Hamkorlik aloqalari rivojida yangi sahifa
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022-2023-oʻquv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar oʻrtasida bevosita muloqotini taʼminlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Yangi asr universiteti hamda Xalqaro Nordik universiteti bilan O‘zaro memorandumlarini imzolash marosimi o‘tkazildi.Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori
Batafsil
Talabalar o‘rtasida intellektual bellashuv o‘tkazildi
Yurtimizning bilimga chanqoq, iqtidorli yoshlari kelajagimizning mustahkam poydevori sanaladi. Shunday ekan, ular har jihatdan mukammal bo‘lishi, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallashi, mustaqil fikrlay olishi, xorijiy tillarni puxta bilishi muhim ahamiyatga ega.Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Sohaga oid rus tili” mavzusida intellektual ma’rifiy tanlov o‘tkazildi. Tanlovda Akademiya talabalaridan iborat “Xalqaro jurnalistika”, “Turizm”, “Yurisprudensiya” hamda “Filologiya” jamoalari ishtirok etdi.Jamoalarning chiqishlarini Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan iborat Hakamlar hay’ati adolatli tarzda baholab bordi. Bellashuv salomlashish, blits-so‘rov, otlarning kelishikda turlanishi, “Oila va tarbiya” mavzusidagi hadislar tanlovi” hamda erkin mavzuda ijodiy ko‘rinishlar kabi shartlardan iborat bo‘ldi.Tashkilotchilar tomonidan mazkur tanlovni o
Batafsil
Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Mazkur anjumanning maqsadi diniy-ma’rifiy sohani raqamlashtirishning nazariy muammolari va axborot xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, kibermakonda axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari, shuningdek, sohada zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishiga oid amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar hamda tadqiqotlar natijalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirishdan iborat.Onlayn hamda offlayn formatda tashkil etilgan konferensiyani O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berdi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot te
Batafsil
Akademiyada “Balli qizlar!” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
So‘nggi yillarda yurtimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xotin-qizlarni turli yot illatlar ta’siridan asrash, qizlarni milliy qadriyatlarimizga tayangan holda tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Balli qizlar!” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan tanlovda fakultetning 5 nafar iste’dodli va zukko talaba-qizlari ishtirok etdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berib, tanlov qatnashchilariga omad tiladi.Tanlovda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva, Akademiya xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hayotxon To‘ychiyeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.B
Batafsil
Akademiyada ziyorat gid-tarjimonlari uchun maxsus seminar kurslar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi “Madaniy meros obyektari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot istituti” hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida “Tabarruk ziyorat” loyihasi doirasida gidlar uchun haftalik maxsus seminar kurslar tashkil etildi.Ushbu maxsus seminar kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Turkiy davlatlar tashkiloti, Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida imzolangan “Tabarruk ziyorat” pilot loyihasi bo‘yicha Qo‘shma dasturni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining nazorat rejasida keltirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tashk
Batafsil
Akademiyada xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan psixologik-trening o‘tkazildi
Yurtimizda azaldan oila muqaddas dargoh sifatida qadrlanadi. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga hurmat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro mehr-muruvvat omillari singdiriladi. Bu esa oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirib, yosh avlodning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.15-may sanasi jahonda – Xalqaro oila kuni sifatida qayd etilgan. Mazkur bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentabrdagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga muvofiq, 1994-yilning 15-mayidan buyon muntazam tarzda nishonlanadi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Men va oilam qahramoni” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi. Davra suhbatini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayy
Batafsil
Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi
Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan. Bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Samarqandda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” festivali o‘tkazildi.Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda respublikamizning barcha viloyatlaridan oliy taʼlim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, olima ayollar, senаtorlar qatnashdi.Ahamiyatlisi, mazkur festivalda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hayotxon To‘ychiyeva ham ishtirok etdi. Anjumanda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva videoaloqa orqali tadbir qatnashchilariga murojaat etib, jamiyat rivojida ta’limning, ayniqsa, xot
Batafsil
Ilmiy loyiha doirasida Samarqanddagi noislomiy konfessiyalar faoliyati oʻrganildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO” kafedrasi professor-oʻqituvchilaridan iborat ilmiy jamoa Samarqand shahriga xizmat safarini amalga oshirdi. Mazkur safar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2021-2023-yillar uchun moliyalashtirilgan “Dinlar tarixi, taʼlimoti, manbalari va anʼanalarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida tashkil etildi.Tarixdan maʼlumki, Samarqand azaldan turfa dinlar tarqalgan, turli din vakillari istiqomat qilgan shahar hisoblanadi. Islom dini tarqalishidan avvalgi davrlarda shahar va uning atrofida yahudiy va xristian jamoalari yashaganlar. III asrdan xristianlikning nestorianlik oqimi Samarqandda keng tarqalgan. IX asrda Samarqandda nestorian arxiyepiskopi faoliyat koʻrsatgan.
Batafsil
“Taʼvilot al-Qurʼon” kitobining 25- va 26-juzlari nashr qilindi
Buyuk vatandoshimiz Abu Mansur Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” kitobining 25 va 26-juzlari ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi.Ushbu asar Imom Moturidiyning Qurʼon tafsiriga oid shoh asari hisoblanadi. Asar oʻz yoʻnalishida Movarounnahrda yaratilgan ilk tafsir manbalaridan biri sanaladi. Unda oʻsha davrda faoliyati kuzatilgan deyarli barcha adashgan oqimlarga ilmiy raddiyalar berilgan.Tarjima zamonaviy nashrlar hamda qoʻlyozmalarni oʻzaro qiyosiy solishtirish orqali mavjud xato-kamchiliklarning toʻgʻrilangani, atama va iboralarga ilmiy izohlar berilgani bilan ajralib turadi.Maʼlumot uchun, bundan avval asarning 27-28 (bitta kitob holida), 29 va 30-poralari ham chop qilinib, eʼtiboringizga havola qilingan edi.
Batafsil
Qatarda O‘zbekistonning diniy sohadagi islohotlari bo‘yicha taqdimot qilindi
Avval xabar berganimizdek, Doha shahrida boʻlayotgan “Diniy erkinlikdan diniy masʼuliyat sari: qoʻllab-quvvatlash va harakat hamjamiyatlarini qurish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.Xalqaro konferensiyaning “Din va qonun ustuvorligi” shu’basi doirasida boʻlimlarda 50 ga yaqin olim va tadqiqotchilar, huquqshunos va siyosatshunoslar, dinshunos va din yetakchilari, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillarining maʼruzalari tashkil qilingan.Jumladan, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudovning “Diniy sohadagi islohotlar: Oʻzbekiston tajribasi” mavzusidagi maʼruzasi va taqdimoti ishtirokchilarga yetkazildi.Maʼruzada soʻnggi yillarda din sohasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida qonunchilik takomillashtirilgani, yangi ilmiy va taʼlimiy muassasalar ochilgani, barcha din vakillarining em
Batafsil
Oʻzbekiston delegatsiyasi Dohadagi konferensiyada ishtirok etmoqda
Qatar poytaxti Doha shahrida “Diniy erkinlikdan diniy masʼuliyat sari: qoʻllab-quvvatlash va harakat hamjamiyatlarini qurish” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur anjumanda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etyapti. Shu yilning 11-may kuniga qadar davom etadigan ushbu tadbirda xalqaro tashkilotlar vakillari, diniy konfessiyalar yetakchilari, mashhur olimlar, taniqli ulamolar hamda soha ekspertlari jami 100 dan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda.Qayd etish kerakki, mana shunday yirik forum 2022-yil 16-19-may kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida boʻlib oʻtgan edi. Xalqaro uchrashuvning asosiy natijasi sifatida “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilingan edi. Bundan ilgari Marokash, Makka, Jakarta, Potomak va Punto-del-Esteda qabul qilingan deklaratsiyalarni toʻldiradigan ushbu hujjat Oʻzbekistonning diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik gʻoyalarini xalqaro darajada
Batafsil
Akademiyada Mahmudxoʻja Behbudiy xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
Yurtimizda har yili 9-may sanasi anʼanaviy tarzda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlab kelinadi. Bu kunda, ayniqsa, insoniyat tarixida mudhish iz qoldirgan Ikkinchi jahon urushida jasorat koʻrsatgan necha-necha insonlar qatorida minglab vatandoshlarimiz xotirasi yodga olinadi. Shu bilan birga, el-yurt saodati, ilm-maʼrifati, yosh avlod kamoloti uchun butun umrini bagʻishlagan maʼrifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish ham yaxshi anʼanaga aylangan. Shu maqsadda bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida buyuk maʼrifatparvar adib, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiyning xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan
Batafsil