O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida yoshlar siyosati
Yangiliklar

Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida yoshlar siyosati

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzoligining 31 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro hamkorlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur haftalik doirasida yurtimizdagi ko‘plab xalqaro tashkilotlar vakillari, diplomatlar, siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi markazi hamda SCOLAR Network ShHT yoshlar platformasi hamkorligida o‘tkazilib, “Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida yoshlar siyosati” mavzusiga bag‘ishlandi.Mazkur davra suhbatida O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Markaz spikerlari, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Otabek Alimardonov, O‘zbekiston volontyorlar assosiatsiyasi rahbari Shirin Abidova, SCOLAR Network ShHT yoshla

Batafsil
Akademiyada “Xalqaro hamkorlik haftaligi” boshlandi
Yangiliklar

Akademiyada “Xalqaro hamkorlik haftaligi” boshlandi

Oʻtgan qisqa davrda O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Zero, Birlashgan Millatlar Tashkilotining dunyo mamlakatlarining barqaror taraqqiyotini taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlarini birlashtirishni maqsad qilgan universal xalqaro tuzilma sifatidagi roli va masʼuliyati ortib bormoqda. BMTning teng huquqli va toʻlaqonli aʼzosi sifatida Oʻzbekiston 1992-yil 2-martdan buyon tenglik, hamkorlik, koʻptomonlamalik va xalqaro huquq prinsiplariga amal qilishini namoyish etayotir. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzoligining 31 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro hamkorlik haftaligi” boshlandi. Mazkur haftalikdan ko‘zlangan maqsad 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiy

Batafsil
Akademiya talabalar teatr jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Yangiliklar

Akademiya talabalar teatr jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarga o‘z qobiliyatlarini namoyish etishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-yoshlaridan iborat teatr jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi. Tanlovda Akademiya talabalari tomonidan “Zahiriddin Muhammad Bobur” spektakli namoyish etildi. Xabaringiz bor, joriy yilda buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi 540 yil to‘ldi. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil 25-yanvarda “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muh

Batafsil
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi
Yangiliklar

Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar, magistr va yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” hamda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, PhD Ma’ruf Qurbonov ma’ruza qildi. Seminarda intellektual mulk obyektlarining turlari, mualliflik huquqiga oid milliy qonunchilik va xalqaro konvensiyalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Batafsil
Davra suhbati samarali o‘tdi
Yangiliklar

Davra suhbati samarali o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Xalq banki matbuoti xizmati rahbari Gulnoza Alimova hamda bank matbuot xizmati xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan uchrashuvda Gulnoza Alimova “Jurnalistikada PR” mavzusida maʼruza qildi. Davra suhbatida kafedra katta oʻqituvchisi Madina Nurutdinova, magistrlar hamda talabalar ishtirok etdi.Samimiy muloqot davomida soha mutaxassislari jurnalistika sohasiga qiziqqan yoshlarga o‘z kasblarining sir-asrorlari bilan o‘rtoqlashishdi. Jurnalistlarni kasb mahoratiga tayyorlash, sohaga ilg‘or xalqaro tajriba yutuqlarini joriy qilish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbir qizgʻin bahs-munozaralar va savol javoblarga boy tarzda oʻtdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Misrning “Al-Azhar” majmuasi Islom tadqiqotlari akademiyasi faoliyati bilan tanishildi
Yangiliklar

Misrning “Al-Azhar” majmuasi Islom tadqiqotlari akademiyasi faoliyati bilan tanishildi

Ta’kidlash joizki, yurtimiz delegatsiya vakillarining Misr Arab Respublikasidagi safari muvaffaqiyatli kechmoqda. Safar davomida turli ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishilmoqda. Navbatdagi manzil – Misrning “Al-Azhar” majmuasi Islom tadqiqotlari akademiyasi bo‘ldi.Akademiyada Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro boʻlim boshligʻi Bahodir Xoʻjayev hamda “Al-Azhar” majmuasi Islom tadqiqotlari akademiyasi rahbari, doktor Nazir Ayyod bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv avvalida har ikki yurt vakillari tomonidan Oʻzbekiston va Misr bilan aloqalar tobora rivojlanib borayotgani, ayniqsa, ilmiy va taʼlim yoʻnalishlardagi hamkorliklar soʻnggi yillarda keng taraqqiy etayotgani taʼkidlandi. Muloqot davomida Davronbek Maxsudov tomonlar o‘rtasida hamkorlik masalalarini yanada rivojlantirish mas

Batafsil
Tashrif samarali davom etmoqda
Yangiliklar

Tashrif samarali davom etmoqda

Oʻzbekiston delegatsiyasi Al-Azhar majmuasi tarkibidagi Ekstremizmga qarshi kurash Observatoriyasi (Marsad) faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.Maʼlumot uchun mazkur observatoriya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda chiqayotgan materiallar muntazam tahlil qilib boriladi hamda ekstremistik guruhlarning maʼlumotlari chuqur oʻrganiladi va ularga munosib ilmiy raddiya va munosabatlar beriladi.Uchrashuv davomida tomonlar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish va mavjud hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi gʻoyat ahamiyatli ekani alohida qayd etildi.Muloqot oʻzaro samimiy va doʻstona ruhda boʻlib oʻtdi.

Batafsil
Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”
Yangiliklar

Shayx Muhammad ad-Duvayniy: “Soʻnggi yillarda Misr va Oʻzbekiston aloqalari tobora rivojlanib bormoqda”

Misr Arab Respublikasida yurtimiz delegatsiyasi vakillari “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari, shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Mazkur muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa masʼullar ishtirok etdi.Samimiy suhbat avvalida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarning yangi davrini boshlab berishi shubhasizligi taʼkidlandi.Shundan so‘ng soha masʼullari tomonidan yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, ajdodlar va dunyo olimlarining boy ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha olib borilayotgan sermahsul faoliyat, bu borada

Batafsil
Oʻzbekiston delegatsiyasining Misr muftiysi, Misr fatvo markazi (Dorul Ifto) rahbari Shavqiy Allom bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Oʻzbekiston delegatsiyasining Misr muftiysi, Misr fatvo markazi (Dorul Ifto) rahbari Shavqiy Allom bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tashrif davomida yurtimizning turli delegatsiyalarining ham Misr Arab Respublikasi vakillari bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Misr muftiysi, Misr fatvo markazi (Dorul Ifto) rahbari Shavqiy Allom bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Muloqot avvalida Muzaffar Komilov mezbon tomonga iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, markaz faoliyati butun musulmon dunyosi uchun muhim ekanini qayd etdi.Oʻz navbatida, Shavqiy Allom ushbu markaz haqida delegatsiya aʼzol

Batafsil
Oʻzbekiston – Misr: hamkorlik aloqalarini mustahkamlash sari yangi qadamlar
Yangiliklar

Oʻzbekiston – Misr: hamkorlik aloqalarini mustahkamlash sari yangi qadamlar

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa masʼullardan iborat delegatsiya Misr Arab Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Safar davomida delegatsiya vakillari Misrning “Al-Azhar” majmuasi rahbarining oʻrinbosari shayx Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashishdi.Muloqot avvalida, soha masʼullari tomonidan yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, ajdodlar va dunyo olimlarining boy ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha olib borilayotgan sermahsul faoliyat, bu borada, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining oʻrni va ahamiyati va boshqa bir qator muhim sohaviy yangiliklar haqida atroflicha maʼlumot berildi.Oʻz navbatida, Al-Azhar universiteti

Batafsil
Talabalar uchun mazmunli uchrashuv o‘tkazildi
Yangiliklar

Talabalar uchun mazmunli uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda xalq osoyishtaligi va farovonligi yoʻlida masʼuliyatli vazifalarni sharaf bilan bajarish koʻnikmalarini singdirish maqsadida “Soʻnggi va birinchi subhidam” romanining muallifi Viktor Sumin bilan uchrashuv tashkil etildi.“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Viktor Sumin 1953-yil 17-iyulda tugʻilgan. Toshkent davlat univesitetining jurnalistika va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy aloqalar fakultetlarini tugatgan. Turli davriy matbuot nashrlarida, davlat muassasalarida, xorijiy kompaniyalarida ishlab, ilmiy faoliyat bilan shugʻullangan. U Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarda eʼlon qilingan koʻplab maqolalar, hujjatli va badiiy filmlarning muallifi hisoblanadi.

Batafsil
Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi
Yangiliklar

Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.Quyidagi havolada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilingan talabgorlarning ro‘yxati bilan tanishasiz.RO‘YXAT

Batafsil
Ko'rinish