O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So'nggi yangiliklar

“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusidagi tadbirlarda 500 mingdan ortiq oʻquvchi-talabalar ishtirok etdi
Yangiliklar

“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusidagi tadbirlarda 500 mingdan ortiq oʻquvchi-talabalar ishtirok etdi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari, professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar direktorlari, jami 2 mingga yaqin rahbar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.Din ishlari boʻyicha qoʻmita, tegishli masʼul tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ochib berdi.Qayd etilganidek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalarini talaba-yoshlar oʻrtasida targʻib qilish maqsadida qariyb 3 oy davomida oliy va professional taʼlim muassasalari

Batafsil
Doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
Yangiliklar

Doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik institutlarida tadqiqot olib borish istagini bildirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Dinshunoslik”, “Din psixologiyasi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot”, “Mumtoz Sharq adabiyoti va manbashunosligi” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishyapti.Talabgorlar mazkur ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish maqsadida joriy yilning 15-17-dekabr kunlari belgilangan taqvim reja asosida ixtisoslik fanlaridan imtihon topshirishadi.Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammol

Batafsil
Akademiya talabasi Prezident granti sovrindoriga aylandi
Yangiliklar

Akademiya talabasi Prezident granti sovrindoriga aylandi

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyotining zamirida yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada yurtimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.Yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlashga undash hamda bilimli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida

Batafsil
10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI

Assalom-u alaykum qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!Bugun milliy istiqlolimiz ramzi, hurlik qoʻshigʻi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining shonli 30 yilligini yuqori kayfiyat, oʻzgacha gʻurur va ishtiyoq bilan nishonlayapmiz. Fursatdan foydalanib, mazkur ulugʻ ayyom bilan barcha yurtdoshlarimiz qatorida professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda talabalarni chin qalbimdan muborakbod etaman. Qadrli hamkasblar!Maʼlumki, 1992-yil 10-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Oʻzbekiston Qahramoni, elimizning suyukli shoiri Abdulla Oripov sheʼri, atoqli sanʼat arbobi Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamiz milliy oʻzlikni anglash, xalqimizni yorugʻ kelajakka boshlash, yurtdoshlarimiz qalbida ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini mustahkam

Batafsil
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi. Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov o‘z so‘zida navbatdagi majlis ham amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishda muhim ekanini ta’kidladi.Kengash majlisida dastavval O‘q

Batafsil
Akademiyada tadbirlar shukuhi davom etmoqda
Yangiliklar

Akademiyada tadbirlar shukuhi davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bir guruh xodimlarni “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi. Shundan so‘ng Akademiya rektori yig‘ilganlarni qo‘shaloq bayram bilan yana bir bor bayram bilan muborakbod etdi. Madhiyamiz milliy oʻzlikni anglash, xalqimizni yoru

Batafsil
Dolzarb mavzuda davra suhbati tashkil etildi
Yangiliklar

Dolzarb mavzuda davra suhbati tashkil etildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni hisoblanadi. E’tirof etish joiz, so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Korrupsiya – asrimiz vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Akademiya Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi katta tergovchisi, podpolkovnik Doniyor Raimov, Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlarini muvoviqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarlik va profilaktikasi bo‘linmasi katta profilaktika inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov,

Batafsil
8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI
Yangiliklar

8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI

Assalom-u alaykum qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqil davlatimiz huquqiy asosi, jamiyat barqarorligi kafolatidir. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining qutlugʻ 30 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimiz qatorida professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalar hamda xodimlarni chin qalbimdan muborakbod etaman. Hurmatli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar!Bosh Qomusi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbari tomonidan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinganini alohida taʼkidlamoqchiman. Mazkur esdalik nishon bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, tinchlik va barqarorlik, millatlararo doʻstlik va totuvlikni asrash, Yangi Oʻzbeki

Batafsil
Davra suhbatida konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi
Yangiliklar

Davra suhbatida konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik davomida turli tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, anjumanlar tashkil etilmoqda. “Xotin-qizlar va yoshlarning huquqlarini taʼminlashda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati” mavzusidagi davra suhbati ana shunday tadbirlarning navbatdagisi bo‘ldi. Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdi.Tadbirda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisining Xotin-qizlar va yoshlarning ijtim

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bosh qomusimiz – adolat mezoni” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi
Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bosh qomusimiz – adolat mezoni” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi

Konstitutsiya, eng avvalo, har bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligining rivoji, fuqarolarning hayoti, jamiyatdagi oʻrni va turmush tarzining huquqiy asoslarini belgilab beradigan asosiy qonun hisoblanadi.Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz yilligi respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Bosh qomusimiz – adolat mezoni” nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tantanali marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, yurtimizdagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlari, turli diniy konfessiya vakillari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Batafsil
Akademiya talabalari uchun “Usmon Nosir” spektakli namoyish etildi
Yangiliklar

Akademiya talabalari uchun “Usmon Nosir” spektakli namoyish etildi

O‘zining betakror iste’dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir xalqimizning mashhur farzandlaridan biri hisoblanadi. Uning Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak ishonch tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati e’tirof etilib, joriy yilda shoir tavalludining 110 yilligini keng miqyosda nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab shoir ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, taqdimotlar o‘tkazilmoqda. Xususan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat ins

Batafsil
Davra suhbati foydali va mazmunli o‘tdi
Yangiliklar

Davra suhbati foydali va mazmunli o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida soha mutaxassislari ishtirokida turli davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Firdavs Sharipov ma’ruza qildi. “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori” mavzusidagi uchrashuvda Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbati qatnashchilari Asosiy qonunning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati bilan yaqindan tanishishdi. Shu bilan birga, keyingi yillar davomida keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hayotga tadbiq etilishi natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar haqida so‘z yuritildi.

Batafsil
Ko'rinish