O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari yozgi maktab safarida ishtirok etmoqda
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchi va talabalari Singapur – Malayziya – Indoneziya mamlakatlaridagi yozgi maktab safarida ishtirok etishmoqda.Akademiya a’zolari safar davomida dastlab Singapur sayyohlik agentliklari milliy assotsiatsiyasida (National Association of Travel Agents Singapore-NATAS) uchrashuv o‘tkazishdi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Salim Dusanov, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori Xusniddin Axmedov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda delegatsiya a’zolari qatnashdi. Uchrashuvda Akademiya haqida ma’lumotlar, uning faoliyati, maqsad va vazifalari, yaqin istiqboldagi rejalari, ziyorat turizmi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar to‘g‘risida, shuningdek, Akademiyaning xalqaro hamkorlik faoliyati
Batafsil
Malaka oshirish tinglovchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur tadbirlar rejasiga muvofiq, tinglovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasi faoliyati hamda u yerda saqlanayotgan nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar bilan tanishtirildi.
Batafsil
Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. 72 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati, “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari”, “O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan diniy konfessiya va tashkilotlar faoliyati”, “O‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan ekstremistik oqimlar va norasmiy diniy jamoalar”, “Missionerlik va prozelitizm: mohiyat, maqsad va oqibatlar, Harbiy xizmatchilar orasida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga doir tavsiyal
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun joriy yilning 26-27-iyul kunlari kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.Birinchi kuni tashkil etilgan imtihonlarda abituriyentlarning chet tilini bilish darajalari sinovdan o‘tkazildi. Bugun, 27-iyul kuni esa abituriyentlar chet tilida “Gapirish” qobiliyati va Ijtimoiy fanlar bo‘yicha imtihonlarda ishtirok etishdi.Dastavval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilish maqsadida imtihon to‘liq onlayn translatsiya qilindi. Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari Akademiyaning rasmiy
Batafsil
Akademiyada kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.Dastavval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilish maqsadida onlayn translatsiya qilindi. Akademiya hovlisida esa abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish va imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish uchun maxsus joylar tashkil etildi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun maxsus xonalar tashkil etilib, imtihon topshirishlari uchun sharoit yaratildi. Ijodiy imtihonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat
Batafsil
Ilmiy ish e’tirof etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengash majlisida Akbar Kazakbayevning “Muhammad Al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining sarf ilmi rivojidagi ahamiyati” mavzusidagi Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.Tadqiqotning maqsadi Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining sarf ilmi rivojidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.Tadqiqotning vazifalari esa sarf ilmining shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlarini davrlashtirish hamda unga hissa qo‘shgan tilshunos olimlarning ilmiy qarashlarini tahlil qilish va Umumiylashtirishdan iborat. Shuningdek, sarf va tasrif terminlarining lingvistik mohiyatini ochib berish, Muhammad al-Mu’izziy “Tasrif al-af’al” asarining kodikologik tahlilini amalga oshiris
Batafsil
Buyuk allomalarimizning benazir xizmati
O‘zbekiston zamini qadimdan buyuk allomalarga beshik bo‘lgan. Bu yurtdan yetishib chiqqan mutafakkirlar bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Ularning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini butun dunyo e’tirof etadi. Poytaxtimizdagi “Rakat” jome masjidida “Markaziy Osiyo allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida imom noiblar uchun navbatdagi ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muhamedov ishtirok etib, “Markaziy Osiyo allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’ruza qildi.Tadbirda shuningdek, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahor domla Yunusov ishtirok etdi va mavzuga doir o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.– Yurtimiz qadim sivilizatsiya chorrahasi bo‘libgina qolmay, ilm-fan, san’at, adabiyot namunalari
Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita markaziy apparati xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi. Mazkur o‘quvlar avvalgilariga qaraganda yuqori saviya tashkil etilib, dars mashg‘ulotlari modullar bo‘yicha turli vazirlik va idoralardan sohaning malakali mutaxassislari hamda mas’ul xodimlarni jalb etgan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida bo‘lib o‘tdi. O‘quvlar yakunida bitiruv tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Malaka oshirish markazi direktori Xusniddin Axmedov, professor-o‘qituvchi va tinglovchilar ishtirok etdi. Tinglovchilarga malaka oshir
Batafsil
Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar nufuzli arab nashrlari nigohida
Internetdagi swiftnewz.com va ednews.net nashrlarida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni aloqalari rivojlanishi va “Haj-2023” mavsumi haqida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyevning maqolasi e’lon qilindi.Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yangi davri boshlangani, muloqot va uchrashuvlar salmoqli natija berayotgani qayd etilgan. Ayniqsa, Prezidentimizning o‘tgan yil ushbu mamlakatga tashrifi diniy-ma’rifiy, ilm-fan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faol hamkorlik olib borishga zamin bo‘lgani haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada haj mavsumi yuqori darajada tashkil etilganiga ham urg‘u qaratilib, ushbu yo‘nalishda ziyoratchilarga qulaylik yaratish borasidagi ishlar yuksak e’tirof etilgan. Xususan, umra kvotalari bekor qilingani, haj qiluvchilar soni 3 baravarga oshirilib, bu ko‘rsatkich 15 ming nafarga yetkazilgani va kelgusidagi istiqbolli rejalar tilga olinga
Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.144 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlar O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun tashkil etildi. O‘quvlarga turli vazirlik va idoralardan mas’ul xodimlar hamda sohaning malakali mutaxassislari jalb etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov tomonidan “Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining sohadagi mas’uliyati, joylarda amalga oshirilishi belgilangan ishlar dasturi, ijro intizomi, fuqarolar bilan ishlash va hududlarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari, dini
Batafsil
Akademiyada dastlabki imtihon jarayonlari yakunlandi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihon jarayonlari o‘tkazilayotgan edi. Bugun, 14-iyul kuni ham abituriyentlar uchun dastlabki imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 358-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, yozma shaklda Akademiya hududida tashkil etildi.Dastavval Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Jarayon adolatli va shaffof tarzd
Batafsil
Akademiyada dastlabki imtihon jarayonlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihon jarayonlari o‘tkazilayotgan edi. Bugun, 13-iyul kuni ham abituriyentlar uchun dastlabki imtihon jarayonlari davom etdi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 358-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, bugun ham dastlabki imtihon yozma shaklda Akademiya hududida tashkil etildi.Imtihon boshlanishidan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ishtirok etib, abituriyentlarga muvaffaqiyat tilad
Batafsil