Akademiyada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston media taraqqiyotida Sharq Renessansi davri allomalari ilmiy-falsafiy merosining o‘rganilishi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.Mazkur anjuman Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi, Turkiya radio va televideniye Oliy Kengashi, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda “Ziyo” media markazi hamkorligida tashkil etildi.Konferensiyani O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov ochib berarkan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Bugungi kunda dunyoda kechayotgan turli nizolar, ixtiloflar, axborot asrida aholi, ayniqsa, yoshl
Batafsil
Dolzarb mavzuga bag‘ishlangan seminar-treninglar davom etmoqda
Jizzax viloyatida “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma asosida “Islomda gender tengligi va ayollar huquqlari. Islom gender zo‘ravonlikka qarshi. Reproduktiv salomatlik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupova ishtirok etdi.Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senatori G.Ma’rufova, UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari K.Inomxodjayev, shuningdek Jizzax viloyatidagi mahalla xotin-qizlar faollari hamda targ‘ibot guruhi yetakchilari qatnashdi.BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakol
Batafsil
Akademiya vakillari Buxoro viloyatida o‘tkazilgan gender tenglik mavzusidagi treningda ishtirok etdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari tomonidan “Islomda gender masalalarining o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan edi. Mazkur kitobda aks etgan mavzularni aholiga yetkazish maqsadida Akademiya vakillari respublika bo‘ylab seminar-treninglarda ishtirok etmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagisi Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova, mahallalar yetakchilari hamda soha vakillari ishtirok etdi.Uchrashuvda Akademiya vakillari mazkur kitob O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida ishlab chiqilganini ta’kidlashdi. Kitobda aks etgan mavzular bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’lumot beril
Batafsil
Saudiyaning markaziy nashri: o‘zbekistonlik hojilar minnatdor
Saudiya Arabistonining markaziy nashri – “Ar-Riyoz” gazetasida o‘zbekistonlik ziyoratchilarni tantanali kutib olinishi, ibodat qilishga qulay sharoit yaratilgani va yuqori darajada xizmat ko‘rsatilayotgani haqida maqola chop etildi.Unda ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi “Tavofa” kompaniyasi raisi Muhammad Maajiniyning so‘zlari keltirilgan. U mavsumga barcha tashkiliy ishlar amalga oshirilganini qayd etib, bu yil hojilar ibodatlarini mukammal ado etishi uchun munosib sharoitlarni hozirlash hamda ziyoratni emin-erkin ado etishlari uchun namunali xizmat ko‘rsatishga jiddiy harakat qilinayotganini alohida ta’kidlagan.O‘z navbatida, maqolada o‘zbekistonlik hojilar kutib olish, mehmonxonaga joylashish kabi yo‘nalishlardagi eng oliy darajada ko‘rsatilayotgan xizmatlardan minnatdor ekani alohida bayon etilgan.Ma’lumot o‘rnida, “Ar-Riyoz” gazetasi 52 sahifali kunlik nashr bo‘lib, 150 000 adadda
Batafsil
Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Ayni paytda Akademiya talabalari malakaviy amaliyotini poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tamoqda. Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakilligi, Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazi, Toshkent shahridagi “INSIGHT” psixologik markazi, “Ziyo” media markazi, Fido-Bizness kompaniyasi va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyot bo‘lib o‘tmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi davra suhbatlari davom etmoqda
Ma’lumki, XXI asr axborot asri bo‘lib, hozirgi avlod globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan zamonda yashamoqda. Aynan yoshlar turli ko‘rinishdagi g‘oyaviy xurujlar nishoniga aylanayotgani ham hech kimga sir emas. Ularning ongiga sof islom dini ta’limotiga zid aqidalarni singdirish, o‘zbekona milliy va diniy qadriyatlarimizdan voz kechishga targ‘ib etish kabi xatti-harakatlar avj olmoqda.Bu borada yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, ma’naviy va mafkuraviy tahdidlardan himoyalash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida soha mutaxassislari, olimlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilmoqda. “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi ana shunday tadbirlardan biri Mumtoz sharq filologiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida o‘tkazildi.Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida abituriyentlardan DASTLABKI IMTIHON uchun hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi
DASTLABKI IMTIHON uchun 2023/2024-o‘quv yili “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabgor abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni joriy yil 10-iyundan boshlanganini ma’lum qilamiz.Ma’lumot uchun: DASTLABKI IMTIHON o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi 358-son qarori asosida belgilangan.Ro‘yxatga olish Akademiyaning DASTLABKI IMTIHON uchun hujjatlarni qabul qilish platformasi admission.iiau.uz da amalga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, Akademiyada abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkorlik bilan javob berish maqsadida “Call-markaz” faoliyati ishga tushirilgan. Murojaatlar uchun:(71) 207-18-78Fuqarolar “Call-markaz” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtir
Batafsil
“Dastlabki imtihon” dasturi
O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA HUJJAT TOPSHIRUVCHI ABITURIYENTLAR UCHUN “DASTLABKI IMTIHON” DASTURIYUKLAB OLISH UCHUN
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida abituriyentlardan DASTLABKI IMTIHON uchun hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi
DASTLABKI IMTIHON uchun 2023/2024-o‘quv yili “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabgor abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayoni joriy yil 10-iyundan boshlanganini ma’lum qilamiz.Ma’lumot uchun: DASTLABKI IMTIHON o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-iyundagi 358-son qarori asosida belgilangan.Ro‘yxatga olish Akademiyaning DASTLABKI IMTIHON uchun hujjatlarni qabul qilish platformasi admission.iiau.uz da amalga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, Akademiyada abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkorlik bilan javob berish maqsadida “Call-markaz” faoliyati ishga tushirilgan. Murojaatlar uchun:(71) 207-18-78Fuqarolar “Call-markaz” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtir
Batafsil
“Haj-2023” mavsumi: e’tirof va mamnuniyat
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda ziyoratchilarimizni muborak Haj safariga yuborish jarayoni davom etmoqda. Bo‘lajak hojilarimiz yaratilgan sharoitlardan mamnun bo‘lib, ibodat va duolarni qilmoqdalar. E’tiboringizga Makka shahrining janubiy Aziziya mintaqasida joylashgan “Ar-Roshidiya” mehmonxonasi haqida qisqa ma’lumot taqdim etamiz. Ushbu mehmonxona Harami sharifdan 5,5 kilometr uzoqlikda bo‘lib, Ka’batullohga 24 soat davomida zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Bu hojilarimizga istalgan vaqtda ibodatlarini Masjidul haromda ado etish imkonini beradi.Mazkur yangi barpo etilgan 16 qavatli mehmonxonaning foyelari keng va yorug‘ bo‘lib, hojilarimizga 40 ta zamonaviy lift xizmat ko‘rsatadi. Mehmonxonaning 2300 dan ziyod to‘rt kishilik xonasi 9300 nafardan ortiq hojini o‘z bag‘riga oladi.Bir vaqtning o‘zida 5000 kishi ovqatlanishi mumkin bo‘lgan oshxonada ziyoratchilarimizga u
Batafsil
“Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostidagi talabalar festivali yakunlandi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida talabalar festivali bo‘lib o‘tgan edi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan katta ishtiyoq va yuqori kayfiyatda tashkil etilgan festivalda sport bellashuvlari, “Zakovat” intеllеktuаl o‘yini, “Jаholаtgа qаrshi mа’rifаt bilаn kurаshаmiz” ko‘rik-tаnlovi, hattotlik ko‘rgazmasi hamda “ShHTning yoshlar modеli” kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida festival munosabati bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Tantanali marosimdan avval Akademiya hovlisida “ShHTning yoshlar modeli” anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Akademiya talabalari bilan bir qatorda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti talabalari ishtirok etib, ShHT haqida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Har bir delegat ShHTga a’zo mamlakatlarning Tashkilot d
Batafsil
Yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash muhim vazifa
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur mavzu yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etildi.Davra suhbatini fakultet dekani Sayyora Chiniyeva ochib berdi. Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov so‘z olib, so‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etishini qayd etdi. Shu bilan birga, bunday o‘ta xavfli illatga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan emas, balki bi
Batafsil