RAMAZON HAYITI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
Assalom-u alaykum, hurmatli jamoadoshlar! Muhtaram professor-oʻqituvchilar! Qadrli talaba-yoshlar! Siz, azizlarni saodatli, ulugʻ ayyom Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilan chin qalbdan tabriklayman! Mehr-muruvvat, hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni ulugʻlovchi ayyomning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati beqiyos. Bu qutlugʻ kunda barchamiz, avvalo, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, oilalarimizdagi farovonlik uchun cheksiz shukronalar aytamiz! Ramazon – Qurʼon oyi. Ha, bu ulugʻ oyning eng buyuk fazilatlaridan biri ham insonlarning qalban va ruhan poklanishida. Shukrki, barchamiz ushbu tabarruk oyni solih amallar va ibodatlar bilan oʻtkazdik. Moʻtabar kunlarda barcha araz-ginalar, xafagarchiliklar unutilib, kechirimli boʻlish musulmon kishiga xos goʻzal fazilatdir. Umuman, Roʻza ibodati bilan nafs tarbiyalanadi, qalb poklanadi, mehr-oqibat yuksaladi.“Muborak Ramazon oyini mun
Batafsil
Akademiya talabalar teatr jamoasi respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar teatr jamoasi tomonidan “Zahiriddin Muhammad Bobur” spektakli ijro etilib, tanlovning mintaqaviy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.Tanlovning navbatdagi bosqichi Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar teatr jamoasi bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Farg‘ona politexnika instituti talabalari o‘zaro bellashdi. Ma’lumki, joriy yilda buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil t
Batafsil
Akademiya talabalar teatr jamoasi tomonidan “Zahiriddin Muhammad Bobur” spektakli premyerasi o‘tkazildi
Yurtimizda talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyish etishi uchun sharoit yaratib berish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zahiriddin Muhammad Bobur” spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi. Akademiya talabalari teatr jamoasi tomonidan taqdim etilgan buyuk bobokalonimiz Bobur Mirzo hayoti aks etgan mazkur asar taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Xabaringiz bor, joriy yilda buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil to‘ldi. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil 25-yanvarda “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Za
Batafsil
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – xalqchil Konstitutsiya!
Ayni paytda yurtimizda muhim siyosiy voqelik – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumiga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Joylarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati aks etgan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan uchrashuvda ham ana shu muhim siyosiy jarayon haqida so‘z bordi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – Nodir Jumayev, Sanjar Hamidullayev, Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti mas’ul xodimi Abdumannob To‘laganov, O‘zLiDeP Shayxontohur tuman bo‘limi hamda Shayxontohur tuman targ‘ibot guruhi rahbari Odiljon Ashirov, Akademiya
Batafsil
Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi. Mazkur o‘quvlarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etdi.2023-yilning 3-12-aprel kunlari tashkil etilgan 72 soatlik mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarda islom dinining insonparvarlik va tinchlikvarparlik g‘oyalari to‘g‘risida, shuningdek, harbiy xizmatchilar shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash hamda sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanad
Batafsil
Amir Temur – buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan homiysi
Amir Temur o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘zbek xalqining, balki bashariyatning ham qalbidan chuqur joy olgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’lumki, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan sana mamlakatimizda har yili an’anaviy tarzda keng nishonlanadi. Bu yil ham yurtimiz bo‘ylab ulug‘ sarkarda tavalludining 687 yilligi tadbirlari katta xursandchilik bilan o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur sana munosabati bilan “Amir Temur – buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan homiysi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komil
Batafsil
Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Akademiya kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari uchun “Kasaba uyushma tashkiloti a’zolarining jamoa shartnomasi bilan ishlash ko’nikmasini rivojlantirish” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 36 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda Akademiya kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolaridan iborat tinglovchilar ishtirok etmoqda.Mazkur o‘quvlarga “Davlat muassasalari va jamoat xizmati” kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashidan maxsus mutaxassislar va sohaga oid tajribali kadrlar jalb etilgan. Ular tomonidan “Davlat muassasalarida ish yuritish hamda mehnat shartnomasi mazmuni”, “Mehnat intizomi: ichki mehnat tartibi qoidalari”, “Mehnat shartnomasi: taraflarining javobgarligi va mas’uliyati”, “Mehnat muhofazasi va ijtimoiy sug‘urta: ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar”, “Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
Batafsil
Poytaxtimizda “Kitob – kamolot kaliti” II xalqaro koʻrgazma-yarmarkasi ish boshladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan 6-7-aprel kunlari Toshkent shahar Hazrati Imom majmuasining ochiq osmon ostidagi maydonida “Kitob – kamolot kaliti” II xalqaro koʻrgazma-yarmarkasi oʻtkazilmoqda.Bugun mazkur ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent islom instituti, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Qozogʻiston hamda Turkiya noshirlik uylari, yurtimizda faoliyat olib borayotgan bir qator nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob doʻkonlari vakillari o‘zlarining ilmiy, maʼrifiy va badiiy kitoblari bilan ishtirok etdi.Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-oʻqituvchilari va talabalari ham qatnashdi.Koʻrgazmada 40 dan ortiq xorijiy va mahalliy nashriyotlar, bosmaxonalar va ilmiy markazlar diniy-maʼ
Batafsil
Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni talabalarga yetkazish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, “Islomshunoslik va islom islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov, Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktika katta inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.Davra suhbatida O‘tkir Hasanboyev so‘zga chiqib, yoshlarni yot g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetini yanada oshirish, ta'lim muassasalari talabalarining bilimlarini mustahkamlash, yoshlarning mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma'rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta'minlash masalala
Batafsil
Akademiyada oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda konferensiya o‘tkazilmoqda
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida BMT modeli loyihasi” mavzusida konferensiya o‘tkazilmoqda.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent xalqaro Westminster universiteti, Toshkent shahridagi Webster universiteti, Toshkentdagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti filiali talabalari ishtirok etmoqda.Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berishdi. Konferensiya ishtirokchilariga omad tilashdi.Shundan so‘ng ishtirokchilar anjuman ishini sessiyalarga bo‘lingan holda davom ettirilib, unda kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Har bir delegat Birlashgan Millat Tashkiloti tarkibiga kiruvc
Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov o‘z so‘zida navbatdagi majlis ham amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ekanini ta’kidladi.Dastlab Oliy attestatsiya komis
Batafsil
Akademiya Jamoatchilik kengashining majlisi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya Jamoatchilik kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Kengash raisi Iqbol Mirzaaliyev hamda ta’lim, madaniyat, san’at, adabiyot sohalarining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan tarkib topgan Kengash a’zolari ishtirok etdilar.Taʼlim jarayonida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, “ustoz-shogird” an’analari, ma’naviyat, ma’rifat, san’at yo‘nalishida qobiliyatlarini yanada yuksaltirish, jamiyatda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarda Akademiya faolligini oshirish, oliy o‘quv yurtlari, professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jamoatch
Batafsil