O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

Yakuniy Davlat Attestatsiyasi imtihonlarini o‘tkazuvchi talabalar uchun dasturlar
Yangiliklar

Yakuniy Davlat Attestatsiyasi imtihonlarini o‘tkazuvchi talabalar uchun dasturlar

Yakuniy Davlat Attestatsiyasi bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, belgilangan havolalar ustiga bosing!5120100 – “Filologiya va tillarni o‘qitish”5120600 – “Dinshunoslik”5121100 – Xalqaro munosabatlar5160100 – “Islomshunoslik (aqida va tasavvuf)5160100 – “Islomshunoslik” (Hadisshunoslik)5160100 – “Islomshunoslik” (Islom huquqi)5160100 – “Islomshunoslik” (Islom tarixi va manbashunosligi)5160100 – “Islomshunoslik” (Qur’onshunoslik)5210200 – “Psixologiya” (Din sotsiopsixologiyasi)5231000 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” (musulmon mamlakatlari bo‘yicha)5610300 – “Turizm” (Ziyorat turizmi)Amaliy ingliz tili amaliy xorijiy tilBakalavriat ta’lim yo‘nalishi rus guruhlari uchun talabalari uchun “O‘zbek tili” fani

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchi va xodimlari, talaba-yoshlariga YANGI YIL TABRIGI
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchi va xodimlari, talaba-yoshlariga YANGI YIL TABRIGI

Qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!Mana, milodiy yil hisobida 2022-yil ham yakunlanib, yangi – 2023-yilni yangi reja va maqsadlar, ezgu orzu-havaslar bilan kutib olmoqdamiz.Shunday ekan, fursatdan foydalanib, Siz azizlarni, Akademiya jamoasini, ilmga chanqoq talaba-yoshlarni yangi 2023-yil bilan samimiy qutlayman. Ezgu niyat va yangi reja-maqsadlaringiz ijobat bo‘lishiga tilakdoshman. Barchaga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-baraka, tinchlik-xotirjamlik tilayman!Yangi yil – bu inson hayotining, Vatanimizning yangi bosqichga qadam qo‘yishi demakdir. Yangi yil ostonasida turib, o‘tayotgan yil sarhisob qilinib, erishilgan yutuq va zafarlar barobarida, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil etiladi. Huzmatli ustozlar, qadrli talabalar!Xabaringiz bor, kuni kecha mamlakatimiz siyosiy hayotida katta voqelik kuzatildi. Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoy

Batafsil
Kengash majlisida yil yakunlari muhokama qilindi, istiqboldagi rejalar belgilab olindi
Yangiliklar

Kengash majlisida yil yakunlari muhokama qilindi, istiqboldagi rejalar belgilab olindi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya rektori Muzaffar Komilov so‘zining avvalida barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. Tinchlik-xotirjamlik, oilaviy totuvlik, kasbiy barkamollik, sihat-salomatlik tiladi.Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil “In

Batafsil
“Ziyo” media markazining kinorassomi “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti gʻolibi boʻldi
Yangiliklar

“Ziyo” media markazining kinorassomi “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti gʻolibi boʻldi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan “Oltin Humo” milliy kino taqdimoti boʻlib oʻtdi.Kinotaqdimotda kino sanoati rivoji uchun amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yilda sohani moddiy qoʻllab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik, yaratilgan filmlar va ularning xalqaro tanlovlardagi ishtiroki kabi ishlar sarhisob qilindi.Mahalliy va xorijiy kino sanʼati ustalari, ssenariynavislar, aktyor va aktrisalar hamda sohaga daxldor kishilar ishtirok etgan ushbu tantanali tadbirning asosiy qismida 17 nominatsiya boʻyicha gʻoliblarni taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi.Quvonarlisi, taqdimotda “Ziyo” media markazi kinorassomi Alisher Umrzoqov “Muqimiy” badiiy filmi bilan “Eng yaxshi rassom ishi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.“Ziyo” media markazining kinorassomini bu ulkan eʼti

Batafsil
Akademiyada arab tiliga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar

Akademiyada arab tiliga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet (arab) tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi va innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasining tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda chet tillarini o‘rgatish tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilimlarga ega yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan onlayn va offlayn fotmatda o‘tkazilgan konferensiyani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov kirish so‘zi bilan ochib berib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi. Anjumanda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev, kafedra o‘qituvchilari Shihata Abu Shusha, Hilol Abdurroziq, Ahmad Muso, Ubayd Muhammad Abdul Halim, Imom Buxoriy nom

Batafsil
Akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi o‘rganilmoqda
Yangiliklar

Akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi o‘rganilmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning 20-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasi yo‘llangan edi. Ayni paytda joylarda Prezident Murojaatnomasini o‘rganish, unda aks etgan mavzular, masalalardan boxabar bo‘lish maqsadida seminarlar o‘tkazilmoqda.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha axborot soati tashkil etildi.Unda Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi. Tadbirda Akademiya o‘qituvchilari – Sayyora Toʻychiyeva hamda Bobur Valiyev “Vatan ravnaqi ilmdandir” va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi: e’tirof va ijro” mavzularida ma’ruza qildi. Ma’lumki, mamlakatimiz

Batafsil
Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi
Yangiliklar

Akademiya talabalari nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo‘ldi

Oʻqishdan toʻxtagan odam fikrlashdan ham toʻxtaydi. Darhaqiqat, yoshlarning bilim olish yoʻlida sobitqadam boʻlishi yurtni taraqqiyot sari yetaklaydi. Davlatimiz rahbari bejizga “Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor oʻtmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm oʻtda yonmaydigan, suvda choʻkmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!”, degan soʻzlarni taʼkidlab oʻtmagan edilar.Chindan ham mamlakatimizning jahon maydonidagi nufuzini oshirish koʻp jihatdan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga bogʻliq. Shu sababli iqtidorli yigit-qizlarni aniqlash va ragʻbatlantirishga, yosh avlodning zamonaviy dunyoqarashini, ijodiy va shaxsiy xususiyatlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari oʻz isteʼdo

Batafsil
Akademiyada “Psixologiya bilimdoni” tanlovi boʻlib o‘tdi
Yangiliklar

Akademiyada “Psixologiya bilimdoni” tanlovi boʻlib o‘tdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Psixologiya bilimdoni” tanlovi boʻlib oʻtdi. “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda kafedra professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda kafedra mudiri Zebo Qosimova ochib berdi. Shundan soʻng talabalar “Ekzistensiya”, “Evristika” hamda “Insayt” jamoalarga boʻlingan holda oltita shart boʻyicha bilim-koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi.Dastlab tanishtiruv shartida talabalar oʻzlari va jamoalari haqida maʼlumot berishdi. Shuningdek, tanlov davomida krossvord, olimlar hayoti va ijodi, terminologiya, guruhiy oʻyin hamda individual musobaqa kabi shartlar oʻtkazildi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Insayt” jamoasi gʻolib deb topildi. Ishtirokchilar hamda faol talabalarga esdalik sovgʻalari topshirildi.Oʻ

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi magistrlar uchun vebinar dars mashg‘uloti o‘tdi
Yangiliklar

Akademiya o‘qituvchisi magistrlar uchun vebinar dars mashg‘uloti o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Jurnalistika” (Internet jurnalistikasi), “Din psixologiyasi”, “Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati”, Tarix (Islom sivilizatsiyasi) yoʻnalishi 1-bosqich magistrlari uchun sayyor vebinar boʻlib oʻtdi.“Tadqiqotchining zehni va idroki: dissertatsiyalarni rasmiylashtirish” mavzusidagi amaliy darsni Akademiya o‘qituvchisi, falsafa fanlari doktori Sayyora Toʻychiyeva hamda Milliy kutubxona direktori Umida Teshaboyeva olib bordi. Dars mashgʻulotida magistlar oʻzlari tanlagan mavzular boʻyicha yozilgan dissertatsiyalar bilan tanishdi. Shu bilan birga, kutubxonaning kitob fondi, xorijiy nashrlar, tadqiqotchilar bilan ishlash borasidagi qator savollariga javob olishdi.Vebinar yakunida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi maʼmuriyati tomonidan magistrlarga kitob va jurnallar sovgʻa qi

Batafsil
Akademiyada “Xalqaro arab tili kuni” yuqori kayfiyatda o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiyada “Xalqaro arab tili kuni” yuqori kayfiyatda o‘tkazildi

Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib, xorijiy tillarni puxta egallagan kadrlarga talab yuqori hisoblanadi. Jahon tillari qatorida arab tili ham o‘z o‘rniga ega. Arab tili Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy ishchi tillaridan biri sifatida tan olingan. Ahamiyatlisi, tashkilot tomonidan 18-dekabr – “Xalqaro arab tili kuni” sifatida e’tirof etilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Zohidjon Islomov, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Zohidjon Islomov ochib berarkan, Akademiya rektori Muzaffar Komilovning tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini

Batafsil
Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish oʻquvlari boʻlib oʻtmoqda
Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun malaka oshirish oʻquvlari boʻlib oʻtmoqda

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun “Yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yoʻnalishida malaka oshirish oʻquvlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur oʻquvlarda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etyapti. 72 soatlik tasdiqlangan oʻquv rejaga muvofiq, sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan “Islom va zamonaviy musulmon jamiyati”, “Salaviylik gʻoyalari va ularga ilmiy raddiyalar”, “Hizbut-tahrir”ning mintaqadagi faoliyati va uning barqarorlikka tahdidi”, “Oʻzbekistonda faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalarning oʻzga xos xususiyatlari”, “Ekstremistik tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati tahlili”, “Missionerlik: mohiyat, maqsad va oqibatlari”, “Yot gʻoyalar taʼsiriga tushgan shaxslarni ijtimoiylashtirish masalalari”, “Moturidiya taʼlimoti asoslari (

Batafsil
Yoshlar – kelajak poydevori
Yangiliklar

Yoshlar – kelajak poydevori

Ma’lumki, yurtimiz aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizning kelajagi boʻlgan yigit-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasi doimo eng ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Ayniqsa, joriy yilning noyabr oyida butun respublika bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan “Yoshlar oyligi” tadbirlarida Akademiya talabalari ham faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilgan talabalar oyligi yakunlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. “Oltin davrim” deb nomlangan marosimda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Bayram tad

Batafsil
Ko'rinish