Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy – avlodlar e’tirofida
Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, mutafakkir alloma, yozuvchi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi hisoblanadi. Ta’kidlash kerak, so‘nggi yillarda ma’rifatparvarning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida joylashgan Mahmudxoʻja Behbudiy haykali qarshisida tashkil etildi.“Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy – avlodlar e’tirofida” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shuhrat Rizayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Akademiya professor-o‘qituvchilari, magistrlar hamda
Batafsil
Muloqot tomonlar uchun foydali bo‘ldi
Bugungi kunda taʼlim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Mazkur talabdan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Jumladan, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Yangi asr universiteti rektori Qobiljon Zohidov va O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Dilmurod Mamatov bilan uchrashuv o‘tkazildi.Tadbirda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Malika Nosirova, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz To‘rayeva hamda magistratura bosqichi bitiruvchilari ishtirok etdi.Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalari muhokama etildi. Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalalari haqida so‘z yuritildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiya doktoranti ilmiy seminarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi
Samarqandda xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashi hamda “AQSH-Markaziy Osiyo universitetlari hamkorlik dasturi” (UniCEN) tomonidan ilmiy seminar oʻtkazildi. “Tadqiqot metodologiyasi” mavzusiga bagʻishlangan mazkur anjumanda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Shohsanam Niyozova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Seminarda Markaziy Osiyoning Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston davlatlaridan saralab olingan professor-oʻqituvchi hamda yosh tadqiqotchilarga xorijlik mutaxassislar tomonidan intensiv darslar va mahurat darslari olib borildi. Asosiy urgʻu tadqiqot olib borish, ilmiy maqola yozish boʻyicha xalqaro tajribani ulashish va soʻnggi yillardagi tendensiyalarni tahlil qilishga qaratildi.Anjuman yakunida ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiyada taniqli sharqshunos va tarixchi olim Saidakbar Agzamxoʻjayev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Inson maʼnaviy kamoloti, ikki dunyo saodatiga ustoz va murabbiylarning ta’lim va tarbiyasi bilan erishadi. Dunyoda shunday kasblar borki, rohatidan mehnati, muvaffaqiyatidan zahmati koʻp. Ustoz-u murabbiylarning fidoyi mehnatini ham shunga qiyoslash mumkin. Hazrat Alisher Navoiy bobomiz taʼbiri bilan aytganda, dunyoning jamiki boyligi va xazinasi bilan ham ularning olijanob mehnati haqini ado etib boʻlmaydi. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida taniqli sharqshunos va tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor Saidakbar Agzamxoʻjayev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan ilmiy-pedagogik va ijtimoiy faoliyatiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyas
Batafsil
Diniy-maʼrifiy soha vakillari umumxalq referendumida faol ishtirok etdi
Bugun 30-aprel – yurtimizda muhim siyosiy jarayon – “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun yuzasidan umumxalq referendumi boʻlib oʻtmoqda.Maʼlumki, 2021-yil 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida senator va deputatlar, keng jamoatchilik, xalq bilan maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini oʻrganib, puxta oʻylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini koʻrib chiqish kerakligini taʼkidlagan edi.Shu bois, bir yarim yil mobaynida mazkur jarayonga puxta tayyorgarlik koʻrildi. Yetuk mutaxassislar ishtirokida va xalqaro tajribalar asosida tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib, xalqning fikri oʻrganildi. Jamoatchilik tomonidan 220 mingdan zi
Batafsil
Referendum jarayonlariga xalqaro kuzatuvchilar yuqori baho berdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ziyo-zukko” maktabidagi 359-referendum uchastkasiga xalqaro kuzatuvchilar – doktor Akkan Suver va Sezgin Bilgich referendum jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida tashrif buyurishdi.Nufuzli mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kutib oldi. Akademiya rektori mehmonlarni yurtimizda ko‘rib turganidan mamnun ekanligini bildirdi.Uchrashuv davomida xalqaro kuzatuvchilar – Akkan Suver va Sezgin Bilgich 30-aprel – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi referendumi xalqimiz tomonidan ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotganini ta’kidlashdi. O‘z navbatida 359-referendum uchastkasida saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, umumxalq referendumi yuqori saviyada
Batafsil
Akademiyada referendum munosabati bilan bayram sayli tashkil etildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan referendum tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.Referendum davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari yangi tahrirdagi xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz berishdi. Shundan so‘ng Akademiya hovlisida turli sport o‘yinlari, bayram tadbirlari tashkil etildi. Doshqozonlarda osh damlandi. Shuningdek, salomatligida muammo bo‘lib, 359-referendum uchastkasiga kela olmagan talabalarning uylariga borib, mas’ullar guvohligida ovoz berish jarayonlari tashkil etildi. Bir so‘z bilan aytganda, umumxalq referendum bayram sayliga aylanib ketdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Referendum tadbirlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham davom etmoqda
Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan referendum tadbirlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham katta ishtiyoq va uyushqoqlik bilan davom etmoqda.Jumladan, “Ziyo-zukko” maktabida tashkil etilgan 359-referendum uchastkasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari yangi tahrirdagi xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz berishda faol ishtirok etmoqda.Ahamiyatlisi, soat 359-referendum uchastkasining 13:00 dagi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari referendumda 100 foiz ishtirok etib, ovoz berishdi.O‘z kelajagi, taqdiri va eng avvalo, yurtimizda “Inson qadri uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz referendumda faol qatnashayotir. Zero, Konstitutsiya davlatimiz barqarorligi va kelajagi, inson manfaatlarining huquqiy as
Batafsil
Akademiya rektori referendumda ishtirok etib, ovoz berdi
Ayni paytda yurtimizda muhim siyosiy jarayon – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi uchun referendum bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham poytaxtimizdagi 404-referendum uchastkasida bo‘lib, referendumda ovoz berdi. Ta’kidlash joizki, yurtimizning barcha hududlarida o‘tayotgan referendumda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari ham yangi tahrirdagi xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz berishda faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
BatafsilO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Fahran Nizami bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Nufuzli mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kutib oldi. Akademiya rektori taniqli olim bilan yuzma-yuz uchrashib turganidan mamnun ekanini bildirdi.Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili Jasur Najmiddinov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Akademiya prorektorlari – Zohidjon Islomov, Ilyos Mirziyotov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. Muloqot davom
Batafsil
“Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida BMT modeli loyihasi”
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan tadbir shu mavzuga bag‘ishlandi. “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetining Yurisprudensiya (islom huquqi) yoʻnalishi 1-kurs talabalarining tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Bu kabi davra suhbatlari talabalar bilimini oshirishda muhim ekanini ta’kidladi.Inson huquqlari komitetining “Kam rivojlangan mamlakatlarda oʻsishni yaxshilash” mavzusida boʻlib oʻtgan yigʻilishda barcha talabalar faol ishtirok etib, oʻzlari himoya qilayotgan davlatlarning yakuniy rezolyutsiyasini tayyorladilar.Tadbir yakunida ishtirokchi-talabalarga sertifikat va ko‘krak nishoni topshirildi.
Batafsil
Akademiya professor-oʻqituvchilari Buxoro viloyatida turizm salohiyatini oʻrganishdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-oʻqituvchilari Buxoro shahrida xizmat safarida boʻlishdi. Safar davomida Buxoro davlat universiteti, Kogon va Romitan tumanlarining ziyoratgohlari hamda turizm mahallalari ko‘zdan kechirildi. Safarning birinchi kunida Buxoro davlat universitetida oliy ta’lim muassasasi bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda ikki taʼlim muassasasi oʻrtasida ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib olindi. Shuningdek, uchrashuvdan soʻng Buxoro viloyati Kogon tumanining ziyoratgohlari bilan tanishildi. Tumanda ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqildi.Shundan so‘ng Romitan tumanida joylashgan ziyorat obyektlari oʻrganildi. Tumanlarda tashkil etilgan turizm mahallalariga tashrif buyurildi. Jumladan, Buxo
Batafsil