari, ziyorat turizmi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Akademiya huzurida faoliyat
Batafsil
Akademiya vakillarining yozgi maktab safari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchi va talabalarining Singapur – Malayziya – Indoneziya mamlakatlaridagi yozgi maktab safari doirasidagi navbatdagi manzili Malayziyaning Perlis shtati bo‘ldi.Safar dasturiga binoan Perlis islom universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Salim Dusanov, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori Xusniddin Axmedov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov, Imom Moturidiy markazi mutaxassisi Shukrullo Jo‘rayev hamda delegatsiya a’zolari ishtirok etishdi.Uchrashuvda Akademiya haqida ma’lumotlar, uning faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari, ziyorat turizmi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar to‘g‘risida, shuningdek, Akademiyaning xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘yicha qilinayotgan
Batafsil
Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi. 72 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etdi.Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarda islom dinining insonparvarlik va tinchlikvarparlik g‘oyalari to‘g‘risida, shuningdek, harbiy xizmatchilar shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash hamda sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.Shu munosaba
Batafsil
Qur’oni karim va tajvid kurslarining navbatdagi bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Shu munosabat bilan Akademiyada tinglovchilar uchun bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi rahbari Bekzod Muxtarov, kurs o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi. Zohidjon Islomov bitiruvchilarni 3 oylik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan muborakbod etib, ularni ilm olishda bardavom bo‘lishga hamda bugungi kunda yurtimizda berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, turli yot g‘oyalar va behuda ishlardan uzoq bo‘lishga chaqirdi.Tadbir yakunida 60 nafar tinglovchiga “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida ta’lim olganliklari haqidagi sertifikatlar topsh
Batafsil
Akademiyada ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengash majlisida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolovning Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.Dissertatsiya “Mahmud Zamaxshariyning “Ruusul-masail” asarida hanafiy mazhabi talqini” mavzusiga bag‘ishlandi.Tadqiqotning maqsadi Mahmud Zamaxshariyning “Ruusul-masail” asaridagi hanafiy mazhabi talqinini ochib berishdan iborat.Tadqiqotning vazifalari esa alloma asarlarini o‘rganishdagi turli yondashuvlarni ochib berish, Zamaxshariyning fiqhiy asarlari borasidagi qarashlarni ko‘rsatishdir. Shuningdek, Mahmud Zamaxshariy merosida hanafiylik tavsifini aniqlash, “Ruusul-masail”dagi fiqhiy mavzular tahlilini ochib ber
Batafsil
Uchrashuvda hamkorlik aloqalari muhokama etildi
Avval xabar berganimizdek, ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchi va talabalari Singapur – Malayziya – Indoneziya mamlakatlaridagi yozgi maktab safarida ishtirok etishmoqda.Safar doirasida Singapur turizm menejmenti instituti bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda turizm sohasida professor-o‘qituvchilarning onlayn ma’ruzalarini tashkillashtirish orqali keyingi bosqichlarda double degree shaklida bakalavr va magistrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.Safar davom etmoqda.
Batafsil