O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Ikki nazm sarboni
Yangiliklar

Ikki nazm sarboni

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida xalqimizning ikki buyuk shoiri – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga bagʻishlangan “Ikki nazm sarboni” mavzusida talaba-qizlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.Akademiya talabalar turar joyida tashkil etilgan tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Muqaddas Rahmatullayeva, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira, “Doʻstlik” ordeni sohibasi Sayyora Toʻychiyeva ishtirok etdi.Davra suhbatida mamlakatimizda adabiyot va madaniyat rivoji, Alisher Navoiy va Bobur ijodining oʻziga xos qirralari, mumtoz adabiyotimizning taraqqiyoti yoʻlida olib borilayotgan ma’naviy-maʼrifiy islohotlar haqida soʻz bordi. Navoiyning “Xamsa”, Boburning “Boburnoma” asarlarida ayol timsoliga boʻlgan hurmat, yaxshilik va ezgulikning yorqin jihatlari hayotiy misollar orqali talabalarga yetkazildi. Oʻz navbatida talaba-qi

Batafsil
Davra suhbati foydali va mazmunli o‘tdi
Yangiliklar

Davra suhbati foydali va mazmunli o‘tdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekiston – Turkiya hamkorligi: bugun va istiqbol” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi siyosiy sharhlovchisi Abror G‘ulomov ma’ruza qildi.Ilmiy seminarda ikki mamlakat tarixan til, din va madaniy mushtaraklikka egaligi, bugungi kunda O‘zbekiston – Turkiya o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport, logistika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlik munosabatlari dinamik tarzda rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.Xususan, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi siyosiy sharhlovchisi Abror G‘ulomov

Batafsil
Ta’lim taraqqiyoti yo‘lida
Yangiliklar

Ta’lim taraqqiyoti yo‘lida

Bugun yurtimizda taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ertamiz vorislari boʻlgan yoshlarga sifatli bilim berish, ularni har tomonlama yetuk inson etib voyaga yetkazish yoʻlida ulkan ishlar bajarilmoqda. Mazkur islohotlarning tadrijiyligi davom etib, Prezidentimiz tomonidan joriy yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berildi.Shu munosabat bilan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi Durbek Rahimjonov tomonidan “Ziyo-zukko” maktabi o‘quvchilariga mahorat darsi o‘tkazildi.Akademiya o‘qituvchisi tomonidan “Maktabda olingan bilimlar hayot tayanchi” mavzusida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning maktabda olingan bilimlarining amaliyotda qanchalik zarurligi, kasb tanlash, o‘z ishining mutaxassisi bo‘lib yetishishida qanchalik zarurligi haqida so‘z yuritildi.O‘zbe

Batafsil
Temur tigʻi yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher
Yangiliklar

Temur tigʻi yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan 9-fevral – Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan “Temur tigʻi yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyotmuzeyi direktor oʻrinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Otabek Joʻraboyev, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻqituvchisi, navoiyshunos olima Mamlakat Latipova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Vatanparvar” birlashgan tahririyati boʻlim muharriri, katta leytenant Islomjon Qoʻchqorov, notiq Rustam Turdiyev, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituv

Batafsil
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi
Yangiliklar

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi

Poytaxtimizda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid dolzarb masalalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.Konferensiyada O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shozaim Minovarov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorlari, olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.Konferensiya qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi muzey konsepsiyasini takomillashtirish, uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni izchil va sifatli bajarish mavzularini muhokama qilishdi. Soha olimlari Islom si

Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama etildi
Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov o‘z so‘zida navbatdagi majlis ham amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ekanini ta’kidladi.Dastlab, 2022/2023-o‘quv yili u

Batafsil
Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Ichki ishlar vazirligi Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi. 72 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlarda 15 nafar tinglovchi ishtirok etdi.Tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq, sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan “Islom va zamonaviy musulmon jamiyati”, “Salaviylik g‘oyalari va ularga ilmiy raddiyalar”, “Hizbut-tahrir”ning mintaqadagi faoliyati va uning barqarorlikka tahdidi”, “O‘zbekistonda faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalarning o‘zga xos xususiyatlari”, “Ekstremistik tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati tahlili”, “Missionerlik: mohiyat, maqsad va oqibatlari”, “Yot g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni ijtimoiylashtirish masalalari”, “Moturidiya

Batafsil
Millat fidoyisi
Yangiliklar

Millat fidoyisi

19-YANVAR – MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY TAVALLUD TOPGAN KUNTurkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, Turkiston jadidlari rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, yangi maktabchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919-y.) tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi. O‘lkamizni bosib olgan Rossiya imperiyasi uzoq yillar zo‘r berib, uni turg‘un va tutqun saqlashga urinayotgan bir sharoitda Vatanni butunlay yo‘q bo‘lishdan saqlab qolish, avlodlarni ozodlik va mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotga boshlash Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning izdoshlari zimmasiga tushgandi. Ular Turkistonda “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi maktablar tashkil etib, ulardagi o‘qitish tizimini isloh qildi. Xususiy maktablar ochib, bolalarga diniy fanlar bilan

Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI

Qadrli hamkasblar!Aziz talabalar!Vatanimiz sarhadlari daxlsizligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 31 yil to‘lmoqda.Shu munosabat bilan, avvalo, Siz azizlarni, siz orqali butun xalqimizni, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlarini 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!Tinchlik – bebaho ne’mat! Donishmandlarimiz yurti tinchning o‘zi tinch, deb bejiz aytishmagan! Zero, dunyoning turli burchaklarida yuz berayotgan qurolli mojaro va qarama-qarshiliklar, mafkuraviy kurash keskin tus olgan bugungi tahlikali zamon barchamizning oldimizga jonajon Vatanimizning dahlsizligi va osoyishtaligini ta’minlashni dolzarb vazifa sifatida qo‘ymoqda. Ushbu g‘oyat mas’uliyatli vaziyatda mamlakatimizda tinchlik va bar

Batafsil
“Haj – 2023” mavsumi uchun xizmat koʻrsatish sohalari oʻrganildi
Yangiliklar

“Haj – 2023” mavsumi uchun xizmat koʻrsatish sohalari oʻrganildi

Saudiya Arabistonida xizmat safarida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi “Haj – 2023” mavsumiga tayyorgarlik koʻrish doirasida bir nechta mehmonxonalar, oshxonalar va avtobus saroylari bilan yaqindan tanishib, yuksak darajada xizmat koʻrsatish mezonlari va yuqori sifat talablari nuqtayi nazaridan tahliliy oʻrganib chiqildi.Tanishish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov oʻzbekistonlik ziyoratchilar ibodatlarini mukammal, toʻliq ado etishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlarni hozirlashga alohida e’tibor qaratdilar. Makka shahrida joylashgan bir necha mehmonxonalarni koʻzdan kechirish chogʻida delegatsiya aʼzolari ularning kirish foyelari kengligi, xona

Batafsil
Muzaffar Komilov: “O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi mushtarak munosabatlar har ikki davlatning taraqqiyotiga xizmat qilmoqda”
Yangiliklar

Muzaffar Komilov: “O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi mushtarak munosabatlar har ikki davlatning taraqqiyotiga xizmat qilmoqda”

Xabaringiz bor, ayni paytda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Haj va umra xizmatlari konferensiya-koʻrgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Safar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning “O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi mushtarak munosabatlar har ikki davlatning taraqqiyotiga xizmat qilmoqda” nomli maqolasi Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Jumladan, maqolada O‘zbekiston o‘zining tarixi va sivi

Batafsil
Haj va umra xizmatlari konferensiya-ko‘rgazmasi boshlandi
Yangiliklar

Haj va umra xizmatlari konferensiya-ko‘rgazmasi boshlandi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Haj va umra xizmatlari konferensiya-koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Saudiya Arabistoni Makka Amiri, Ikki muqaddas masjid xodimi maslahatchisi Shahzoda Xolid al-Faysal tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev ishtirok etmoqda. Ushbu koʻrgazma joriy yilning 12-yanvar kuniga qadar davom etadi. Mazkur xalqaro koʻrgazma Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati “Haj-2023” tadbirlariga puxta tayyorgarlik koʻrish uchun oʻtkazilmoqda. Tadbirda dunyoning turli davlatlaridan vazirlar, muftiylar, haj va umra tadbirlarini tashkil etishga maʼsul Saudiya Ar

Batafsil
Ko'rinish