O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Kengash majlisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Ma’lumki, muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi.Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov majlisni ochib berarkan, yaqinlashib kelayotgan Qurbon Hayiti bilan barchani tabrikladi. Majlis avvalida Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanovga falsafa doktori (PhD) unvoni guvohnomasi topshirildi. Islom iqtisodi

Batafsil
Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!
Yangiliklar

Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!

Dunyo tamaddunini zamonaviy bilim va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yoshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois, yoshlarning iqtidorini aniqlash va uni rivojlantirish muhim masalaga aylangan.Darhaqiqat, yurtimizda ham keyingi yillarda o‘g‘il-qizlarga o‘z imkoniyatlarini namoyish etishi uchun zarur imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ajdodlarimizning boy merosini o‘rganib, har taraflama yetuk, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan barkamol avlodni voyaga yetkazishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘zining navbatdagi bitiruvchilarini umr yo‘lining yangi davri sari kuzatmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va dini tashkilotlar bilan hamkorlik masalala

Batafsil
Akademiya vakillari dolzarb mavzudagi seminar-treningda ishtirok etdi
Yangiliklar

Akademiya vakillari dolzarb mavzudagi seminar-treningda ishtirok etdi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlarida “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma asosida “Islomda gender tengligi va ayollar huquqlari. Islom gender zo‘ravonlikka qarshi. Reproduktiv salomatlik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur treningda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupova ishtirok etib, ma’ruza qildi.BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tayyorlangan qo‘llanmada respublikada islomda gender tenglik mohiyati, reproduktiv salomatlik, ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, ayol huquqlari va erkinliklariga doir islom konsepsiyasi, islom huquqida ayolning huquqiy maqomini t

Batafsil
Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti davom etmoqda
Yangiliklar

Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun malakaviy amaliyot davom etmoqda. Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida bo‘lib o‘tyapti.Jumladan, talabalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlari va muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki, “TEXNOPARK” MChJ, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, “Japan digital university” va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyotni o‘tashmoqda.Shu bilan birga, yigit-qizlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati bilan yaqind

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruza qildi
Yangiliklar

Akademiya o‘qituvchisi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’ruza qildi

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida harbiy prokuratura organlari xodimlari ishtirokida “Inson qadri uchun” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov “Ekstremizmga qarshi kurashish va vijdon erkinligiga oid qonunchilik hujjatlari” mavzusida ma’ruza qildi.Mazkur tadbir “Prokuratura organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish” konsepsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlarida har haftaning juma kuni “Ma’naviyat kuni” etib belgilangan.Bundan tashqari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma’naviyat-ma’rifat ansambli xonandasi Shaxboz Xabiyev o‘zining jonli ijrodagi qiziqarli qo‘shiqlari bilan xodimlarga ma’naviy hordiq ulashdi.

Batafsil
Soha rahbarlari yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ziyoratchilar bilan suhbatlashdi
Yangiliklar

Soha rahbarlari yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ziyoratchilar bilan suhbatlashdi

Saudiya Arabistonida xizmat safarida bo‘lgan Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Makka shahridagi “Roshidiya”, “Abroj Dana”, “Laba Darna” va “Ruba al-Hijaz” mehmonxonalaridagi yurtimiz ziyoratchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.Mutasaddilar tomonidan ziyoratchilarimizga taqdim etilayotgan zamonaviy imkoniyatlar, xonalar shinam va ozodaligi, oshxonalarning sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda vitaminga boyligi, tibbiy va transport xizmatlarining uzluksizligiga katta e’tibor qaratildi. Bu kabi qulayliklar bo‘lg‘usi hojilarimizning emin-erkin, ixlos-u imon bilan ibodat qilishlariga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.Shuningdek, soha rahbarlari ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib turgan hamyurtlarimiz bilan uchrashib, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda

Batafsil
Haj simpoziumida O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalari yuksak e’tirof etildi
Yangiliklar

Haj simpoziumida O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalari yuksak e’tirof etildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonining Haj va umra vaziri taklifiga binoan Jidda shahrida o‘tkazilgan haj simpoziumida ishtirok etdi.Ushbu anjumanda 50 dan ziyod davlatdan kelgan jami 500 nafar ishtirokchi qatnashdi. O‘nlab ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalar qilindi. Yangicha xizmatlar va innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi hamda mavzuga doir ko‘rgazmalar namoyish etildi.E’tiborlisi, ochilish marosimida haj-umra xizmatlari rivojlanish jarayonlari haqida ko‘rsatilgan maxsus filmda Haj va umra vazirligi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalariga alohida urg‘u berildi.Ayniqsa, 2022-yil avgust oyida Haj va umra vazirining yurtimizga kelgani va 2023-yil yanvar oyida esa O‘zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifiga oid lavhalar ishtirokchilarga namoyish etildi.Simpozium doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabi

Batafsil
Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti davom etmoqda
Yangiliklar

Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun malakaviy amaliyot davom etyapti. Akademiya talabalari malakaviy amaliyotini poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tamoqda. Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi, “MADAD” nodavlat notijorat markazi va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyot bo‘lib o‘tmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Yangi Konstitutsiya – kelajagi buyuk davlat poydevori
Yangiliklar

Yangi Konstitutsiya – kelajagi buyuk davlat poydevori

Ayni paytda joylarda so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarining mazmun-mohiyati aks etgan davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham o‘tkazilib, “Yangi Konstitutsiya – kelajagi buyuk davlat poydevori” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda Yoshlar masalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Shayxontohur tuman deputati Ne’matulla Karimov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, dekanlar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatini Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, Asosiy qomusimizning yangi tahriri yurtimiz taraqqiyoti, xalqimi

Batafsil
O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonidagi nufuzli simpoziumda ishtirok etmoqda
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistonidagi nufuzli simpoziumda ishtirok etmoqda

Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia taklifiga binoan Jidda shahrida bo‘lib o‘tayotgan 47-an’anaviy haj bo‘yicha nufuzli simpoziumda faol qatnashmoqda. Ushbu delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va bir qator soha mutaxassislari jalb etilgan.Nufuzli tadbir Qur’oni karim tilovati va Haj va umra ishlari vazirining kirish so‘zi bilan ochildi. Shundan so‘ng Harami sharif masjidi bosh imomi Abdurahmon as-Sudays, Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vaziri kabi mutasaddilar haj mavsumini yuqori darajada o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalarni taqdim etdilar. Kunning ikkinchi yarmida simpozium 4 ta shoʻbaga bo‘lingan holda o‘z faoliya

Batafsil
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri  Ibrohim ABDURAHMONOV:  Talabalar uchun zamonaviy va xavfsiz sharoit yaratish eng dolzarb vazifa
Yangiliklar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim ABDURAHMONOV: Talabalar uchun zamonaviy va xavfsiz sharoit yaratish eng dolzarb vazifa

Dolzarb mavzuYana bir o‘quv yili poyoniga yetmoqda. Ammo ostonada yangi mavsum eshik qoqib turibdi. Shu bois, talabalari yozgi ta’tilda bo‘lgan davrda ham oliy ta’lim muassasalari pedagog jamoasi va rahbariyati zimmasidagi mas’uliyat bir misqol ham kamaymaydi. Zero, navbatdagi o‘quv yilida talabalar erishadigan muvaffaqiyat va ularga yaratiladigan qulayliklar uchun har bir soniya g‘animat, bajariladigan vazifalarning qiymati bebaho.Shu nuqtayi nazardan, bugun erta tongdan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamrohligida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yangi qurilayotgan Talabalar turar joyidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida qad rostlagan 400 o‘rinli, yetti qavatli Talabalar turar joyi yangi o‘quv yilida tolibi ilmlar ixtiyoriga topshirilishi belgilangan. Shu bois dav

Batafsil
Ziyoratchilarimizning ovqatlanish ratsioni doimiy e’tiborda
Yangiliklar

Ziyoratchilarimizning ovqatlanish ratsioni doimiy e’tiborda

HAJ-2023Ayni kunlarda yurtdoshlarimiz Makkai mukarramada toat-ibodatlarini ko‘tarinki ruh va kayfiyatda davom ettirmoqda.Ishchi guruh tomonidan ziyoratchilarimizning ibodati, sihat-salomatligi, risoladagidek istiqomat qilishi hamda vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taomlanishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.Xususan, Makka shahrida “Roshidiya”, “Abroj Dana”, “Laba Darna” va “Ruba al-Hijaz” mehmonxonalarida o‘zbekistonlik mohir oshpazlar ziyoratchilar uchun tansiq taomlar tayyorlab berishyapti. Ertalabki nonushta, tushlik va kechki taomda ikki xildan issiq ovqat va har xil meva-chevalar taqdim etilyapti. Masalan, ertalabki nonushtada issiq taomlar bilan birga tuxum, sariyog‘, pishloq, asal, holva kabilar qo‘shimcha qilinsa, tushlik va kechki ovqatlanish ratsionidan ho‘l mevalar, salqin ichimliklar, qatiq va salatlar o‘rin olgan.Bir so‘z bilan aytganda, ziyoratchilarimiz yara

Batafsil
Ko'rinish