O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Talabalar uchun ingliz tili fanidan musobaqa tashkil etildi
Yangiliklar

Talabalar uchun ingliz tili fanidan musobaqa tashkil etildi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda chet tillari, xususan, ingliz tilini o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samarali qo‘llanilishi esa talabalar uchun bir necha xorijiy tillarni oson va puxta o‘zlashtirish imkonini bermoqda. Bu borada interaktiv musobaqalarning muntazam o‘tkazilib turilishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillari” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida ingliz tili fanidan “Intellektual ring-2023” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.Hal qiluvchi bahsda jamoalar musobaqa shartlari asosida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda “Tanishtiruv” hamda “Bilimlar bellashuvi” shartlaridan yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan jamoalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlarga pul hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xi

Batafsil
Yangi O‘zbekiston yoshlari ilm taraqqiyot yo‘lida: avlodlar uchrashuvi
Yangiliklar

Yangi O‘zbekiston yoshlari ilm taraqqiyot yo‘lida: avlodlar uchrashuvi

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib berish borasidagi ishlar zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari ilm taraqqiyot yo‘lida: avlodlar uchrashuvi” mavzusidagi ilmiy seminar ham ana shu masalalarga bag‘ishlandi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Ziyo-zukko” maktabi direktori Nargiza Ismatova, “Islom tarixi va manbashunosligi “IR

Batafsil
Akademiyada “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash profilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash profilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

So‘nggi yillarda yurtimizda gender tenglikni ta’minlash sohasida izchil va samarali sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta’minlashning qonunchilik mezonlari ham zamon talablariga mos holda takomillashtirilmoqda. Bunda ayollarga nisbatan kuch ishlatish, ayniqsa, oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etishga jiddiy ahamiyat qaratilyapti. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash profilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Shayxontohur tumani Ichki ishlar organi kata inspektori Gulnora Ishonxonova, Terrorizm bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik F.Mansurova, kapitan N.Po‘latova, leytenant N.Burxonova, Mumtoz sharq filologiya fakulteti decani Sayyora Chiniyeva, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva, Akademiya xodimlari, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar davra suhbati davo

Batafsil
“Ziyo” media markazida “Imom Moturidiy” radioinssenirovkasini yozish jarayoni boshlandi
Yangiliklar

“Ziyo” media markazida “Imom Moturidiy” radioinssenirovkasini yozish jarayoni boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ziyo” media markazida taniqli yozuvchi Luqmon Bo‘rixon asari asosida ko‘p qismli “Imom Moturidiy” radioinssenirovkasini yozish jarayoni boshlandi. Rollarni esa xalqimiz suygan kino va teatr aktyorlari esa – Boir Xolmirzayev, Tohir Saidov, Mehriddin Rahmatov, Muqaddas Xoliqova va boshqa yosh iste’dodlar ijro etmoqda. Imom Moturidiy rolini esa O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Tesha Mo‘minov ijro etmoqda.Radiopostanovka rejissori sifatida Alisher Amirov mehnat qilmoqda. Tez kunda mahoratli ijodkorlardan yangi radioserialni tinglashingiz mumkin.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati

Batafsil
Akademiyada shoh va shoir Bobur Mirzo tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi
Yangiliklar

Akademiyada shoh va shoir Bobur Mirzo tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi

Zahiriddin Muhammad Bobur – betakror shoir, zakovatli olim, donishmand tarixchi, yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda. Asrlar osha dunyoni hayratga solib kelayotgan alloma ana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan.Ayni paytda yurtimizda o‘rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyandasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham katta shukuh bilan davom etdi. “Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot” mavzusida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston xalq shoiri Iqboljon Mirzaaliyev, Akademiya professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar hamda talabalar ishtirok etdi.Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy t

Batafsil
Akademiya doktorantlari bilan muhim mavzuda muloqot o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya doktorantlari bilan muhim mavzuda muloqot o‘tkazildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining doktorantura, tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, mustaqil tadqiqotchilari bilan “Akademiya oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichida 2023-yildagi faoliyati: istiqbolli rejalar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.Tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, Akademiya ixtisoslashtirilgan kengash raisi Davronbek Maxsudov, Akademiya rektori maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Dono Kalandarova, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdi.Muloqotda doktorantlarning himoya rejalari, ilmiy tadqiqot samaradorligi masalalari yechimida ilmiy rahbar va kafedra uygʻunligi oʻz muddatida bajarilishi ta’kidlandi

Batafsil
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI

Assalom-u alaykum, qadrli professor-oʻqituvchilar! Aziz talaba-yoshlar!Maʼlumki, har yili fevral oyida yurtimizda ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi keng nishonlanishi yaxshi anʼanaga aylangan. Kuni kecha soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi ilm-maʼrifat oʻchoqlarida shukuhli ayyomga aylandi. Bugun yana bir ulugʻ zot – bobokalonimiz, shoh va shoir, davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining qutlugʻ 540 yilligini nishonlamoqdamiz.Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini oʻrganishga nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham alohida eʼtibor qaratiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, maʼrifat nuqtayi nazaridan u hamon yashayapti... Oʻzligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-maʼrifatni rivojlantirsak, hech qac

Batafsil
Akademiyada hazrat Navoiyga bag‘ishlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada hazrat Navoiyga bag‘ishlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi

So‘z mulkining sultoni, yurt va xalq tashvishini chekkan, uning manfaatini o‘ylagan, doimo ezgulikni tarannum qilgan ulug‘ Alisher Navoiyning 582 yilligi yurtimizda katta tantana bilan kutib olindi. Buyuk mutafakkir hayoti va ijodi yuzasidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan tadbirlarda ham bu jihat aks etdi. Shu munosabat bilan “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda “Shoirlar sultoni” nomli kitob taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni kafedrasi mudiri Ne’matullo Muhamedov olib bordi. Unda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, O‘z RFA til va adabiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori Nodirxon Hasanov, O‘z RFA Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Hamidullo Lutfullayev, tadqiqotchi Bobomurod Eraliyev, kafedra prof

Batafsil
9-fevral – mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

9-fevral – mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI

Assalom-u alaykum, qadrli hamkasblar! Aziz talaba-yoshlar!Bugun atoqli davlat va jamoat arbobi, turkiy (o‘zbek) tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi xalqimiz tomonidan keng nishonlanmoqda. Mutafakkir bobomizning bebaho ilmiy-ijodiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Zero, alloma asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalar, ona tilimizning cheksiz ifoda imkoniyatlari butun jozibasi bilan namoyon etilib, millionlab kitobxonlarni ezgulikka, ilm-ma’rifatga, komillikka chorlab kelmoqda. Shu bois hazrat Navoiy nafaqat turkiy xalqlar, balki butun bashariyatning buyuk ijodkoridir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shubhasiz, bugungi zamonaviy o‘zbek tilining asosi Alisher Navoiy ijod etgan turkiy til yoki O‘rta Osiyo chig‘atoy tilini hisoblanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur ta’biri bilan aytganda, “Alisherbek naziri yo‘q kish

Batafsil
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni
Yangiliklar

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni

So‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning asarlarini keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilda buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, yurt obodligi, xalq farovonligi, ma’naviyat va madaniyat rivojiga beqiyos darajada hissa qo‘shgan Alisher Navoiy tavallud topganiga 582 yil to‘ladi. Har yili mazkur sana munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Joriy yildagi tadbirlar ham ko‘tarinkilik, o‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, do‘stlik ayyomi sifatida o‘tkazilyapti.Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida Akademiya professor-o‘qituvchilari, adabiyotshunos olimlar hamda talabalar ishtirok etdi.“Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy – g‘a

Batafsil
Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi yod etildi
Yangiliklar

Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi yod etildi

Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, xalqimiz tarixining murakkab damlarida, maʼrifat mashʼalasini baland koʻtarib chiqqan ulugʻ alloma va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiyning ilmiy, ijodiy, pedagogik faoliyati va merosi alohida ahamiyatga molik. XX asr oʻzbek adabiyoti va sanʼatida, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etgan, millat maʼrifati, ozodligi, hurligi yoʻlida mardonavor kurashgan bu ulugʻ adibning sermashaqqat va sermahsul faoliyati tarix sahifalaridan mangu oʻrin egalladi, avlodlar uchun ibrat maktabi boʻlib qoldi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari Adiblar xiyobonida Mahmudxoʻja Behbudiy xotirasini yod etishdi.Allomaning haykali yonidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvda oʻzbek jadidchilik harakati yetakchisining hayoti va ijodi, Abdurauf Fitrat bilan olib borgan jadidchilik harakati haqida soʻz

Batafsil
Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi nishonlandi
Yangiliklar

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi nishonlandi

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulug‘ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, er yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi. Har yili adib tavalludi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanadi. Bu yilgi tadbir ham an’anaga ko‘ra, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tdi.Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan marosimda davlat va jamoat arboblari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, ijodiy tashkilotlar vakillari

Batafsil
Ko'rinish