O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni
Yangiliklar

Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni

Asrlar davomida ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib kelgan. Shu ma’noda so‘nggi yillarda mamlakatimizda gender tenglik, xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini ta’minlash masalasida juda katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Hech bir ayol davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmaydi” degan qat’iy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotir.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Milliy va ma’naviy qadriyatlarning yuksalishida ayollarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.Oflayn va onlayn tarzda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya rektori o‘z nutqida mamla

Batafsil
Yurtdoshlarimiz Makka shahrida katta ehtirom bilan kutib olindi
Yangiliklar

Yurtdoshlarimiz Makka shahrida katta ehtirom bilan kutib olindi

Bugun, 7-iyun kuni erta tongda Makkai mukarramaga yetib kelgan ziyoratchilarimiz “Haj-2023” ishchi guruhi rahbari Sodiq Toshboyev, xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar vakillari va boshqa mas’ullar tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi.Yurtdoshlarimiz muhtasham “Roshidiya” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq ularga ko‘rsatilgan ehtiromdan qalblari sururga to‘ldi. Mehmonxona foyesida hojilarimizni kutib olish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan: gilamlar to‘shalgan, hamma ziyoratchilar istiqboliga oshiqqan, kayfiyat ko‘tarinki. Allohning mehmonlari uzun yo‘lakdan kirib kelar ekan, ularga zam-zam suvi, xurmo, shirinliklar va esdalik sovg‘alari ulashildi.Tom ma’noda, hojilarimiz ijtimoiy davlat tamoyilining amaliy ifodasini, inson qadri uchun g‘oyasining tatbiqini muborak zaminda ham to‘liq his qilmoqdalar. Makka shahriga yetib kelgan ziyoratchilarimiz ularga ko‘rsatilayotg

Batafsil
Qatar Madaniyat vaziri:  “IMOM BUXORIY MAJMUASI MAHOBATIDAN HAYRATLANDIM”
Yangiliklar

Qatar Madaniyat vaziri: “IMOM BUXORIY MAJMUASI MAHOBATIDAN HAYRATLANDIM”

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy yurtimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Hurmatli mehmon kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining muqaddas qadamjolarini ziyorat qildi.Mazkur tashrif doirasida Qatar Madaniyat vaziri Abdurrahmon bin Hamad ol Soniy janoblari ham Samarqanddagi Imom Buxoriy me’moriy yodgorlik majmuasida bo‘ldi.Abdurrahmon bin Hamad ol Soniy janoblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamrohligida majmuadagi ulkan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida Muzaffar Komilov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida so‘

Batafsil
Alloma xotirasi yod etilib, ehson dasturxoni yozildi
Yangiliklar

Alloma xotirasi yod etilib, ehson dasturxoni yozildi

To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri. Yirik arbob, Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Jeti Jarg‘i” (“Yetti nizom”) qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan. Joriy yilda To‘labiy Alibeko‘g‘li tavalludiga 360 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, ehson dasturxoni yozildi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi vakillari hamda ziyoratchilar ishtirok etdi. Dastavval O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida joylashgan To‘labiy maqbarasida alloma xotirasi yod etildi. Qur’on tilovat qilindi.Ma’lumki, mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xova

Batafsil
Akademiya talabasi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Yangiliklar

Akademiya talabasi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.Quvonarlisi, mazkur musobaqaning Jizzax viloyati bosqichida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi Muhammadsodiq Lapasov muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Akademiya talabasi 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi Muhammadsodiq Lapasovni mazkur yutuq bilan tabriklab, kelgusi faoliyatiga omad tilaydi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Festival “Zakovat” intellektual bellashuvi bilan davom etdi
Yangiliklar

Festival “Zakovat” intellektual bellashuvi bilan davom etdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida talabalar festivali doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.Yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarni rivojlantirish, ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, tafakkur salohiyatlarini yuksaltirishga qaratilgan mazkur o‘yinda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilayotgan festival davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Malaka oshirish markazi tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi
Yangiliklar

Malaka oshirish markazi tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida viloyat, tuman/shahar bosh imom xatiblari va diniy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari uchun “Qur’on qiroati, duo va zikrlarda tajvid ilmining ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.Mazkur mahorat darsi O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, Shayx Alijon qori Haydarov tomonidan o‘tkazildi.Dars mashg‘ulotida tinglovchilarga tajvid ilmi va uning ahamiyati, qiroat turlari, darajalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, imom-xatiblarning ibodat va marosimlarda Qur’on qiroatiga e’tibor berishi lozim bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.O‘quv mashg‘ulotlari davomida bosh imom-xatiblar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslantirilgan javoblar olishdi. Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Batafsil
Akademiyada “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatimizda barqaror va sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida mutasaddilar tomonidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar tashkil etilyapti. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Huquqiy, dunyoviy va ijtimoiy davlatda dinning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Shundan so‘ng Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shukrullo Jo‘rayev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Davr

Batafsil
Festival talabalar o‘rtasidagi sport bellashuvlari bilan boshlandi
Yangiliklar

Festival talabalar o‘rtasidagi sport bellashuvlari bilan boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida talabalar festivali o‘tkazilmoqda.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilayotgan festival sport bellashuvlari bilan boshlandi.Dastlab o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” start oldi. Mazkur bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, g‘oliblik uchun 12 jamoa kurash olib boryapti.Musobaqalar bugun qizlar o‘rtasida voleybol va shaxmat-shashka bahslari bilan davom etadi.Shuningdek, festival doirasida “Dаsturlаsh bo‘yichа IT musobаqаsi”, “Zakovat” intеllеktuаl o‘yini, Quest Step by Step, “Jаholаtgа qаrshi mа’rifаt bilаn kurаshаmiz” ko‘rik-tаnlovi, hattotlik ko‘rgazmasi hamda “ShHTning yoshlar modеli” kabi tadbi

Batafsil
Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirokida trening dars o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirokida trening dars o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Diniy devatatsiyaga ega bo‘lgan shaxslar bilan psixologik konsultatsiya o‘tkazish muammolari” mavzusida trening dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mazkur trening Nizomiy nomidagi TDPU Amaliy psixologiya kafedrasi dotsenti, “Psixosfera” amaliy psixologiya markazi direktori Sanjar Yuldashev tomonidan o‘tkazildi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev hamda Akademiya professor-o‘qtuvchilari ishtirok etdi. Davra suhbatida psixolog tomonidan talabalarda turli metodik usullar orqali muammolar va tushkun kayfiyatdan chiqishning samarali yo‘llari bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
2023-2024-o‘quv yili qabuli uchun
Yangiliklar

2023-2024-o‘quv yili qabuli uchun

Respublika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. HAVOLANI USTIGA BOSING

Batafsil
Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi va hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy va siyosiy jihatlari
Yangiliklar

Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi va hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy va siyosiy jihatlari

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi va hamkorligini rivojlantirishning ijtimoiy va siyosiy jihatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda muhim mavzular haqida so‘z yuritildi.Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Akademiya rektori so‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi yaqin qo‘shnichilik siyosati, davlatlarimiz rahbarlarining o‘zaro keng miqyosdagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Mazkur anjuman bu boradagi ishlarning amaliy davomi ekanini qayd etdi. Anju

Batafsil
Ko'rinish