Akademiyada abituriyentlar uchun dastlabki imtihonlar boshlandi
So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalar singari ta’lim sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida zamon talablariga mos, diniy va dunyoviy bilimlar hamda chet tillarni puxta egallagan yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Joriy yilda ham Akademiyada o‘qishni istovchi yoshlarning safi yanada kengaydi. Bugun, 12-iyul kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun dastlabki imtihon jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar guruhlarga ajratilib, imtihonda ishtirok etdi. 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan imtihonlar ikki smenada tashkil etildi. Imtihon boshlanishidan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Batafsil
Abituriyentlarning ota-onalari uchun Akademiya hududidagi muqaddas qadamjolarga ziyorat tashkil etildi
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari uchun DASTLABKI IMTIHON jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.Jarayon adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilib, to‘liq onlayn translatsiya qilinmoqda. Abituriyentlarning ota-onalari mazkur jarayonni faol kuzatib borishyapti.Shu bilan birga, imtihon paytida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlarining kutish vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov mehmonlarga mashhur allomalar haqida ma’lumot berdi.Shu yerning o‘zida allomalar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi.
Batafsil
Hojilarning ovoz berish jarayoni boshlandi
Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida haj safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari erta tongdan “Roshidiya” mehmonxonasi foyesida tashkil etilgan saylov uchastkasida yurtimiz tarixidagi muhim siyosiy jarayon – muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashib, eng munosib nomzodga ovoz bera boshladilar.Saylovchilar o‘zlarining konstitusiyaviy huquqlaridan foydalangan holda mamlakatimiz va chet davlatlarda tashkil etilgan barcha shart-sharoitga ega saylov uchastkalarida ovoz beryaptilar. Toshkent shahridagi 14-saylov okrugiga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining Saudiya Arabistonidagi Jidda shahrida joylashgan Bosh konsulxonasidagi 39-uchastka saylov komissiyasi tomonidan ziyoratchilar uchun Makka shahridagi “Roshidiya” mehmonxonasida ovoz berish punkti tashkil etildi.Saylov qonunchiligiga ko‘ra, ziyoratchilar uchun saylov byulletenlari keltirilib, yashirin
Batafsil
Xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonlariga yuqori baho berdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo-zukko” maktabida joylashgan 359-saylov uchastkasiga Qirg‘iziston Respublikasidan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga kelgan xalqaro kuzatuvchi – Rashitxon Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurishdi.Saylov jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida tashrif buyurgan nufuzli mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kutib oldi. Akademiya rektori mehmonlarni yurtimizda ko‘rib turganidan mamnun ekanligini bildirdi.Uchrashuv davomida xalqaro kuzatuvchi Rashitxon Xodjayev muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi xalqimiz tomonidan ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotganini ta’kidladi. O‘z navbatida
Batafsil
Akademiya rektori saylovda ishtirok etib, ovoz berdi
Ayni paytda yurtimizda muhim siyosiy jarayon – muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham poytaxtimizdagi 404-saylov uchastkasida bo‘lib, munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi. Ta’kidlash joizki, yurtimizning barcha hududlarida o‘tayotgan saylovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari ham ovoz berishda faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Saylov hamjihatlik, faollik ruhida o‘tmoqda
Bugun ertalab soat 8.00 da muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boshlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ziyo-zukko” maktabida tashkil etilgan 359-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni bayramona ruhda boshlandi.Dastavval O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng uchastka raisi va a’zolari, kuzatuvchilar ishtirokida saylov kunidagi tartib-qoidalar tushuntirildi.Ta’kidlash joiz, mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirda ovoz berish Saylov kodeksida belgilangan talablar asosida amalga oshirilmoqda. 359-saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, tibbiyot xonasi faoliyat yuritmoqda. Ilk marotaba saylovda ishtirok etayotgan fuqarolar uchun esdalik sovg‘alari ulashilmoqda. Zero, Prezident saylovi mamlakatimizning kelgusi taraqqiyoti, yurtimiz obodligi, ko‘p millatli xalqimiz farovonligini belgil
Batafsil
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.144 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarga turli vazirlik va idoralardan mas’ul xodimlar hamda sohaning malakali mutaxassislari jalb etilmoqda. Jumladan, 2023-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, PhD K.Shermuhamedov “O‘zbekistonda faoliyati kuzatilgan ekstremistik tashkilotlar tahlili”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘.Hasanboyev “Dunyoviy davlatda dinning ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati”, Toshkent shahar “Minor” jome masjidi imom-xatibi R.Sayfuddinov “Inson ijtimoiy mavjudot”, Akademiya professori, tarix fanlari doktori I
Batafsil
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda 30 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.144 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi J.Aliyev “O‘zbekistondagi diniy vaziyatning o‘ziga xos jihatlari”, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari U.G‘afurov “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uni oldini olishning dolzarb yo‘nalishlari”, Akademiya dotsenti, psixologiya fanlari doktori X.Alimov “Ijtimoiy himoya muhtoj shaxslar bilan ishlashning psixologik asoslari”, Akademiya katta o‘qituvchisi, PhD B.Berdiyev “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili”, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Batafsil
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil etildi
Turizm, bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biri sanaladi. Shu boisdan, dunyoning ko‘plab davlatlari tomonidan ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.Jumladan kuni kecha Qurbon hayiti yurtdoshlarimiz tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Ayniqsa, “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida” Prezident qarori imzolangani ayni muddao bo‘ldi. Bayram munosabati bilan 5 kunlik dam olish e’lon qilinib, bayram kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish nazarda tutildi.Shu bois, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan ekoturizm va ziyorat turizmi yo‘nalishida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida yurtimizning xushman
Batafsil
30-IYUN – YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Qadrli talaba-yoshlar!Mamlakatimizda jismonan va ma’nan sog‘lom, Vatanga sodiq va albatta, intellektual jihatdan barkamol yoshlarni voyaga yetkazishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Negaki, bugun katta hayotga kirib kelayotgan siz kabi yoshlar Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi tayanch ustunlaridir.Bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ziyodni tashkil etmoqda. Yurtimizda ham aholining 60 foizdan ko‘prog‘i yosh o‘g‘il-qizlardan iborat. Bu – mamlakatimiz yorug‘ istiqbolidan darak. Shu bois, keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida yosh avlod kamoloti, ularning yorug‘ kelajagini yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Birgina misol, bugun farzand dunyoga kelgan kundanoq davlatimiz e’tibori va baxtli oila, ota-onasining taftli quchog‘ida voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotir. Buning uchun,
Batafsil
Soha vakillarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda Akademiya Matbuot xizmati vakillari, “Ziyo” media markazi hamda Nashriyot-matbaa birlashmasi xodimlari ishtirok etishdi.Tadbir davomida “Ziyo” media markazi direktori Abdulhamid Muxtorov hamda Akademiya Matbuot kotibi Bahodir Jovliyev so‘z olib, bugungi kunda yurtimizda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi islohotlar, ommaviy axborot vositalariga berilayotgan e’tibor, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida jurnalistlarga yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berishdi.Kasb egalarining mashaqqatli, ammo shu bilan birga, sharafli mehnati e’tirof etilayotgani ta’kidlandi. Shundan so‘ng jurnalistlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori TABRIGI
Muqaddas dinimizning ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayiti – Iyd al-adho bilan barcha yurtdoshlarimiz qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasini ham muborakbod etaman!Mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ramziga aylangan ushbu ulug‘ ayyom asrlar davomida dunyoda ezgulik, do‘stlikning qaror topishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Tinchlik va totuvlik hukm surgan zaminda ilm-ma’rifat ravnaq topadi, inson, uning qadr-qimmati yuksaladi. Zero, bani odamzodni ilm-ma’rifat bezaydi, uni komillikka yetkazadi.Shu ma’noda islom dinining, eng avvalo, tinchlik, ezgulik va insoniylik dini, deya e’tirof etilishi bejiz emas. Xususan, Qur’oni karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinchlikka chaqirilgan. “Baqara” surasida: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” deya marhamat qilingan.Mazkur ulug‘ so‘zlarning ahamiyati bugun ham olis-yaqin hududlarda duny
Batafsil