Malaka oshirish tinglovchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur tadbirlar rejasiga muvofiq, tinglovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasi faoliyati va u yerda saqlanayotgan noyob kitoblar mazmuni bilan tanishishdi. Shuningdek, Akademiya hududida joylashgan “Yunusxon”, “Shayx Xovandi Tohur” va “Qaldirg‘ochbiy” maqbaralarini ziyorat qilishdi.Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Batafsil
Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.72 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” kitobining mazmun-mohiyati”, “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari”, “O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan diniy konfessiya va tashkilotlar faoliyati”, “O‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan ekstremistik oqimlar va norasmiy diniy jamoalar”, “Missionerlik va prozelitizm: mohiyat, maqsad va oqibatlar”, “Harbiy xizmatchilar orasida buzg‘unchi g‘oyalarga qars
Batafsil
AQSh elchisi Akademiyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kutib oldi. Elchi janoblarining yurtimizdagi ishlariga muvaffaqiyat tilab, yuzma-yuz uchrashib turganidan mamnun ekanini bildirdi.Muloqot davomida Muzaffar Komilov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlar jarayoni haqida so‘z yuritdi. So‘nggi yillarda islom ilm-fani va madaniyatining boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, eng muhimi, islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish uchun Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivil
Batafsil
Sen aziz va muqaddassan – ayol
Ayol – millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘ladi. Ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Shuning uchun mamlakatimizda xotin-qizlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning og‘irini yengil qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Shu maqsadda poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Sen aziz va muqaddassan – ayol!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Farida Afr
Batafsil
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining missiyasi
Jamiyatda sogʻlom fikrlaydigan, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda faol ishtirok etadigan, asriy anʼanalar bilan zamonaviy bilimlarni oʻzida uygʻunlashtirgan, islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda targʻib etadigan, islom olamida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar hamda bugungi kundagi siyosiy jarayonlarga teran fikr bilan yondashadigan xalqaro darajadagi kadrlar tayyorlash.
Batafsil
Akademiyada o‘tkazilgan “Xalqaro hamkorlik haftaligi” yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotir. Yurtimiz Tashkilot a’zosi sifatida turli sohalarga doir o‘ta muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surmoqda. Muxtasar aytganda, O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligi so‘nggi yillarda mutlaqo yangi darajaga ko‘tarildi. O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lgan sana munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Xalqaro hamkorlik haftaligi” doirasidagi turli davra suhbatlarida ana shu jihat alohida e’tirof etildi. Haftalik yakunidagi so‘nggi tadbir “UNESCO tashkilotining O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalari” mavzusiga bag‘ishlandi.Uchrashuvda UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining Axborot va kommunikatsiya dasturlari bo‘yicha maslahatchisi Sanjar Allayarov, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining Ta’lim va fan bo‘yicha maslahatchi
Batafsil
Akademik litsey o‘quvchilari uchun “Rektor soati” o‘tkazildi
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga qiziqishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, ularni vatanparvarlik, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori ishtirokida akademik litsey o‘quvchilari uchun “Rektor soati” tashkil etildi.Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv xalqimizning ikki buyuk shoiri – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburga bag‘ishlangan “Bir asrning ikki dahosi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bilan davom etdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Akademiya prorektorlari, akademik litsey o‘qituvchi-xodimlari hamda o‘quvch
Batafsil
Talabalar o‘rtasida intellektual zakovat bellashuvi o‘tkazildi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo bo‘lganiga 31 yil to‘ldi. Mamlakatimiz BMTning teng huquqli a’zosi sifatida turli sohalarga doir o‘ta muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surmoqda. O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligi so‘nggi besh yilda mutlaqo yangi darajaga ko‘tarildi. Mazkur sana munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro hamkorlik haftaligi” doirasida ko‘plab davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi “Intellectual battle” mavzusidagi zakovat tanlovi bilan davom etdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari ishtirok etdi. Tadbirni Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultet
Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov o‘z so‘zida navbatdagi majlis ham amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ekanini ta’kidladi.Dastlab O‘zbekiston Respublikas
Batafsil
“Xalqaro hamkorlik haftaligi” davom etmoqda
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzoligining 31 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro hamkorlik haftaligi” doirasida ko‘plab davra suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ham mazkur haftalik doirasida BMT huzuridagi UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. “UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi ijtimoiy loyihalari” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda UNICEF O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash bo‘yicha maslahatchisi Umid Xudoyqulov ma’ruza qildi.Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Roʻziyev, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatini O
Batafsil
Akademiyada Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xalqimizning suyukli shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Mumtoz sharq filologiyasi dekani Sayyora Chiniyeva, Akademiya psixologi Gulruh G‘aniyeva, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Zulfiyaxonimning yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qilishi, uning sermahsul ijodi, go‘zal she’riyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib o‘qishlari, shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekani, o‘nlab kitoblari o‘zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgani ta’kidlandi. Zulfiyaxonim nafaqat badiiy ijodi bilan, ayni paytda o‘zbek ayoliga xos vafo va sadoqat timsoli sifatida ham xalqimiz
Batafsil
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:1. Jamoatchiligimiz va xalqimiz bilan keng muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Ken
Batafsil